26- rasm.
Metall korpusli randa.
Katta randa (do’lvor randa) uzil-kesil tozalab randalash, shuningdek ayrim detallarni randalab bir-biriga zich yopishib turadigan qilish uchun xizmat qiladi. Do’lvor randa randadan deyarli uch baravar uzun bo’ladi, bu esa uzun detallarni randalash imkonini beradi (27-rasm). Katta (do’lvor) randaning old qismida, korpusda tiqin joylashtirilgan bo’lib, uni bolg’a bilan urib pichoq teshikdan chiqarib olinadi. Pichoq tig’i 1 mm chiqib turmog’i lozim. To’lqinsimon yuzali yog’ochga do’lvor randa bilan ishlov berilganda kichik-kichik bo’laklar tarzida payraha chiqadi, keyingi o’tishlarda esa yupqa uzluksiz payraha chiqadi, bu hol randalashni to’xtatish kerakligini, chunki sirt silliqlanganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |