«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet30/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Lirikasi. Gulxaniyning iste'dodli lirik shoir ekanligi bizgacha yetib kelgan she'rlaridan ham bilinib turadi. Bu jihatdan shoirning „Ko'ngul ozurdadur dunyog'a arzi ehtiyoj etmas" misrasi bilan boshlanadigan g'azali diqqatga sazovordir. She'r tasavvufiy yo'nalishda bitilgan bo'lib, dunyoga qo'l siltagan, uning notantiligidan ko'ngli ozor chekkan yo’lovchi kayfiyati ifodalangan:

Ko'ngul ozurdadur dunyog'a arzi ehtiyoj etmaz, Tariqat soliki mayli bu yo'lda izdivoj etmaz.

G'azalning ikkinchi baytida lirik qahramon holati o'quvchi. ruhiy holatiga yaqin keladi. She'rxon uni bevosita his etganday, tuyganday bo'ladi. Chunki baytdan kelib chiqadigan hayotiy mantiq shuni taqozo etadi:

Dili vayronadin, jono, tavaqqu qilma dog'ingni,

Buzulgan mulkdin, albattakim, sulton xiroj etmaz.

Chindan ham dili vayron odam o'zga ozurdajonga malham berolmaydi. Zotan, buzilgan mamlakatdan sulton ham xiroj olmaydi. So'fiyona tuyg'u hayotiy mantiqdan suv ichgani uchun ham g'oyat katta badiiy ta'sir kasb etgan. She'rning to'rtinchi bayti go'yo ikkinchi baytning mantiqiy davomiday tuyuladi:

Zihi ishqingda dardi dog'i hijroning matoimdur, Qaroqchi aylamas toroj oningki, kimsa boj etmaz.

Oshiqning ishqdan orttirgan maqtangulik boyligi hijron dardi dog'i bo'lgach, nimadan cho'chirdi? Zero, bojki olinmagan joyni qaroqchi ham talamaydi. She'rning qahramoni o'z holini biladi. U ma'shuqadan ortiqcha narsa talab etmaganiday, toj-u taxtni ham orzu qilmaydi.

Ilohiy ishq jazbasidan jununga kelgan shoirga zohidlarning nasihati solikni yo'ldan ozdirish bo'lib ko'rinadi. Negaki, u oshiqni o'zi tanlagan haq yo'lidan qaytarib, manfaatu nafs yo'liga burmoqchi bo'ladi:
San o'z diningni tut, zohid, mani ko'p yo'ldin ozdurma,

Bu suvrat sham' undurding ziyosini rivoj etmaz.
G'azal maqta'sida Gulxaniy dardiga iloj etmagan Iso nafasli ma'shuqadan bir oz yozg'iradi. Shoir tasawufiy yo'nalishdagi asarga o'z shaxsiyatiga doir jihatlarni, tuyg'ulari va hissiyotini mahorat bilan joylay bilgan.

Gulxaniyning poetik imkoniyatini namoyon etish, uning she'riy salohiyatini ko'rsatishda
Yetmadi Majnunga men ko'rgan balolardan biri, Hajr vodiysi aro chekkan jafolardan biri
matla'li g'azal ham alohida o'rin tutadi. Shoir o'z ishqi darajasini ilohiy sevgisi olam aro doston bo'lgan Majnun, Farhod singari shaxsiyatlarning otashin tuyg'ulari bilan yonma-yon qo'yadi va muhabbati haroratini ularnikidan ortiq deb biladi. Shuning uchun ham matla'da lirik qahramon ko'rgan balolarni Majnun ko'rmaganligini ta'kidlaydi. Uchinchi bandda esa:

Toshga izhor ayladi Farhod Shirin dardini,

Ishq oyinida uldur behayolardan biri

deya o'z sevgisini oshkor qilmay, ishq odobiga rioya etishda Farhoddan ortiq ekanligidan g'ururlanadi. Tuyg'ular junbushi Gulxaniyni real voqelikdan tamomila uzib ketolmaydi. Shu bois shoir g'azal so'ngrog'ida o'z tuyg'ulari kuchiga xolis baho bermoqchi bo'lib:

Senga, ey, Majnun, junun ilmida taslim aylaram, Sen rasolardan biri, men norasolardan biri

deya kamtarlik qiladi.

Gulxaniy she'riyatida ham an'artaviy timsollar, odatiy yondashuvlar yetakchilik qiladi. Shoir bevafo yorning nozlaridan o'rtanganligini quyuq mubolag'alar fonida tasvirlaydi. Chunonchi, „Lola ko'ksidek bag'rim tahbatah qaro qonlar" misrasi bilan boshlanadigan g'azalida bu narsa yaqqol ko'zga tashlanadi. Ma'shuqasining vasliga intiq oshiqning:

Bir dam ayla mardumliq diydam ichra manzil qil, Durr-u la'l sochsinlar maqdamingga mujgonlar

tarzidagi iltijosida shu hoi ko'zga tashlanadi. Ushbu g'azallarda Gulxaniy ijodiga xos yetakchi jihat - uning xalq tili va ruhini puxta bilishi namoyon bo'ladi. Shoir g'azal tabiati talab etadigan kitobiy so'zlar, an'anaviy ifodalar bilan birga oddiy kishilar so'zlashuv tilidagi shakllardan ham bemalol foydalanaveradi:

Sen nechuk paridursan, topmadim so'rog'ingni, Kezmisham quyun yanglig' vodiyu biyobonlar.

Gulxaniyni qon tortdi — azmi ko'yi yor etdi,

Qatl etarga mijgonlar chekti tig'i uryonlar.

Ifodadagi xalqchillik shoir asarlarining o'qishliligi va ta'sir kuchini oshirishdajuda qo'l kelgan. Gulxaniy yaratgan poetik asarlaida insoniy fazilatlar ulug'lanadi, ularda shoirning shikoyat va noroziligi ham ko'zga tashlanib turadi. Bu asarlar Gulxaniyning inson kechinmalarini jozibali, g'oyat ta'sirchan tarzda badiiy ifodalash mahoratini egallagan iste'dodli shoir bo'lganidan dalolat beradi.

Gulxaniyning poetik asarlarida o'g'uz lahjasiga mansub so'zlar ko'p uchraydi. Shoir „tosh" so'zini „dosh", „borin" so'zini „vorin", „istayman" so'zini „istaram", „quyosh" so'zini „gunash", „etmas" so'zini „etmaz" shaklida qo'llaydiki, bu Qo'qon adabiy muhitida ijod qilgan adib uchun xos bo’lmagan holdir. Buni Gulxaniyning Fuzuliy ijodidan qattiq ta'sirlanganligi bilan izohlash mumkin.

Zarbulmasal" asari. Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali avommunos"ni bayon qiladi.

Zarbulmasal"ni yozishda maqol, matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdori ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi.

Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir. Shoir qush haqidami, tuya haqidami, chayon yoki toshbaqa haqidami yozmasin, hamisha odamni ko'z oldiga keltirib asar yozgan. Demak, bizga begonaday bo'lib tuigan bu asar aslida biz haqimizda ekan. O'zimiz haqimizdagi asarni o'qimasdan bo'ladimi?



Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu o'rinda „zarbulmasal" — maqol, matal, ramzli hikoya ma'nosini anglatuvchi so'z. „Masal" eski o'zbek adabiyotida hozir qo'llanadigan maqol, matal, hikmat ma'nolarida keladigan so'z zarbulmasal" esa, maqol va matallarni og'zaki yoki yozma nutqda keltirish, qo’llash ma'nosini ifodalaydi. Shuningdek, zarbulmasal atamasini maqol va masallar yig'indisi, majmuyi ma'nosida ham ishlatish mumkin. Chunki „zarb" so'zi ko'paytirish ma'nosini ham anglatadi. Ko'plab masallarning bir asarga yig'ilishi ularning o'zaro „zarb" qilingani ma'nosida zarbulmasal atalgan. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.

Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal, maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast) etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan.

Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi.



Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahra- monlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi. O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon- shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi.

Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmat- korlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat, yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi.

Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashhonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasawurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:

Orazidin shams-u qamardir xijil,

So'zlaridin shahd-u shakar munfail.

Hosili umri edi ul boyning,

Oti Gunashbonu o'shal oyning.



Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnjda juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur",— degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi.

Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qoilanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi.

Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi.

Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi vetgan qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapi lining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining hamiyati zaha yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid qilganligi tasvirlangan o'rinlardayaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U1 „tokcha" dedi, biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo boiduk" degan so'zga yo'qmiz",— degan mulohazalaridan anglab yetish mumkin.

Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin",— degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish imkonini beradi. Bu qarashni Gulxaniyning amir Umarxonga qilgan xushomadi, kinoyasi tarzida ham,. Turkistondagi boshqa xonliklardan Farg'ona tuzuk edi yo'sinidagi vatanparvarligi shaklida ham talqin etish mumkinkj, bu hoi kishida mustaqil fikrlashga imkon beiganligi bilan diqqatga molikdir. Bu haqda asosli xulosa berishda tarix fanidan bilgan ma'lumotlarga tayanilsa, foydali bo'ladi. Farg'ona bilan Buxoro va Xiva xonliklarini o'zaro solishtirish asarning tagma'nosini teranroq anglashga yo'l ochadi.

Zarbulmasa1"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor, tili zahar qushlar timsoii Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish fnaqsadida tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning qimmati yuqori bo'ladi.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish