24-rasm.
Qurt zararlagan yog’och.
Po’stloqxo’r qo’ng’iz shikastlagan yog’ochdan tayyorlangan, to’sinlar tez chirishi mumkin, chunki qo’ng’izlar yog’och tanasiga uni chiritadigan zamburug’ sporalarini olib kiradi.
Yog’ochni qurt chuqurroq yesa faqat uning mexanikaviy mustahkamligi pasayib qolmasdan, balki u tezda chiriydigan bo’lib ham qoladi. Bunday yog’ochni imorat va inshootlarning ko’tarib turuvchi konstruksiyalariga ishlatish yaramaydi. Daraxtxo’r uy qo’ng’izlari yetkazadigan zarar. Daraxtxo’r qo’ng’izlar bino va
inshootlarning yog’och qismlarini yuqorida aytib o’tilgani kabi shikastlaydi.
Ko’pincha bo’yi 4,5—5 -mm keladigan qo’ng’ir rang daraxtxo’r qo’ng’izlarni
uchratish mumkin. Bu qo’ng’izlar binolarning sarrovlari, chordoq xarilari, tashqi devorlar, deraza tokchalari va taxta devor (ihota)larni ishdan chiqaradi. Yog’ochda mayda dumaloq teshiklar paydo bo’lishi va ulardan sariq rang yog’och kukuni (qipiq) to’kilishi yog’ochga qurt tushganligidan, ya’ni uni daraxtxo’r qo’ng’iz shikastlayotganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |