«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet41/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Ma'rifatchilik lirikasi. Komil mumtoz shoirlardan farqli ravishda o'zbekadiblari orasida birinchilardan bo'lib asarlarida odamni faqat ilohiy yaratiq sifatida emas balki tirikchilik tashvishlari va ijtimoiy muammolarga ko'milgan oddiy inson sitatida aks ettiradi. Uning bitiklarida ilohiy ma'rifat bosqichlaridan tashqari, oqartuv ma'nosidagi ma'rifat muammolari ham tasvirlangani uchun faqat xoslarning emas, balki ko'pchilikning ko'ngliga oson yetib borardi. Shoir insonni faqat Allohni tanish muammolari fonida emas, balki atrofini o'rab turgan olamni tanish, unga bog'liq chigal muammolarni hal etish tashvishlari orasida ham aks ettirishga intildi. Komilning bir qator asarlari bevosita insoniy ma'rifat masalalarini aks ettirish, odam turmush tarzini yengillatish yo'llarini izlash aks etganligi bilan ajralib turadi. Uning shu taxlit g'azallaridan biri:

Emas kishiga bu dunyoda mulk-u mol kamol,

Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol

matla'si bilan boshlanadigan she'ridir. Shoir g'azalning birinchi misrasida odam mulk-u mol orqali kamolotga erisholmasligini qayd etar ekan, ikkinchi satrdayoq kamolotning yo'li ilm-u hunar hosil qilishda ekanligini ta'kidlaydi. Ayni shu o'rinda Komil dunyoqarashining o'zidan oldingi mumtoz shoirlardan farqli jihati namoyon bo'ladi. Ya'ni u inson kamolotini Yaratgan jamoliga yetish yo'ligina deb emas, balki bu dunyodagi o'z hayotini ma'nili tashkil etish chorasi tarzida ham anglaydi. Bu fikr she'rning ikkinchi baytida ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanadi:

Ulumdin sharafi oxirat emasdur yolg'uz,

Ki munda ham sababi izzat-u jalol kamol.

Ko'rinadiki, shoir inson kamoloti oxiratgagina emas, balki bu dunyoda (munda) ham izzat-u ulug'likka xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. Lekin shoir insonningbu dunyodagi kamolotini ilohiy ma'rifatga qarshi qo'ymaydi, ularning bir-birini taqozo qiladigan ma'naviy holatlar ekanligini keyingi baytda aks ettiradi:

Murod ma'rifatullohdur1 taallumdin,

Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol.

Komil bilim olmoqdan maqsad obro' talashish, mavqe-martaba uchun nizolashish emas, Allohni tanish ekanligini ta'kidlaydi. Yaratganning jamoli ko'ngilda jilvalanishiga erishish uchun ilm istagan tolib dilini har qanday g'ubordan poklashi zarurligini tasvirlaydi:

Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek,

Desangki, jilvagar etsun anga jamol kamol.

Shoir qush qanoti bilan parvoz etgani kabi inson ham faqat kamolot tufayligina yuksalishi mumkin ekanligini juda ta'sirchan yo'sinda aks ettiradi:

Kamol bergusidir so'zga shuhrat-u ta'sir,

Bu qushg'a qilg'ali parvoz parubol kamol.

Ko'ngul va aql ma'rifatidan yiroq omi odam mevasiz daraxt singari ekanligini ta'kidlagan shoir bundaylarning fikr va turmush yo'sinida ma'nidin nishona bo'lmasligini ulkan anduh bilan qayd qiladi:

Niholi bebari sarkashdurur avomunnos,

Ne sud topmasa ma'nig'a ittisol kamol.

Shoirning ma'rifatchilik yo'lida bitilgan asarlari orasida:

Ochg'ali otlandi to sultoni Jam iqbol suv, Bu sharafdin borcha mazra' bo'ldi molomol suv

matla'si bilan boshlanadigan g'azali alohida ajralib turadi. Unda shoir afsonaviy shoh Jamshidday iqbolli sultonning ariq ochishga otlanishi tufayli odatda qurib yotadigan ekinzorlar obi hayotga limmo-lim bo'lganini ifodalaydi. Shoir hukmdor tomonidan yangi ariqning ochilishini aks ettirish asnosida dehqonchilik va sug'orishga tegishli jo'ngina bu tadbirning kishilar turmushini yaxshilashdagi ulkan ahamiyatini his etadi va unga katta baho beradi.

Hukmdorning o'z xalqi manfaati yo'lida tashlagan qadami shoir tomonidan katta xayrixohlik va quvonch bilan kutib olinadi. Baytda go'yo suv ham mehribon shohni qarshilagani oshiqib kelayotgani ta'sirli aks ettirilgan. Komilning shoirona nigohi ariqdagi suvning shovqini hamda mavjlanib oqishidan ham go'zallik topadi:

Ochg'och-o'q jori bo'lub keldi qatiotlig' qush-kibi,

Kaf bila amvojdin go'yo chiqordi bol suv.

Uzoq damlanib turgan suvning ochib yuborilgach, shiddat bilan oqishi qanotli qushning parvoziga, uning ekinlarga kerakliligi asalga o'xshatiladi. She'rning keyingi misralarida shoir ijtimoiy adolat qaror topganligi, tengsizlik, zo'ravonlikka barham berilganiga alohida to'xtalib, g'azalning ma'rifiy yo'nalishini kuchaytiradi:

Zo'rlarning taxtasin suv zo'ri o'tdi sindurub

El barobar ichdi beda'vov-u bejanjol suv.

Hukmdorning adolati tufayli o'zlariga alohida sharoit yaratib oladigan zo'ravonlarning to'siqlari sindirilgani, aholining o'z ekinlarini bejanjal sug'organi shoirda qanoat tuyg'usini uyg'otadi.

G'azalning keyingi baytlaridan birida suv keltirib, odamlar holatini yaxshilash uchun harakat qilish lozimligini, quaiq taqvo-yu toat bilan suvga yetishib bo'lmasligini qayd etadi. Asarning shu o'rnida shoirning yangicha ma'rifatchilik nuqtayi nazari yorqin namoyon bo'ladi:

Suvni keltirmoqg'a sa'y etmak base lozimdurur,

Bo'lmasa taqvo-yu toat topmas iste'mol suv.

Komil hukmdorni faoliyatda, el-yurt farovonligi uchun harakatda ko'rishni istaydi. Shuning uchun ham birgina g'azalda bir necha marta „shoh otlandi" birikmasini alohida urg'u bilan ta'kidlaydi:

Shohlar otlansa doyim yurti obodon bo'lur,

Bor dalil ushbu so'zimg'a qilsang istidlol suv.

Shoir hukmdor harakat qilsa, yurt obod bo'lishini aytar ekan, bunga kimda shubha paydo bo'lsa, dalil sifatida oqib turgan suvni ko'rsatadi. Shunisi xarakterliki, g'azalnavis shohdan o'ziga manfaat, iltifot kutmaydi. Lekin uning elga naf keltirayotganidan juda quvonayotganligini aks ettiradi. Buni g'azalning maqta’sida „iltifoti bahridin bir qatra Komil ichmadi"tarzida ifoda etadi. Shoir uchun shohning iltifot dengizidan biror qatra ichish maqsad emas, uning uchun hukmdorning elga ko'rsatgan marhamati kifoya ekani ifodalagan.

Komilning ma'rifiy yo'nalishda bitilgan asarlaridan biri “Buxl eliga demagil, ey zubdayi davron so'zung" misrasi bilan boshlanadigan g'azaldir. G'azalda shoirning ma'rifatdan, pokiza tuyg'ulardan yiroq zamondoshlari haqidagi nadomatlari ifodalangan. She'rda, garchi, ma'rifatchining nuqtayi nazari, aks ettirilayotgan ma'naviy sifatga yangicha qarash sezilib tursa-da, ifoda jihatidan mumtoz adabiyotimizdagi insoniy nokomillikdan zorlanib bitilgan aksariyat asarlarga o'xshab ketadi. Unda shoir baxillarga ezgulik haqida gapirib, ovora bo'lmaslik lozimligini zo'r anduh bilan aks ettiradi. Chunki aytilgan so'z dunyodagi eng qimmatbaho gavhar kabi bo'lsa-da, baxil qarshisida eshakmunchoqcha qadr topmasligi ayon:

Garchi so'zung gavhari qimmatbaho yo'q dahr aro,

Bor alarning qoshida xarmuhradin' arzon so'zung.

Negaki, ma'ni dengizida g'avvoslik qilmaydigan kimsalar uchun ulkan dur kabi qimmatga ega so'zning qadri teshik munchoqcha bo'lmaydi:

Ulki qilmaydur maoni bahrig'a g'avvosliq,

Ko'rmagay munchoqcha gar bo'lsa durri g'alton so'zung.

Baxilni haqiqat, adolat emas, balki manfaat, foyda qiziqtiradi. Shuning uchun ham tuban tabiatli kimsalardan yaxshilik kutish ma'nisiz. Chunki undaylar o'zlari manfaat ko'rmaydigan bo'lsalar, ,Bir qaro put bobida mushkul qilur oson so 'zung". Bu holatni shoir g'azalning keyingi bir baytida juda keltirib ifoda etadi:

Gar so'zungdin bir nimarsa unmasa bu dunyoda,

Tinglamaslar ox i rat da bersa ham imon so'zung.

Nafs odami uchun imonga kirita oladigan so'zni aytish ham befoyda. Bunday kimsaga gap aytgandan ko'ra biror narsa undirish muhim ekani mahorat bilan aks ettirilgan. Shuning uchun ham shoir „buxl eli"dan eng arzon va keraksiz narsani ham so'rab bo'lmasligini ta'kidlaydi. O'zini hurmat qilgan odam bunday kimsalardan hech narsa so'ramasligi kerak. Negaki, baxillarning sovuq fe'li o'likka jon beradigan darajadagi ta'sirli so'zni ham sindiradi:

Iltimos etma alardin bir kapanakni zinhor,

Sindurur gar bersa ham o'lg'on badanga jon so'zung.

Shoir zamona ahli orasida kishini tushunadigan odamlar topilmasligidan tashvishlanayotganini izhor qilar ekan, bunday sharoitda fikr odamlari, aqlli kishilar („ahli donish") so'zlarini tashlariga chiqarmay, ko'ngillarida saqlaganlari tuzuk ekanligini ta'kidlaydi:

Topmasang so'z lazzatidin ogoli-u komil kishi,

Soqlag'il bo'lg'uncha ko'nglung pardasida qon so'zung.

G'azal maqta"sida shoirning mahorati yaqqol namoyon bo'ladi. Ma'lumki, inson uchun biror orzuga yetolmaslikdan ham ko'ra, uni aytolmaslik qiyinroqdir. Bunday holda ko'ngilga cho'kkan so'z qalbning qonlariga botadi, armonga aylanadi. Komil baytda bu holatni juda ta'sirli aks ettirgan.

Shoir Komil she'riyatidagi ma'rifatchilik sifatlari aks etgan asarlardan biri:

Chu bo'ldi tanimga makon po'stin,

O'luk jismima berdi jon po'stin

matla'si bilan boshlanadigan g'azaldir. Unda o'ta jo'n maishiy buyum bo'lmish po'stin tufayli shoirda paydo bo'lgan fikrlar, uning ko'nglidan kechgan tuyg'ular o'z aksini topgan. She'rning dastlabki uch baytida po'stinning ta'rifi beriladi. Uning jismni sovuqdan himoya qilishidan tortib, odamni qishning sinovlaridan, shamolning quturishlaridan eson-omon olib o'tishiga qadar tasvirlanadi. G'azalning to'rtinchi bandida muallif po'stin haqidagi qarashlarini favqulodda shoirona yo'sinda aks ettiradi:

Agar jon qushig'a qatas tandurur,

Valek erur oshiyon po'stin.

Shoir po'stinning foydasini tananing ahamiyati darajasiga yaqinlashtirib tasvir etadi. She'rning keyingi baytlarida tasvir po'stinning sifati, qanday matolardan tikilganini aks ettirishga yo'naltiriladi. Ma'lumki, mumtoz she'riyatimizda ham maishiy mavzularda shu singari she'rlar yozilgan. Binoiy, Gulxaniy, Turdi kabi ijodkorlarda shunday mavzularda yozilgan she'rlar bor. Lekin ularda maishiy detal badiiy vositagina hisoblangan, xolos. Chunki mumtoz adiblarimiz uchun tirikchilik muammolarini tasvirlash, ro'zg'or unsurlarini she'riyatga kiritish nojoiz sanalgan. Komil yangi davrning kishisi sifatida odamning ruhi to'g'risidagina emas, balki uning jismi haqida ham qayg'urish lozim deb biladi. Shuning uchun ham po'stinni mayda detallari bilan tasvirlashdan malollanmaydi.

Komil bu g'azalni faqat po'stinni ta'rif-tavsif etish uchungina yozmaydi. Ko'nglining tubida yotgan ijtimoiy dardlarini ham shu bahonada izhor etadi. Bu hol g'azalning so'ngrog'iga borib namoyon bo'ladi. She'rning yettinchi baytida qish sovug'ining hammaga tengligi, lekin po'stin hammada ham yo'qligidan yozg'irish ifoda etiladi. Kimdir dag'al chakmonga zor bo'lib yotganda boshqa kimsada po'stm sotadigan do'konning o'zi mingdan ortiq ekanligi shoirni dunyoning adolati haqida o'ylashga majbur etadi:

Birov qoqma chakmonga zor-u falak,

Birovga berib ming do'kon po’stin.

Shoir jism qanchalik qimmatga ega bo'lniasin, uni ayash nechog'lik zarur bo'lmasin, inson uchun uning sha'ni balandroq turishi borasidagi fikrini g'azalning so'nggi baytida izhoretadi. U bu haqda atroflicha to'xtalib, o'z iztiroblarini batafsil tasvirlab o'tirmaydi. Ammo o'z ustidagi po'stinni topib olmagani yoki birov bermagani, balki mehnat-u mashaqqat evaziga sotib olganligini aks ettiradi:

Berib ashk-u durrin, sarig' yuz zarrin,

Olibman emas roygon po'stin.

Shoir Komil sof maishiy yo'slndagfasarlarida ham inson sha'ni har narsadan muhim, qadrli va yuksak ekanligini shu tarzda ifoda etadi. Uning ilohi, necha ko'b jinoyat mango" misrasi bilan boshlanadigan g'azali, bir qator masnaviy va muxammaslari ma'rifiy yo'nalish yetakchi ekanligi bilan diqqatni tortadi. Shoir ma'rifatchilik yo'nalishidagi asarlarida ijtimoiy turmush muammolari va ulami bartaraf etishda ilm-u hunar va ma'rifatning ahamiyatini aks ettiradi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish