2. Arralarni ishga sozlash.
Ish davomida arra tishlari o’tmaslashib, tishning uchi yoysimonlashib qoladi. Uni o’tkirlashda egovlardan foydalaniladi, bunda tish profili, balandligi va qadami o’zgarmasligi kerak (16-rasm).
16-rasm.
Arra tishlarini charxlash.
a)-tishlar balandligini tekislash; b)- tishlar chaparastaligini ko’zdan kechirish;
s)- tishlarni kerish; d)- tishlar balandligini xosil qilish; ye)- tishlar kesuvchi qirralarini charxlash sxemasi.
Arra tishlarini charxlash uchun arra tanasi (polotnosi) yog’och iskanjaga o’rnatiladi va verstakka siqib qo’yiladi. Iskanjalar qattiq jinsli daraxt yog’ochlaridan yasalgan bo’lib, lablarining eni 200 mm dan kam bo’lmaydi.
Egovlanayotganda egov arra tishi qirralariga birdek joylashishi, bosib egovlanishi
va qaytishda egov bo’sh qo’yilishi lozim. Egovlashda arra tishlari bir tekis tursa, ichki qism tekis egovlanadi. Notekis ushlanganda egovlash birdek bo’lmay, tishlari uzun-qisqa bo’lib qolishi mumkin. Tishlar past-baland bo’lib qolsa, egov yurgizilib to’g’rilanadi. Charxlangan tish usti o’lchami 0,1-0,2 mm bo’ladi. So’ngra ular egovlab qirralanadi.
Tishning o’tkirligi tish milki qirrasiga va yon tomonning silliqligiga asoslanadi.
O’rtacha tishli egov (uning 1 sm uzunlikdagi ish qismida 13—26 ta tish bo’ladi)
bilan charxlash natijasida ideal o’tkir tig’li tishga erishib bo’lmaydi. O’rtacha tishli egovlar g’adir-budurlikning 7-8-klassiga mos bo’lgan yuzalarni hosil qiladi. Tishning egov kirib chiqqan tomonida pitir (qirov) hosil bo’ladi va ishlash jarayonida arrani tez o’tmas qilib qo’yadi.
Agar tishlar unchalik o’tmaslashib qolmagan bo’lsa, ularni mayin tishli egovlar
(ularning 1 sm uzunlikdagi ish qismida 42—80 ta tishi bo’ladi) bilan charxlash mumkin. Bunda yuza g’adir-budurligi notekislikning 9— 12-klassiga mos keladi.
Arra tishlarini ochish. Arra tana (polotno)si propilda siqilib qolmasligi va unga bo’lgan qarshilikni kamaytirish uchun propil eni doim arra tanasidan katta bo’lishi kerak. Agar propil eni polotno qalinligiga teng bo’lsa, polotno bilan propil devorlari orasida paydo bo’ladigan ishqalanish polotnoning qizib ketishiga va kengayishiga olib keladi. Bunda arralash uchun ko’p kuch sarf bo’ladi, polotno propilga «tiqilib» qoladi.
Polotnoning propilda erkin harakatlanishi uchun tishlar navbati bilan ikki tomonga bir xil miqdorda keriladi. Arralash vaqtida arra polotnosini yeyilishdan saqlash
uchun ham uning tishlari keriladi.
Arra tishlarini kerishda tishlarining uchlari navbatma-navbat asosdan taxminan 2/3 balandlikka toqlari bir tomonga, juftlari ikkinchi tomonga keriladi. Qattiq yog’och turlarini arralashda arra tishlari 0,2—0,3 mm, yumshoq yog’och turlarini arralashda 0,5-1,0 mm ga keriladi.
Arra tishlari kerilganda egishni uning asosidan emas, balki tish balandligining yarmidan boshlash zarur. Agar egish uning asosidan boshlansa, arra polotnosi
pastida do’ppayib qolish alomatlari paydo bo’ladi. Tishlar qo’lda, ochqich asbob yordamida ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |