«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet10/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Turdi Farog'iy
Negaki, Abdulazizxonning yaqin kishisi bo'lgani uchun Subhonqulixon o'ziga uni ham dushman hisoblar edi. Shu sababli, Turdining 80- yillardan keyingi hayoti darbadarlikda, xor-zorlikda kechadi. U Subxonqulixonni ayovsiz hajv qiluvchi asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi. Lekin keyingi tadqiqotlar Subhonqulixonning ilm-ma'rifatli, hatto tibbiyotga oid maxsus kitob yozgan bir ziyoli odam bo'lganligini ko'rsatdi. Turdining she'rlarida uning bu xislatlari tasvirlanmaydi. To'g'ri, barcha imtiyozlaridan mahrum bo'lgan Turdidagi alamzadalikni ham hisobga olgan taqdirda, birgina Subhonqulixonning o'z akasiga qarshi o'ttiz yildan ortiqroq vaqt mobaynida tinimsiz kurash olib borganligining o'zi bu shaxsdagi fazilatlarga bir muncha soya tashlaydi.

Turdi taxminan 1640- yillarda tug'ilib, XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo'lini bosib o'tgan. Mutaxassislar uning 1699-1700- yillarda vafot etganini taxmin qiladilar. Shoirning bizgacha hammasi bo'lib o'n sakkiz she'ri yetib kelgan. Hajmi — 434 misra. She'rlarning o'n ikkitasi — g'azal, beshtasi — muxammas, bittasi — fard. She'rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o'zbekcha yozilgan.

Turdining she'rlarini mavzu yo'nalishiga ko'ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikkiga bo'lish mumkin. Chamasi, shoirning ishqiy-falsafiy she'rlari uning siyosiy ishlarga aralashuvidan oldin yozilgan. Shulardan ikkitasi alohida e'tiborga sazovor. Biri — bor- yo'g'i uch baytdan iborat ixchamgina g'azal:

Turkona xirom ayladi ul sho'xi diloro,

Dil mulkini bir go'shai chashm ayladi yag'mo.

Tufrog'da jon bitsa ravodur, na ajab gul, Cho'x sarvi sihi etdi nihon ko'zlari shahlo.

Har qanda g'ami do'sti dilporani istar,

To subh yaqo yirtmadi, mehr o'lmadi paydo.



Ul sho'x go'zal turkona yurib keldi. (Nega turkona? Mumtoz she'riyatda bu so'z „shiddatli" ma'nosini beradi. Demak, satrdan „Ko'ngil bezagi bo’lgan bu sho'x go'zal shiddatli yurish qilib keldi"ma'nosi chiqadi). Yor ko'zining bir cheti bilan ko'ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa ajablanmang, zero, bu shahlo ko'zlar qanchadan-qancha sarvqomat go'zallarni yerga kirgizmadi. Tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo'lmaganidek, har qayerda ham g'amning do'sti dili g'amdan pora bo'lgan do'stni istaydi.

G'azalda yorning kirib kelishi g'oyat jonli va rangin tasvirlangan. „Turkona xirom aylamoq", „Dil mulkini yag'mo aylamoq", „Tufrog'da jon bitishi", quyoshning ko'rinmog'i uchun „subh yaqo yirtmog'i" lozimligi kabi o'xshatish va qiyoslarda bir olam mazmun, joziba bor. Ayni paytda, bu — ishqiy manzaragina emas. Unda tasavvufiy-falsafiy ma'no ham bor. Yorning siymosida Alloh va uning sifatlari namoyon bo'lib turibdi. Shunga ko'ra, bu g'azal so'fiyona ruhga ham egadir.

Boshqa bir asari „Burun" radifli muxammas bo'lib, u sof tasavvufiy she'rdir. SHoir o'quvchini atrofdagi har bir narsaga ibrat ko'zi bilan boqishga, umrni zoye ketkazmay, afsus- nadomatga o'rin qoldirmay yashashga, vaqtni g'animat bilib, „haqiqat yo'liga kirishga undaydi. She'r shunchaki tashviqiy, da'vat xarakterigagina ega emas. Unda insonning umri, hayotni mazmunli, keyinchalik afsus chekmaydigan tarzda kechirish uchun zarur bo'ladigan ma'naviy talablar haqida falsafiy mushohada yuritilgan. Shoir so'fiyona istilohdan o'rinli foydalanib, inson tabiati to'g'risida iztirobli qarashlar manzarasini ta'sirli chizgan:
Jismi qonundin nafas tori uzulmasdan burun, Boshingga davri qazo bazmi qurulmasdan burun,

Jibayi jon tiyri rixlatdin so'kulmasdin burun,

Ey ko'ngul, qasri asosi tan buzulmasdin burun,

Toqi abro', kursiyi dandon to'kulmasdin burun.



Turdi ezgu ishlarni kechikmay qilish lozimligini inson umrining bir lahzalik ekanini ko'rsatish orqali ta'kidlaydi. Shoir o'z fikrini ramz bilan ifodalaydi: qonun deb atalmish sozdan tori uzilmasdan oldin ovoz chiqqaniday, odam ham boshiga o'lim bazmi qurilmay, jon sovuti yo'qlik o'qidan teshilmay, tiriklik asosi — Tan buzilmay, egilgan qosh-u tizilgan tishlar to'kilmay turib, insonga xos ezgu ishlarni qilishga ulgurishi kerak. Turdi odam o'zining eng qattol va ayovsiz yovi — nafsni yengishga bel bog'lashi, qiyomatda Yaratgan huzurida yorug' yuz bilan turish uchun fursatning borida harakat qilish lozimligini ifoda etadi:
Sindirub isyon xumini, to'k nadomat ashkini,

Tavba jomin no'sh qil, paymona to'lmasdin burun.


Inson paymonasi to'lmasdan burun Alloh belgilagan tartiblarga rioya etmaslik, uning qahriga sabab bo'ladigan ishlar qilishdan to'lgan isyon xumini sindirishi, ko'zlaridan pushaymon yoshlarini to'kishi, tavba jomini ichishi lozimligi juda ta'sirchan va o'ziga xos tarzda tasvirlanadi. Turdi fikrini yalang'och tarzda ifodalamaydi, balki uni esda qoladigan badiiy libosga o'rab beradi. Shuning uchun ham shoirning bu muxammasi kishi ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Shoirning aksariyat she'rlarida zamonning shiddatli sadolari o'z ifodasini topgan. Jumladan, ularda shoirning baxtli-baxtsiz kunlari, atrofida yuz berib turgan voqealarga jonli va qaynoq munosabati, bir tomondan, olqish, ikkinchi tomondan g'azab-u nafrat, bir tomondan, pushaymonlik, ikkinchi tomondan, yaxshi kunlar xotirasi bilan yashash singari g'oyat murakkab, ziddiyatli kechinmalar namoyon bo'ladi. Shoir g'azallaridan biri o'zaro birlikka bag'ishlangan bo'lib,

Tor ko'ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikki bovli o'zbak yurtidur tenglik qiling



matla'si bilan boshlanadi. She'rning dastlabki satrlaridayoq mamlakatda kuchayib borayotgan notinchlik, beklarning bir-birlari bilan yurt talashishga kirishgani his etiladi. Shoir ularni „kenglik"ka chaqiradi. Yurtni tasarruf etishda to'qson ikki o'zbek urug'ini ,,tenglik"ka undaydi. Urug' ajratishga, ayirmachilikka qarshi chiqadi:

Birni Qipchoq-u Xito-yu birni Yuz, Nayman demang, Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub, bir jon oyinlik qiling.



Qipchoq, Xitoy, Yuz, Nayman, Qirq, Ming — bular o'zbek urug'larining nomlari. Baytning ikkinchi satrida qirq, yuz, ming so'zlari urug' nomidan tashqari sonni ham anglatib, shoir kishilarni bo'linmaslikka, birlashishga chaqirayapti. Keyingi baytda bu fikr yanada kuchayadi:

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib,

Bir o'ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
She'rda birlashish fikri xalqimizda keng tarqalgan „Bir yoqadan bosh chiqarmoq" iborasi asosida berilmoqda. Shoir bu ramziy iborani yanada kuchaytirgan, barchani „bir to'n"ga „kiritgan". To'nning „yaqo", „o'ngur" (etak), „yeng", „tiriz" (yelka qism)i vositasida birlik g'oyasini jonli va xalqona ko'rsatib berishga muvaffaq bo'lgan.

Tarixiy voqealar guvohki, shoirning birlik haqidagi da'vatlari samarasiz qoldi. Beklar, urug' boshliqlari „man-man"likni davom ettirdilar. Yurtni talon-taroj qilish, bosh-boshdoqlik davom etdi. Bu hol shoirni o'yga botirdi:

Kuyar til shammayi gar holatimdin aylasam taqrir, Giribon chok o'lur, etsa qalam dardi dilim tahrir,—



deb boshlanadi shoir g'azallaridan biri. E'tibor qilaylik: Agar holatimdan ozginasini tilga olsam, tilim kuyadi. Qalam dilimdagi dardni bayon etsa, yoqavayron bo'ladi. Shoirona ifodalangan bu satrlarda juda katta alam va armon yashirinib yotibdi. Bu alam sababi yurt boshliqlarining aql-u idrokka xilof ravishda o'zaro janjal va kurashlarga berilganidir. Ifoda ham shoirona: „tilga olsa til kuyadi", „qalam tahrir etsa", „giribon chok" (yoqasi vayron) bo'ladi. Yoqavayron so'zida ikki ma'no ifodalangan. Birinchisi — xarob bo'lish, ishdan chiqish. Ikkinchisi — qalamning yoqasi yirtilishi, ya'ni uchi chiqarilishini ham anglatadi.

She'rda insoniy dard tasviri borgan sari quyuqlashganini ko'rish mumkin:

Shabi hijroniming poyoni tay o'lmaz, toyiri gardun Mahu xurshed o'lub ikki qanoti aylasa shabgir.



Shoir o'z ahvolining g'oyat mubolag'ali ifodasini beradi: Taqdir qushi oy va quyoshdan qanot yasab, tuni bilan uchganida ham hijronim tunining adog'iga yeta olmaydi...

Shoirning ijtimoiy iztiroblari uning shaxsiy hayoti fojialari bilan qo'shilib ketgan. Bular ichida eng og'iri — qadrsizlik, yo'qchilik. Uning boshida „bir otning somon va yemi"dan „tog'day g'am" bor. „Yo'qluq za'fi vahm-u biymi" (yo'qchilik holsizligi, vahima-qo'rquv)dan ko'ngli — yuz pora. Hayot — shafqatsiz. Quyidagi satrlarda shoirning shu ruhiy holati o'z ifodasini topgan:

Qad bukub, bo'ynum egub, tegdi oyoqlarg'a boshim,

Ahli dunyo poybo'si xizmat-u ta'zimidin.

„Ahli dunyo" birikmasi „boy-badavlatlar", „imkoniyat egalari" degan ma'nolarni beradi. „Poybo's" qo'shma so'zining asl ma'nosi „oyog'ini o'pish" demakdir. Shoir sababi tirikchilik uchun o'zidan past kishilar xizmatini qilishga majbur bo'lganini, sha'ni oyoqosti etilganini, vijdon va haqqoniyatga xiyonat qilinganini so'ngsiz alam, iztirob bilan tilga oladi. U holatini bayon etar ekan yozadi:

Dil—kabobim, qon—sharobim, ashki hasrat—

nuqli bazm,

Etti qassomi azalning xizmati tan'imidin.

„Nuql" — taftbosti, gazak. „Qassomi azal" — taqdirni belgilovchi ma'nosida, ya'ni Allohga ishora. „Tan'im" — halovat; in'om. Qiyin so'zlarning ma'nosini bilib olgach, baytning mazmunini aniqlash osonroq ko'chadi: Shoirning dili — kabob, ichadigan sharobi — qon. Bunday bazm, maishatning gazagi — hasrat ko'z yoshlari. Taqdirni bituvchining, ya'ni Yaratganning unga ko'rsatgan in'omi shu bo'ldi. Bu ma'lum darajada taqdirga ham isyon edi. Shoir hayotdan shunchaki yozg'irmaydi, hasrat-u nadomatini shunchaki izhor etmaydi, balki ko'nglidagi tuyg'ularni o'zgalarga ham ta'sir etadigan, ularni ham bezovta qiladigan ifoda yo'siniga sola biladi.



Turdi metin irodali, qaysar va qaytmas kishi edi. U ajdodlaridan, ularning shonli yo'lidan ulkan iftixor tuyardi. Buni shoirning „Turdiman" radifli g'azali tahlilidan bilsa bo'ladi. She'rning matla'si:
Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,

Kelturan amvojg'a bahri talotum Turdiman



satrlari bilan boshlanadi. Turdi, garchi hozirda „nochiz" (qo'lidan hech bir ish kelmaydigan qatra) esa-da, o'zining „zoti qulzum" (dengiz-u ummonlar naslidan) ekanini biladi. Ikkinchi misrada shoir o'zini dengizlarni chayqatib po'rtanalar hosil qilgan dovulga qiyos etadi. Lekin baxtsizlikni qarangki, „qirq, yuz, ming aqrabolar" (qarindoshlar) undan nafrat etadilar... Bu tuyg'u- kechinmalar, ya'ni, bir tomondan, shirin o'tmish xotiralari, ikkinchi tomondan, oyoqosti qilingan izzat-nafs, bir vaqtlar saltanatning yuksak maqomlarida bo'lgan arbobning tuban ijtimoiy mavqega tushib qolganidagi iztirobli o'ylari shoirning muxammaslarida ham davom etadi. Bu jihatdan, uning „Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko'rdiman" satri bilan boshlanadigan muxammasi ajralib turadi.

O'n ikki band — oltmish satrlik bu katta muxammas shoirning o'ziga xos afsusnomasidir. Unda birinchi band „yaxshi zamonlar" ko'rgan, „ayshi damodam" surgan, katta davralar tuzib, „bazm-u majolis"lar qurgan Turdining o'tgan davr-u davronlarni qo'msashi bilan boshlanadi. Ikkinchi bandda pushaymonlik, muallifning afsus- nadomatlari beriladi. U barcha baxtsizliklarini o'sha kunlarning qadriga yetmaganidan, shukrona keltirmaganidan deb biladi. Aybni o'zidan qidiradi. Muxammasning uchinchi bandida hayot tomonidan boshiga yog'dirilgan balo-ofatlar qayd etiladi. So'ng odamlar munosabatiga ko'chadi. Martabadan tushgan, odamlar nazaridan qolgan kishiga yon-atrof, qarindoshlar munosabati shunday beriladi: Aqrabolar suhbatimdan or etar, qoshin chatar, Salb dillarda, nazarlarda karih suprindiman.

„Aqrabo" — yaqinlar, qarindoshlar, „salb" — yomon ko'rgan, xushlamagan, rad etgan, „karih" — ko'ngil aynituvchi narsa ma'nolarini anglatadi. Demak, yaqinlarim, qarindoshlarim suhbatimdan or etadilar, qoshlarini chatadilar (chimiradilar). Men ularga yoqmayman. Shu sababli yaqinlarim uchun ko'ngil aynituvchi bir uyum axlat — suprindiman. Shoir aybni hamisha ham birovlardan izlayvermaydi. O'z hayotiga, xatti-harakatlariga tanqidiy qaraydi. Birinchi navbatda, o'zini aybdor biladi. O'zi aybdor bo'lgani holda, o'zgalardan ayb qidirgani uchun o'zini gunohkor sanaydi. Turdining nazarida, bu holatining sababchisi g'aflat, beparvolikdir:



Oh, bu umri kiromi sarfi g'aflat ayladim,

G'ussai behuda asbobi nadomat ayladim, Bilmadim o'z aybimi, xalqqa mazammat ayladim.

Oltinchi bandda shoirni yana xush zamonlar xotirasi o'z bag'riga oladi. Hukmi — hukm, so'zi — qabul paytlari esiga tushadi. Shoir xotirasini kayfiyatga aylantiradi, holatini obrazli yo'sinda ifodalay biladi. Bir vaqtlar yuz urug'i qozonining qopqog'i bo'lganini, hozirda esa, o'sha qozon tagidagi „yundi" (yuvindi) ekanini juda ta'sirli va o'ziga xos tarzda aks ettiradi. Maishiy holat, ruhiy sezimlar ro'zg'oriy narsalarga o'xshatilgani uchun ham kishining esidan chiqmaydigan obrazlar paydo bo'ladi:

Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo'sh edim, Bu zamon yavg'on qazon ostida qolg'on yundiman.

Tog'dan qulayotgan odam toshlarga urilib, pastga tushgunicha har yoqdan zarb yeydi. Suvga cho'kayotgan kishi xas-hashakni ham najot bilib yopishadi. Yuksak pillapoyadan yiqilgan kishi yerga borib tekkandagina nechog'lik balandlikdan tushganini anglaydi. Turdining tuyg'u-kechinmalarida shu holatlar o'z ifodasini topgan:

Charxi dun qildi manga jabr-u jafolar behisob,

Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechutob. Har sori yeldim-yugurdim suv sonib mavji sarob, Tashnalab, gardi kudurat zeri poyinda xarob,

Bahri davlatdin yiroq gardan shikasta mo'ndiman.

