G'AZALLAR (Firoq)
Oh, mani dard-u balog'a mubtalo qilg'on firoq,
Taxti baxtimni buzub oxir gado qilg'on firoq.
Gavhari qiymatbaho erdim nasab bozorida,
Sindurib qadrimni naylay kambaho qilg'on firoq.
Bulbuli shirin navodek maskanim erdi chaman, Chug'zdek vayronalar ichra ado qilg'on firoq.
Man zaif bechoranikim doimo fursat bilan Kuydurib xokistarimni zeri po qilg'on firoq,
Tovusi xurram edimman to'tilarg'a hamnishin,
Voy netaykim, zog'-zag'ang'a oshno qilg'on firoq.
Kabki xurramdek yurushim doimo ko'hsor edi,
Oh bu cho'bin qafasda mubtalo qilg'on firoq.
Gulcharor erdim, yuzum gulshandagi gullar aro, Bevalik o'tida rangim qahrabo qilg'on firoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |