16-mavzu
Muhammadniyoz Komil ijodi
(1825-1899)
REJA:
-
Muhammadniyoz Komil haqida
-
Komil she’riyati
-
Shoir muxammaslari xususida
Yangi o'zbek adabiyotini ko'p asrlik an'analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog'lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste'dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan. Shuning uchun ham uning ijodi o'zi hayot ekanligidayoq o'rganila boshlagan, turli tadqiqotchilarning e'tiborini t'ortgan edi. Jumladan, ustozi Ogahiy 1855-1856- yillarda bitgan „Gulshani davlat" asarida uni yuksak iqtidor egasi bo'lgan shoir sifatida tilga oladi. Sulaymon Buxoriyning 1880—1881- yillarda toshbosmada chop etilgan „Lug'ati chig'atoyi va turki usmoniy" asarida ayrim so'zlarni izohlash uchun mashhur shoirlar qatorida Komil she'rlaridan ham misollar keltiriladi.
Hayot va ijod yo'li. Muhammadniyoz Komil 1825- yilda Xorazmning poytaxti Xiva shahrida tug'ildi. Otasi Abdulla Oxund zamonasining bilimli olimlaridan bo'lib, madrasa mudarrisi edi. Bo'lajak shoirning ota-onasi o'g'illari Muhammadniyoz (xorazmcha aytilishi Matniyoz)ni buyuk avliyo shoir Pahlavon Mahmudga e'tiqodlari hurmati „Pahlavon" deb atashardi. Ogahiy ham „Gulshani davlat" asaridifyosh shoirni shu sabab „Polvonniyoz" nomi bilan tilga oladi. Shoirning adabiy taxallusi „Komil" bo'lib, u faqat shu taxallus bilangina she'rlar yozgan. „Xorazmiy" Komilning qayerlik ekanligini anglatuvchi nisbadir. Bu ko'proq boshqalar tomonidan qo'llanilgan.
Ma'rifatli oilada ulg'aygan Komil boshlang'ich maktabni bitirgach, madrasada tahsil ko'radi. U yerda shar'iy ilmlardan tashqari, arab va fors tillarini chuqur o'rganadi hamda bu tillardagi adabiyot namunalari bilan chuqur tanishadi. Uning forstilida ham talay she'rlar yozganligi ma'lum. Bo'lajak shoir turkiy adabiyotni atroflicha bilar edi. Shuning uchun ham ijodida Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyning kuchli ta'siri sezilib turadi. Otasining to'satdan vafo| etib qolishi sababli Muhammadniyoz madrasadagi saboqlarni to'xtatib, bobosi savdogar Xo'jash Mahramxizmatiga kiradi. Oilaning tirikchiligini ma'lum darajada yaxshiiab olgach, madrasa ta'limini davom ettiradi.
Komil madrasada o'qish bilan birga, juda yoshligidan badiiy ijod bilan ham shug'ullandi. Aniq ma'lumotlar bo'lmagani uchun uning ilk she'rlari qachon yozilganini taxmin qilishgina mumkin. Har holda, o'ttizga kirib-kirmay, Ogahiy kabi ustozlar tomonidan katta shoir sifatida tan olinishining o'zi uning iqtidori qandayligidan dalolatdir. Shunga qaraganda, Komil badiiy ijod bilan juda yoshligidan shug'ullangan.
U xattotlik san'atini ham puxta egallaydi. Shuningdek, musiqa bilan jiddiy shug'ullanadi. Bir necha musiqa asbobini g'oyat maromiga yetkazib chala biladi. Mashshoqlik mahorati takomilga yetgani uchun ham saroy sozandalariga boshchilik qildi, bir necha yangi kuylar yaratdi, xalq kuylarini to'plab, notaga ko'chirtirdi. U milliy musiqamizga zamonaviy ma'nodagi notani joriy etgan dastlabki musiqashunosdir. Komilning „Rost" maqomiga bog'lagan „Murabbayi Komil", „Peshravi Feruz" kabi original musiqalari notaga ko'chirilgan holda hozirga qadar yetib kelgan.
1856- yilda taxtga o'tirgan Said Muhammad Rahimxon iste'dodli kishilarni o'z atrofiga to'play boshladi. Shular qatorida Muhammadniyoz Komil ham saroyga taklif etilib, xattotlikka tayinlandi. Salkam o'n yil mobaynida xattotlik qilgan shoir 1865- yilda mamlakat tepasiga Muhammad Rahimxon II (soniy) kelgach, mirzaboshilik lavozimiga ko'tariladi. Ma’rifatli shoh va ma'rifatchi shoir o'rtasidagi aloqa yaxshi bo'lganligi uchun ham hukmdor hamisha uning tirikchiligiga e'tibor qaratishga urinardi. Saroyda Komilning obro'-e'tibori tobora ortib boradi. 1873 yil ko'klamida chor qo'shinlari bilan bo'lgan janglarda mag'lub etilgan Xiva xonligi Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. 1873- yilning 29-mayida poytaxt Xiva bosqinchilar tomonidan ishg'ol qilingach, harbiy qarshilikni davom ettirish befoydaligini anglagan siyosatchilardan biri Komil edi. U devonbegi Matmurod va uning tarafdorlari so'nggi tomchi qonlari qolguncha kofirlarga qarshi urushish lozimligini yoqlagan bir paytda Muhammad Rahimxon II ni behuda qon to'kmaslikka, hayotiy haqiqatni tan olishga undagan yagona arbob bo'ldi. Bu oson kechmadi. Uni sotqinlikda ayblovchilar ko'p edi. Lekin kuch bilan hisoblashish zarur edi. Chorasizligini anglagan xon nihoyat bosqinchilar bilan kelishishga majbur bo'ladi. 1873 yilning 12- avgusti kuni xonning ruslar qarorgohiga aylantirilgan Gandimiyon degan bog'ida „Tinchlik shartnomasi" deyiluvchi sulh tuzildi. Shartnoma matni yetuk xattot va bilimdon tarixchi Komilning o'z qo'li bilan yoziladi. Tarixda bu hodisa „Gandimiyon sulhi" degan nom bilan qolgan. Komilning siyosiy vaziyatni g'oyat sezgirlik bilan ilg'agan holda ish tutishini ko'rgan xon uni Rossiya bilan har qanday sulhga qarshi bo'lgan Matmurodning o'rniga devonbegi qilib tayinlaydi. Mamlakat uchun g'oyat qaltis bo'lgan bir damda hushyor siyosiy arbob sifatida bosiqlik va tadbirkorlik bilan siyosat yurgizadi. Bu hol xonlik va uning aholisi imkon qadar kamroq talafot ko'rishiga olib keldi.
Yirik davlat arbobi sifatida devonbegi Komil Xorazmda ham fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga urindi. Jumladan, 1874- yildayoq Muhammad Rahimxon II (Feruz) rahnamoligida Xivaga kitob bosishga kerakli uskunalarni keltirib, poytaxtda toshbosma usulda kitob chop etishni yo’lga qo'ydirdi. Ayni vaqtda ajdodlarning xattotlik san'ati ham rivojlantirildi. Komil yetakchiligida alohida xattotlik maktabi vujudga keldi. 1880- yilda Komil devonbegi mansabidan tushirilib, mirzaboshi qilib tayinlandi.
Muhammadniyoz Komil dunyo ko'rgan, uning taraqqiyot qonunlarini tushunishga uringan ma'rifatli kishi edi. U odamlar hayotining bir darajada qolib ketmasligini bilar va imkon qadar kishilar tirikchiligini osonlashtirish, turmushni farovonlashtirish yo'lini izlar edi. Bu borada unga Peterburg va Moskvaga qilgan bir necha safarlar hamda u yerlardagi ilg'or ziyolilar bilan aralashuvlar ham ta'sir ko'rsatgan. Komil 1883- yilda Muhammad Rahimxon II bilan hamrohlikda birinchi marta Moskva va Peterburgga boradi. Peterburgda chiqadigan „Novosti i birjevaya gazeta" ning 1883- yil 80- sonida quyidagicha yozadi: “Bugun 21 iyun kuni Xiva xoni Muhammad Rahim, devonbegi Muhammad Murod, maslahatchi Polvon Mirzaboshi, yasovulboshi Rahmonbergan, xonning jiyani Said Abdulla xo'ja, tarjimon shtabs-kapitan Asfandiyorov, 17 kishidan iborat shaxsiy soqchilar va xizmatchilari bilan temiryo'l orqali (Peterburgdan) Moskvaga jo'nab ketdi. U yerdan Orenburg orqali Xivaga yo’l oladi". Xabarda tilga olingan „Polvon Mirzaboshi" shoir Komildir. Muhammadniyoz Komil Rossiyaga qilgan safarlarida faqat siyosiy yumushlar bilan shug'ullanib qolmay, o'lka xalqlari hayoti va madaniyatidagi diqqatga sazovor jihatlarni o'rganishga e'tibor qildi. U, ayniqsa, rus musiqasiga ayricha e'tibor bilan qaradi. Madaniy tadbirlarni ko'rishga ishqiboz Komil Peterburg va Moskva teatrlariga kirganida kuylarning notaga qarab chalinishini kuzatadi. Shoir notaga ko'chirishni o'zbek kuylariga ham tatbiq etish yo'llarini izlaydi. Xivaga qaytgach, „Xorazm notasi" yoki „Tanbur notasi" deb ataluvchi o'z nota tiziminiyaratadi. Tanburda chalingan ma'lum bir o'zbekcha kuy shu nota asosida qog'ozga ko'chirilar edi. Komilning o'g'li Muhammad Rasul keyinchalik bu notaniyanada takomillashtirib, Xiva „Shashmaqom"ini notaga to'liq ko'chiradi.
Komil 1891- va 1896—1897- yillarda Toshkentda ham bo'lgan. Shoir yangicha turmush ta'siriga ko'proq berilgan Toshkentdagi hayot haqida qiziqish bilan yozadi. Bu davrda ancha keksayib qolgan Komilning sog'lig'i ancha yomonlashadi. Uning ko'zlari xiralashadi. Toshkentdaligida rus doktorlarga ham ko'rsatadi, lekin kutganiday foyda topmaydi. Ma'rifatchi shoir Komil 1899- yilda dunyodan o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |