Xodimlarni yaxshi ko‘ring va hurmat qiling.
Siz o‘zingiz hurmat qilmagan insonning hurmatini qozona olmaysiz. Hurmat qilish va ularni yaxshi ko‘rish esa ahil-inoq bo‘lib ishlashning garovidir. Xodimlar – ongsiz-hissiz robotlar emas: ular ham o‘z dunyo va muammolariga ega, shaxsiyat va qandaydir iqtidorga ega odamlar. Yetakchi sifatida ularga o‘zlarini namoyon etishlariga yordam berish uchun, avvalo ularni yaxshi ko‘rish kerak, hurmat qilish kerak.
-
Yo‘l boshlang, nazorat qilmang.
Lider va xodimni ajratib turadigan muhim omil, bu – ilg‘or fikr. Yo‘lboshchi umid chirog‘iga aylansagina, jamoa u tomonga intiladi. Rahbarlarning ko‘pida nazorat qilishga moyillik bo‘ladi. Ammo, yo‘lboshchi o‘z nomi bilan jamoani yangi chaqiriqlar, muhim loyihalar, xodimlarini qo‘llab-quvvatlash orqali muvaffaqiyat sari boshlashi kerak. Yo‘lboshchi -- muvaffaqiyat yo‘lini biladigan, shu yo‘ldan yuradigan va boshqalarni ham chorlaydigan inson. Sizning muomalangiz, munosabat va hurmatingiz, bilim va tajriba odamlarni sizga ergashishlarini ta’minlaydi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |