1. Mavzu: Yog’och materiallar va ularni ishlatilishi. Daraxt tanasini tuzilishi.
Reja.
1. Daraxt va daraxt tanasining tuzilishi
2. Yog’ochning tuzilishi.
3. Yog’ochning mikroskopik tuzilishi.
Tayanch iboralar. Yog’och, taxta, daraxat tuzilishi, ildiz, shoxlar, tana, xoda,
po’stloq, o’q tomirlar, rishta, kapilyar, ozuqa.
1.Daraxt va daraxt tanasining tuzilishi
Ma’lumki, barcha turdagi yog’och-taxta materiallar daraxtdan olinadi. Shuning uchun o’quvchilarga daraxt tuzilishi, uning qismlari bilan tanishtirib, ulardan qanday material olinadi va qanday maqsadlarda ishlatilishi haqida tushuncha berish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday o’sib turgan daraxt uch qismdan: ildiz, tana va shoxlardan iboratdir (1- rasm).
Ildiz daraxtning o’sishi (yashashi) uchun kerak bo’ladigan asosiy qismlardan biridir. Ildiz o’z shakli, katta-kichikligi, soni va yerga joylashishiga qarab turli
daraxtlarda turlicha bo’ladi. Shunga qaramasdan barcha daraxtlarning ildizida asosiy tomirlar bo’lib, ular daraxt tanasining davomi hisoblanadi. Bunday
tomirlarni o’q tomirlar deb yuritiladi.
Qalin o’rmonlarda o’sadigan daraxtlarning ildizida yon tomirlar kam bo’lib, ular ko’pincha asosiy-o’q tomirlardan iborat bo’ladi. Ular tananing davomini tashkil etadi. Bundan ko’rinadiki, qalin ekilgan daraxtlarning o’q tomirlari rivojlangan bo’ladi. Siyrak va yakka tartibda o’sgan daraxtlarning ildizi yerga tik
ketmasdan yer betini qoplab tarqaladi. Chunki yakka va siyrak o’sgan daraxtlar shamol ta’sirida o’z muvozanatini saqlash maqsadida past bo’yli, ildizi yer betini qoplab tarvaqaylab o’sadi.
Daraxt ildizida o’q tomirlar, yon tomirlar shuningdek rishta tomirlar bo’ladi. Rishta tomirlarda mayda ko’zga ko’rinmas kapillyar naychalar bo’lib, ular orqali yerdan olingan va daraxtning o’sishi uchun kerak bo’ladigan suv va ozuqa
moddalari so’rib olinadi. Ildiz orqali olingan ozuqa moddalari tana orqali shoxlarga
o’tadi.
Daraxtning o’q tomiri to’g’ri va qattiq bo’lib, ulardan ko’pincha yog’och ishlash tokarlik stanoklari uchun material sifatida foydalaniladi. Ildizdan skipidar va konifol olinadi.
Tana o’zida daraxtning o’sishi uchun kerak bo’ladigan ozuqa moddalarini saqlaydi. Shuningdek, ildiz orqali olingan ozuqa moddalarini shoxlar orqali barglarga, barglardan shoxlar orqali o’tgan ozuqa moddalarini ildizga o’tkazadi.
1-rasm.
Daraxtning tana tuzilishi.
Daraxt tanasidagi shoxlar butalgandan so’ng u xoda holiga keladi. Xodalar har xil o’lchamli bo’ladi. Xodalarning yo’g’on-ingichkaligiga qarab ulardan qurilish va inshootlarda, shaxtalarda, elektr, radio, telefon liniyalari uchun simyog’ochlar tayyorlashda asosiy material sifatida ishlatiladi.
Daraxt tanasidan olinadigan xodalarning yo’g’on-ingichkaligiga qarab sinchli binolar qurishda chorchup, ustun, sarrov, to’sin, xari, kashak va hokazo maqsadlarda foydalaniladi. Shuningdek, xodalar tilinib undan duradgorlikda,
mebelsozlikda ishlatiladigan turli o’lcham va shakldagi har xil yog’och-taxta materiallar tayyorlanadi.
Turli daraxtlarning tanasi har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Bu uning turiga,
o’sish sharoitiga bog’liq. Qalin o’rmonlarda o’sadigan daraxtlar tik o’sib tanasi
to’g’ri, kam shox bo’lib ulardan sifatli xodalar olinadi. Bunday xodalarni tilish natijasida hosil bo’ladigan taxta materiallar yuqori sifatli bo’ladi. O’rmon chetida o’sadigan daraxt tanasi egri, yakka tartibda yoki siyrak o’sgan daraxtlar sershox, past bo’yli bo’lib, ulardan olinadigan xodalar ko’pincha tabiiy nuqsonli bo’ladi. Shuning uchun o’rmonchilik xo’jaliklarida sifatli yog’och yetishtirish maqsadida daraxtlar qalin ekilishi va o’stirilishi kerak.
Shoxlar yerdan tana orqali olingan ozuqa moddalarini barglarga o’tkazadi. Barglar daraxt tanasida hosil bo’lgan ortiqcha namlikni bug’lantiradi, havo tarkibidagi karbonat angidrid (SO2) gazini yutib o’zidan sof kislorod ajratish xususiyatiga ega. Quyosh nuri ta’sirida karbonat angidrid gazi barglarda kislorod va uglerodga ajraladi. Kislorod havo tarkibiga o’tib uni boyitadi. Shuning uchun o’rmonlarning havosi hamma vaqt toza bo’ladi. Ajralgan uglerod ildizdan tana
orqali olingan ozuqalar bilan qo’shilib daraxtning o’sishi, rivojlanishi uchun kerak
bo’ladigan ozuqa moddasi uglerod (qant, kraxmal) va oqsillarga aylanadi.
Shunday qilib, barglarda hosil bo’ladigan ozuqa moddalari po’stloqning ichki qatlamida joylashgan lub (kapillyar tolalar) orqali ildizga, yerdan ildizlar orqali olingan ozuqa moddalari esa tananing po’stloq osti orqali shoxlarga o’tib modda almashinishi ruy beradi.
Ilgarigi vaqtlarda o’rmon xo’jaligida kesilgan daraxt shoxlari, shilingan po’stloqlar
to’planib yoqib yuborilar zdi. Bu o’z navbatida ko’plab yog’och materiallarning nobud bo’lishiga, o’t qo’yilgan yerlar unumdorligining pasayishiga sabab bo’lar edi. Keyingi vaqtlarda o’rmon xo’jaligida ishlab chiqarishga zamonaviy fan va tex- nika yaigiliklarini tatbiq etib yog’ochni qayta ishlashning yangi texnologiyasini tatbiq etgan holda shoxlar, po’stloq va boshqa eg’och chiqindilari (arra to’poni, payraxa va yog’ochlar) qayta ishlanib ulardan xalq xo’jaligi uchun kerak bo’ladigan turli xil materiallar (DSP, DVP kabi) ishlab chiqarilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |