Lirik merosi. Ogahiy ulkan lirik shoirdir. Zamonasidayoq e'tirof topgan, she'rlari tildan-tilga o'tib, el orasida shuhrat qozongan. U o'z ona tilidan tashqari fors tilida ham go'zal she'rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Shoirning lirik asarlari ikki to'plamda jamlangan va har ikkisi bizgacha yetib kelgan. Ularning biri „Bayozi mutafarriqai forsiy" („Forscha she'rlar to'plami") deb nomlanib, mutaxassislar fikricha, shoirning talabalik yillari tuzilgan va u, nomlanishidan ma'lum bo'lganidek, shoirning fors tilida yozilgan she'rlarini o'z ichiga oladi. Unda ko'proq Chiqishdagi mumtoz shoirlarning she'rlari jamlangan bo'lib, Ogahiy she'rlari soni yigirmataga ham yetmaydi.
Ogahiyning asosiy she'riy merosi ona tilida yozilgan bo'lib, „Ta'viz ul-oshiqin" devonida to'plangan. „Ta'viz ul-oshiqin" — „Oshiqlar tumori" degani. Devon Xiva xonlarining eng ziyoli va taraqqiyparvarlaridan „Feruz" taxallusi bilan ajoyib she'rlar yozgan Muhammad Rahimxoni Soniy — Muhammad Rahimxon ikkinchi (II) saltanati davri (1865—1910) da uning taklif va talabi bilan tuzilgan. Negaki, Ogahiy ushbu devonning „Debocha"sida Muhammad Rahimxonning olim va fozillarga g'amxo'rligini alohida ta'kidlab, Ogahiyga shu vaqtgacjia yozgan barcha she'rlarini to'plab, devon tuzish, hatto unga maxsus „Debocha" ham ilova qilishni topshirganligini qayd etadi. Ogahiy devoni shu tariqa maydonga keldi. Shoir uni nomlashda devondagi she'rlar mazmunidan kelib chiqdi. Bundagi she'rlar, shoirning o'zi aytganidek, „...barchasi dardi ishq o'tining harorati bila og'ushta (to'la) ...edi. ...Agar ishq va dard ahlining qo'lig'a tushsa, ta'viz (tumor) yanglig' bo'yunlarig'a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangiz (shavq qo'zg'atuvchi) mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi maraz (dard)ig'a nav'i shifo topar erdilar. Ushbu munosabat bila bu saodatnishon devonni „Ta'viz ul-oshiqin" ismi bila mavsum qildim (atadim)..."
Devon tartib qilingach, katta shuhrat qozondi. Hatto 1882, 1905- yillarda Xiva bosmaxonasida ikki marta ko'p nusxada nashr qilindi. To'plam ancha salmoqli bo'lib, undan to'rt yuz ellikka yaqin g'azal o'rin olgan edi. Ma'lumki, an'anaga ko'ra g'azafllar devonda alifbo tartibida joylashtirilgan. Buning uchun matla'ning so'nggi harfi asos qilib olingan. Ma'lum bo'lishicha, Ogahiy alifbodagi hamma harflarga g'azal bitgan ekan. Devonda qasida, musaddas, murabba', musamman, masnaviy, tarji'band, qit'a, ruboiy, tuyuq kabi boshqa janrdagi she'rlar ham bor.
Ogahiy she'riyati har qanday bachkanalikdan, o'rtamiyo nachilikdan tamoman xoli yuksak ishqiy-tasavvufiy she'riyatdir. To'g'ri, unda falsafiy-tasavvufiy, ijtimoiy-siyosiy, ta'limiy-axloqiy ohanglar ham yo'q emas. Umuman, uning she'riyati rangin. Lekin bu rnavzularning aksariyatini birlashtirib turgan narsa ishqdir, muhabbatdir. Undan so'ng ijtimoiy yo'nalishdagi she'rlar ustuvorlik qiladi. Ayrim namunalar misolida shoir she'rlarining badiiyati darajasini ko'rib chiqish mumkin. Bu borada uning xalq orasida keng tarqalgan „Ustina" radifli g'azali boy material beradi. Ma'lumki, har qanday g'azalda, ko'pincha, obraz va ifodalar ikki o'q atrofida birlashadi. Biri — yor tavsifi, ikkinchisi — hoi tasviri. Ushbu she'rda buning ikkisi ham bor bo'lib, ifoda ko'lami keng. Bir qaraganda, u sof ishqiy she'rdek. Lekin bag'rida falsafa ham, axloq ham, ijtimoiyot ham, hatto siyosat ham bor. Lekin, yetakchi ohang — ishq.
O'zungni bu yuk chekkali chogiagil,
Kamar belga himmat bila bog'lagil.
Shoir saltanat ishi g'oyat og'ir, uning azob-u mashaqqatlari ko'pligini aytib, yosh xonni ogohlantiradi. Ayni vaqtda „belni bog'lash" lozimligini ham ta'kidlaydi. Negaki, shohlik Xudoning marhamati va ezgu ishlar qilish imkoniyatidir. Qasidaning keyingi qismida shoir yosh podshohga to'g'ridan-to'g'ri boshqarish sirlarini o'rgatishga kirishadi. U saltanat ishlarini yaxshi yo'lga qo'yish uchun qilinishi shart bo'lgan yigirma ikki sifatni va saltanatni tanazzulga olib boradigan o'n sakkiz illatni ham ko'rsatib beradi. Ogahiy shohning nasihatlariga quloq osishini umid qiladi va shunga amal qilib yurt boshqarsa, niyatiga yetishiga ishonadi:
Bularga qayu shahki qilsa amal,
Aning mulkiga aSlo yetmas xalal.
Shaho, olarn ichra bugun shohsen,
Burundin bu so'zlarga ogohsen.
Umidim buldurkim, amal qilg'asen,
Amal aylamakda jadal qilg'asen.
Ogahiy boshqa qasidago'ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi. Balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o'gitlar beradi. Asarning badiiy xususiyatlari ham diqqatga molikdir..
Ogahiy she'riy asarlarida poetik san'atlardan hamisha samarali foydalangan. Shoir qaysi san'atni ishlatmasin, uni real hayot manzaralariga moslab olishga harakat qiladi. Hatto mubol'ag'ani ham hayotiy asoslarga quradi. Masalan, bir she'rida: „Ko'zum yoshiga toya-toya keldim",— deydiki, shoirning xayoloti parvozining balandligiga lol qolmasdan iloj yo'q. Ushbu bir satr butun boshli drama va hayratomuz manzarani o'z bag'riga jo qila olgan.
Shoir she'riyatida ma'noga muvofiq tarzda ohanglar ham xilma- xildir. Goh unda ishq shiddatli tug'yon uradi, ehtiroslar junbushga keladi, goh shoir yengil mutoyibaga, o'ynoqi ohanglarga ko'chadi:
Dardi dilim ango dedim, dema ani mango dedi,
Kim manga oshiq o'lsa, ul lozim erur ango dedi.
Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro, dedim, Ko'nglung-u joning olg'uchi ikki qaro balo, dedi.
G'azal shu zaylda davom etadi. Ko'rinib turganidek, she'r savol- javob shaklida. Ritm — yengil, ohang — o'ynoqi. Birinchi misraning o'zida ichki qofiya ham bor (ango—mango). Ayni paytda bu ichki qofiya misralararo asosiy qofiya ham boiib kelyapti (mango-ango). Takrorlangan „dedim-dedi"lar esa she'riy zarb va o'ynoqilikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Aslida mazmunning o'zi — o'ynoqi. Dilimdagi dardni unga aytib edim, u buni menga aytma, menga oshiq bo'lgan kishining nasibasi shu, chidaydi, dedi. Ikkinchi baytda oshiq undan oq yuzidagi ikki ko'zining bu qadar qoraligi sababini so'raydi. Yor esa ularning biri oshig'ining ko'nglini, ikkinchisi jonini olguvchi „qora balo'iar ekanligini aytadi. Birinchi misradagi „ne balo qaro" so'zlari ko'zning qora ekanligini kuchaytirish, ta'kidlash uchun xizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi misradagi „qaro balo" u qora ko'zlarning oshiq uchun balo-ofatligiga urg'u bergan. Ikki so'zning bu xil o'rin almashib kelishi „tardi aks" (teskari takror) san'ati deyiladi va u ko'pincha takrorlanuvchi so'zning yangi-yangi ma'nolarini kashf etadi. Ayni vaqtda, „qaro" so'zi, ko'pincha, „katta" ma'nosida ham kelishi ko'zda tutilsa, misrada „katta balo" mazmuni ham yashiringani ma'lum bo'ladi.
Ogahiy qofiya, radif kabi badiiy vositalarning imkoniyatlaridan g'oyat unumli foydalanadi. Masalan, she'rda musiqiylikni hosil qilishda qofiyadan tashqari radifning ham o'rni alohida. Takrorlanuvchi har bir ma'nili va kerakli so'z she'rga ohangdoshlik beradi, shoir ko'zda tutgan ma'noni kuchaytiradi. Shu jihatdan, Ogahiy o'z g'azallarida ikki, uch, to'rt, hatto besh so'zdan tashkil topgan radiflardan ham foydalanadiki, bu ulkan badiiy samata beradi:
Ey sho'x, ko'z-u qoshinga olam gado, men ham gado.
La'li labi durposhinga olam gado, men ham gado.
Baytdagi so'zlardan ikkitasigina bugun kamroq ishlatiladigan so'zlar sirasiga kiradi. Biri — qip-qizil ma'nosini beruvchi qimmatbaho „la’l" — yoqut, ikkinchisi — dur sochuvchi yoki aqlli gaplar aytuvchi degan ma'nolarni ifodalaydigan „durposh" so'zidir. Misrada „durposh" so'zining har ikki ma'nosi ham namoyon bo’lganligi uning ta'sirchanligini oshirishga olib kelgan. Ko'rinadiki, shoir so'zning ma'no va ohang imkoniyatlaridan samarali foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |