Savol va topshiriqlar
-
Amiriyning hayot yo'li va shaxsiy sifatlari haqidagi ma'lumotlarni o'zlashtiring hamda ularni shoir ijodi bilan bog'lang.
-
„Qoshingg'a teguzmagil qalamni, Bu xat bila buzmagil raqamni" satrlarini sharhlang.
-
„Yo'lungda g'ubori roh bo'ldim, Boshimga yeturmading qadamni" satrlarida ifodalangan oshiq holati va armonini tushuntiring.
-
Maqta'dagi: „Iqlimi vafo Amiridursen, Ey shoh, bu gadog'a qil karamni" murojaati kimga qaratilgan? Uning ma'nosini anglating.
-
„Lab uyur takallumga, zulfingni parishon qil, Qand qiymatin sindur, narxi anbar arzon qil" satrlarida jonon labi va zulfi bilan qand hamda anbar narxi o'rtasidagi bog'liqlikni izohlang.
-
„Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin Xatingni ramzidin ogoh emas ta'bi xiradmandim" satrlarida Aflotunga ishq bobida ustoz ekanligini da'vo qilayotgan oshiq holatini ifodalang.
-
Shoirning uch g'azalini yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |