41-rasm.
Iskanalarni saqlash uchun moslama.
O’yish ikki tomonlama olib boriladi. «Bet» tomondan yog’och qalinligining 2/3 qismicha o’yilib, qolgan qismi orqa tomondan o’yiladi. Aksincha, o’yish bir tomonlama olib borilsa, iskananing tik tushmasligi orqasida teshik to’g’ri ochilmasligi, reja chizig’ining buzilishi, shuningdek, iskana yog’ochni ko’chirib yuborib, buyumning sifati buzilishi mumkin.
3.Yog’och parmalari va parmalash ishlari
Duradgorlik ishlarida turli xil birikmalar hosil qilishda uya, teshiklar ochishda o’yish-teshish ishlari bilan bir qatorda parmalash ishlari xam bajariladi. Parmalashda tug’ri tirnoqli birikmalar o’rnida silindrik shakldagi tirnoqlar yoki yog’och mixlar yordamida biriktiriladigan birikmalar xosil qilinadi. Shuningdek, mix, burama mix, bolt o’rinlari parmalab ochiladi (42-rasm). Bu maqsadda metallar parmalanadigan spiral parmalar bilan bir qatorda turli xil yog’och parmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |