Randa bilan yaxshi ishlash va uni material bo’ylab harakatlantirish qulay bo’lishi uchun uning old qismida shox bor.
Randaning tagi tekis, silliq bo’lmog’i lozim (23-rasm). U ishlaganda
yedirilgani uchun tagiga grab, zarang, shumtol, oq akas yoki buk yog’ochidan qilingan yupqa taxta yelimlab yopishtiriladi. Shox, pona, tirak, ustqo’ymalar korpus tagini tayyorlashga mo’ljallangan yog’ochdan
va qayin, elma yog’ochidan yoxud qayin po’stlog’idan yasaladi. Dastalar qoplamasiz PF-A faner plitasidan ishlanadi. Randaning tagi (tagligi) va ustqo’yma suvga chidamli yelimlar bilan mahkamlanadi. Randa, katta (do’lvor) randa tayyorlanadigan yog’och yorilmagan, chirimagan, g’uddalarsiz, teshilmagan, namligi 10,2% bo’lmog’i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: