5.Randalash va ularni turlari
Qo’lda randalash uchun randalardan foydalaniladi (21, 22-rasmlar). Randa korpusdan iborat bo’lib, unga pichoq o’rnatiladi va pona bilan puxta mahkamlab qo’yiladi. Pona eshikning yon tomonlaridagi tiraklarga tiralib turadi. Eshikning pichoq yotadigan yuzasining tekisligi uning zich tegib turishini (yotishini) ta’minlamog’i kerak. Pichoq korpusda liqillab turmasligi kerak. Randaning tagida, ya’ni korpusining pastki qismida tor (5,7+0,5 -1mm) kesik bor bo’lib, u orqali taglikka pichoq tig’i chiqib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |