Ogahiy - tarjimon. Ogahiy Xorazm tarjima maktabining asoschisidir. U o'n to'qqiz asarni fors tilidan o'zbek tiliga taijima qildi. Ularning salmoqli qismi badiiy va ta'limiy-axloqiy asarlar edi. Masalan, ular orasida Kaykovus ibn Vushmagirning ..Qobusnoma". Sa'diy Sheroziyning „Guliston", Nizomiy Ganjaviyning „Haft paykar" („Yetti go'zal"), Amir Xusrav
Dehlaviyning „Hasht behisht" („Sakkiz jannat"), Badriddin Hiloliyning „Shoh va gado", Husayn Voiz Koshifiyning „Axloqi muhsiniy" (,,Yaxshi xulqlar kabi Chiqish dunyosida mashhur dostonlar, pandnomalar bor edi. Bu asarlar nafaqat Sharq adabiyotida, jahon adabiyotida ham ma'lum mavqega ega. Chunonchi, „Qobusnoma" Kaspiy dengizi bo'yida maydonga kelgan Mozandaron davlqtining hukmdori Kaykovus ibn Vushmagirning 1183- yilda o'z o'g'li Gilon§hohgayozgan nasihatnomasi bo'lib, dunyoning juda ko'p tillariga tarjima qilingan.
Sa'diy Sheroziy (1189—1292)ning „Quliston" asari bir vaqtlar yosh Alisherning ham sevimli kitoblaridan edi. U o’zining mashhur „Lison ut-tayr" dostonida bu asarni maktabda sevib o'qigan kitoblaridan biri sifatida xotirga oladi. Uni 1390-1391- yillarda Sayfi Saroyi ilk bor o'zbekchaga tarjima qilgan edi. Ogahiy uni 1862—1863- yillarda ikkinchi bo'lib tarjima qildi. XX asrda ham bu asar ikki marotaba (1909, 1968) o'zbek tiliga ag'darildi. Eng so'ngida ulkan shoir G'afur G'ulom unga qol urdi. Bu tarjimalar orasida Ogahiyniki ham alohida o'rin egallaydi.
Ogahiy o'z tarjimalari haqida ma'lumot berarkan, Nizomiyning „Haft paykar", Dehlaviyning „Hasht behisht", Jomiyning „Salomon va Ibsol", „Bahoriston", „Yusuf va Zulayho" asarlarini ham o'zbekchaga o'girganini aytadi. Shoir ularni tarjima qilishda ancha erkin yondashdi, „Haft paykar"ga o'xshagan ayrim asarlarni nasriy bayon etish bilan kifoyalanadi.
Ogahiy tarjimalari orasida „Zafarnoma", „Tabaqoti Akbarshohiy" kabi tarixiy asarlar, „Zubdat ul-hikoyot" („Hikoyalar qaymog'i"), „Badoye ul-vaqoye" („Go'zal voqealar") kabi voqeiy hikoyalar majmualari ham bor edi. Ayniqsa, Zayniddin Vosifiyning XV asr adabiy-madaniy muhiti, buyuk shaxslari hayoti va ular bilan bog'liq qiziqarli hikoyatlarni o'zida jamlagan „Badoye' ul-vaqoye"ning tarjima qilinishi Alisher Navoiy davrini o'rganish va anglashda muhim ahamiyatga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |