6- Mavzu: Jamoa ishida huquqshunos-liderning roli
Reja:
1. Jamoa ishida huquqshunos-liderning roli
2. Liderlik sifatlarining nazariy asoslari
O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va otaonalarni hurmat qilishlari singari milliy an‘analar bilan bolalarni tanishtirish. 8. Maktab jamoasida o‘quvchilarni har bir millatning o‘zaro do‘stligi, qardoshlarcha munosabati, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash baynalminal tarbiyaning birinchi vazifasidir. Jamoatchilik tarbiyasining xususiyatlaridan yana biri o‘rtoqlarcha yordamdir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam hissi, dastavval, oilada, maktab sharoitida, jamoa bo‘lib ishlash jarayonida singib boradi. Jamiyatimizda har biri kishi o‘zaro o‘rtoqlarcha yordamlashishni, bunga ehtiyoj borligini yoshlikdan, o‘quvchilik chog‘idan his eta boshlaydi. O‘qituvchi, ota-onalar bu hisni qo‘llab-quvvatlashi, uning kengroq shakllanishiga barcha vositalar bilan, pedagogik mahorati bilan yordam berishlari zarur. O‘quvchilarga bu sohada ijtimoiy fanlar eng yaqin ko‘makchidir. O‘quvchilar kishilar, jamoalar, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamni bilib, ularning ma‘nosini tushunib boradilar. Kishilarning, o‘quvchilarning xat o‘qishda va o‘zaro munosabatlarda o‘zaro o‘rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda ajoyib manba bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari o‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning navbatdagi formasi bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchining doimiy biriktirib qo‘yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, sinfga va boshqalarga biriktirib qo‘yish ham o‘zaro yordam formasidir. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars tayyorlashda namoyon bo‘ladi. O‘rtoqlacha o‘zaro yordam o‘quvchilarning san‘at havaskorlari, sport musobaqalariga o‘quvchilarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga yordam berishlarida ko‘rinadi. O‘rtoqlarcha o‘zaro yordam shanbalik, yakshanbaliklarda o‘quvchilrni faol qatnashtirish yo‘lidir. Mehnatga ongli munosabatda bo‘lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuni aytish kerakki, maktab jamoasi- o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Har qanday bolalar jamoasi, u qanday tarzda bo‘lishidan, uning oldiga qanday o‘ziga xos vazifa qo‘yilishidan qatiy nazar tarbiyachi undan bolalarni tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Maktab bolalar jamoasi o‘quvchilarda tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval o‘quvchilarning jamoa bo‘lib ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo‘lib sayohatlarga borishida, yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishlarida yaqqol ko‘rish mumkin. O‘quvchilar bu tadbirlarda qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo‘lida mehnat qilish jamoa manfaati uchun qayg‘urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga yuqori qo‘yish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari axloqiy sifatlar shakllana boradi. Ayrim hollarda, ba‘zi o‘quvchilarda jamoatchilikka zid bo‘lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy ko‘rinishlar ham paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, maktab jamoasi o‘quvchilarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart. Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo‘lib, ko‘pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga bo‘ysundirish, bir-birlariga beg‘araz va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam berishni o‘quvchilar ongiga singdirish ko‘zda tutiladi. O‘rta maktab o‘quvchilarini tarbiya jarayonida jamoatchilik va o‘rtoqlarcha yordam ruhida tarbiyalashning xilma-xil yo‘l va vositalari mavjud. Chunonchi, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashtrish sport musobaqalari, sayohat, munozara va konferensiyalar, sinf soatlari, sinf majlisi, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam haqida individual va jamoa suhbatlar o‘tkazish, maktab radiosi va eshittirishlari va maktab devoriy gazetasi singari maktabda olib boriladigan ish turlari o‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalashning eng asosiy vositalari bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va ularning jamoatchilik haqida olgan bilimlarini amaliy hayotga tadbiq qilishlarini aniq maqsad asosida munozaralar o‘tkazish juda ahamiyatlidir. Ma‘lumki, sinf rahbari va maktab tarbiya ishlarining tashkilotchisi vaqti-vaqti bilan o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda munozaralar o‘zining oldiga qo‘ygan vazifalari va formasi bilan munozaralardan ma‘lum darajada farqlanadi. Munozara o‘tkazishdan taxminan bir oy ilgari munozara mavzusi tanlanib, o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi. Bunda munozara shartlari, talablari, munozaraga tayyorlanish uchun kimlardan maslahat olish, qanday adabiyotlar o‘qish hamda munozara mavzusining taxminiy rejasi va yo‘l-yo‘riqlari haqida ma‘lumot beriladi. Munozara o‘tkazish uchun ko‘proq jamoa, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam ma‘nosini anglatishga yordam beradigan mavzular tanlanadi. Biz tajriba olib borayotgan maktablarda to‘rt o‘quv yili davomida quyidagi mavzularda munozaralar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Munozara vaqtida o‘quvchi shu mavzu bo‘yicha o‘z bilganlarini erkin holda gapirib beradi. Munozara o‘quvchiga murakkab masalalarni tushunib olishga, o‘z tushunchasini o‘rtoqlari oldida namoyish qilishga va bilim doirasining kengayishiga yordam beradi. Munozarada o‘quvchi o‘rtoqlarining qimmatli fikr va maslahatlaridan bahramand bo‘ladi. Shuningdek, munozarani yakunlab bergan o‘qituvchilarning aniq fanlari o‘quvchilar bilimini to‘ldirishga yordam beradi. Shuning uchun ham o‘quvchilar munozaraga katta qiziqish bilan tayyorlanadilar va faol ishtirok etadilar. Jamoatchilik va o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam dastavval kishilarning umumiy maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilishida namoyon bo‘ladi. Bizda har qanday ongli ijodiy mehnat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi mehnat kishilarining bilimi, aql-idrokini, irodasini ishga solish orqali bajariladi. Bularning asosida birlik, hamkorlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam yotadi. Busiz mehnat sifati va unumdorligi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Demak, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat o‘z bilim, his-tuyg‘u va irodasini sarflab hamkorlikda o‘zaro yordamlashib ishlashlari jamoatchilik hissining qaror topayotganligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchilarning birgalashib ishlashi, umumiy maqsadni ko‘zlab mehnat qilishi jamoatchilikning asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. Jamoa, ijtimoiy-foydali mehnat maktab o‘quvchilarining do‘stlashishiga, birlashishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi va shu bilan birga, barcha o‘quvchilarning umummaktab jamoasi atrofida mahkam jipslashuviga yordam beradi. O‘quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnatga qatnashishi ularda o‘zaro munosabat, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamkorlik hislarining o‘sishiga yordam beradi. Shuni aytish kerakki, o‘quvchilar bajaradigan ishning, vazifaning maqsadi qanchalik aniq bo‘lsa, o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va birligi kuchaya boradi. O‘quvchilar biror ishni jamoa bo‘lib bajarishi bilan o‘sha ishidan qanoat hosil qiladi, sinf va maktab jamoasi oldida o‘z burchini o‘tagani bilan quvonadi. Binobarin, o‘quvchilarda mehnatga, umumxalq ishiga qiziqish kuchayadi, yangicha ishlash va yashash, o‘qish va o‘rganishni hayotiy zaruriyat sifatida tobora chuqur anglay boradi. Umuman olganda, o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish ularga hozirgi zamon mehnat madaniyatining sinalgan yo‘llarini o‘rgatish yo‘li bilan o‘quvchilarga mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, mehnat ahllarini hurmatlash, mehnat qilish orqali zavq-shavq olishga alohida e‘tibor beriladi. Bu o‘quvchilarimizda mehnatsevarlik, o‘z ishining ustasi, ijodkori bo‘lib tarbiyalanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Maktabda o‘quvchilarni ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo‘lib mehnat qilishga, mehnat bilan madaniy dam olish yo‘llariga ham alohida e‘tibor beriladi. O‘quvchilarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi. O‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish va mehnatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda har qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e‘tibor beramiz. Hashar o‘zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O‘tmishda og‘ir mashaqqatli mehnat natijasida kambag‘al dehqonlar o‘zlariga ajratilgan erlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo‘lmaganligi hamda kelib chiqqan. Hashar o‘zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo‘lib, jamoa tomonidan ma‘lum shaxs manfaati uchun bag‘ishlangan jamoa mehnati deyish ham mumkin. Chunki shu yo‘l bilan ma‘lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy manfaatdor bo‘ladi, ikkinchi tomondan, ma‘naviy boyiydi. Shunisi harakterliki, o‘quvchilarning hasharga borishi ularda yaxshi kayfiyat tug‘diradi. Shuning uchun hashar o‘quvchilar uchun quvnoqlik, zavqshavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali o‘quvchilar ota-onalari, maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar jamoasi, sinf jamoasi va, umuman, o‘zlarini jamoatchilik oldidagi o‘quvchilik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu bilan birga o‘quvchilar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini qondirish bilan o‘zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar. O‘quvchilar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy maqsadlarni ko‘zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab etadilar. Nihoyat, o‘quvchilar hasharda qatnashish yo‘li bilan yaqindan aloqada bo‘lish, do‘stlashish, o‘zaro o‘rtoqlarcha yordam berish, hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora ko‘proq shakllantiraboradilar. Demak, hashar o‘quvchilarga jamoatchilik ruhini tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarni jamoa ruhida tarbiyalashda o‘qitish jarayoni bilan birga sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning ahamiyati benihoya muhimdir.
Lider – tashkilot uning bo’limlaridagi, jamoadagi holat bo’lib u insonlarga ta’sir etib ularni tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltiradi. Lider - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muasssasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lganmagan bo’lsada ortidan ergashtiruvchilar liderlardir.2
Do'stlaringiz bilan baham: |