Mo'ndi deb bezaksiz oddiy sopol ko'zaga aytadilar. Shu ko'zaning ham og'zi uchgan va dastasi singan bo'lsa, qimmati yanada pasayadi. Bunday idishda suv saqlamaydilar. Shoir o'z qadrini shikastlangan „mo'ndi" orqali tushuntirayotganining sababi shuki, banddagi uchinchi satrdan tasvirga suv tamsili kirib kelgan, mavjlangan sarobni suv deb o'ylab, g'am-g'ussa to'zonining ostida ob holatda, tashna lab alfozda har tomonga yelib-yugurganligi ilgandi. „Bahr" so'zining „bahramand bo'lish"dan tashqari dengiz ma'nosi ham bor. „Bahri davlat" birikmasida shu ikki ma'no ham ifodalangan va o'z badiiy xizmatini bajargan. Shoir suv bilan bog'liq ishlarning butun bir tizimini yaratgani uchun ham mo'ndi timsoli uning holatini ifodalashning eng samarali vositasi bo'lgan.

Turdining mashhur muxammaslaridan biri Subhonqulixon haqida. Ma'lumki, shoirning qora kunlari bu hukmdorning Buxoro taxtiga chiqishidan boshlangan edi. Shu sababli, uning xonqulixon borasidagi satrlari — ayovsiz. Muxammas ancha katta bo'lib, yigirma to'qqiz band, bir yuz qirq besh satrdan iborat. She'r bu ko'hna dunyoning hech kimga „joyi osoyish" bo'lmagani haqidagi falsafiy gap bilan boshlanadi. Sekin-asta mamlakat va jamiyat hayotida yuz bergan o'zgarishlarga, vafo o'rniga jafo, „adl-u karam" o'rniga „kin-u nifoq" (dushmanlik, janjal) kelganini qayd etadi. So'ng esa, muayyan manzaralar paydo bo'ladi. Chunonchi: shoh xojasaroylar (saroyning ichki xizmatkorlari, qullar)ga hokimiyat berdi. Olim va fozillar, yurt ulug'lari esa xor bo'ldi.

Shoir shoh kim, shohlik qanday bo'lmog'i kerak degan savol adi va shundan kelib chiqib Subhonqulixon amaldolarlarining ishlariga baho beradi. Ya'ni:

Shohlig' uldurki, aning hukm-u so'zi bir kerak,

Adl bobini qurub, rost nishon tir kerak.

Rostrav, dini durust, peshasi tadbir kerak...



Demak, shohning so'zi va ishi bir bo'lishi, yurtda adolat o'rnatib, uni himoya qilmog'i, o'zi to'g'ri, ishi to'g'ri, dini to'g'ri, har qanday qiyinchilikning chorasini topa oladigan bo'lishi kerak.

Lo'li tug'gan, ulfati ayol kishi, kengashbegisi esa qul bo'lgan Subxonqulixonda bunday sifatlardan asar ham yo'q. Xonning atrofidagi tayinsiz („betag"), farmon-u nishonlari soxta, ko'z bo'yama („jaali"), o'zlari mumsik, tovlamachi, burungilar ayganiday: „Ishqordan yog', qora suvdan qaymoq oladi"gan kimsalar ham uning o'ziga o'xshashadi.

Shoir yana hasrat va armonga ko'chadi: Qani bir odil podsho bo'lsa-yu, undan ahvolini so'rasa, unga arzini aytsa, bu g'am xirmonini sovurib, ko'nglini bo'shatsa. Unday shohning bosgan izlarini o'pgan bo'lar edi... Birdan shoir yana tug'yonga keladi. G'azab bilan beklarga murojaat qiladi. Ularga nafratli nidolar aralash nasihat bera boshlaydi:

Ey, yuzi qaro, ko'zi ko'r, qulog'i kar beklar, Bilingiz bu so'zimi pand sarosar, beklar, Aylangiz payravi shar'i payambar, beklar, Sizga darkor bu yurt, ey gala zang'ar beklar, Bu qadim naql erur: „E1 rabot-u to'ra-qo'noq".



Shoir beklardan shariatga amal qilib, adolatli bo'lishni talab qiladi. U g'oyat eski naqlni o'rinli keltiradi: „E1 rabot-u to'ra — qo'noq". Ya'ni beklar kelib-ketaveradilar. El esa abadiydir. El — joyida qimirlamay qoluvchi manzil (rabot), to'ra esa bir qo'nib jo'nab ketadigan qo'noqdir. Demak, u o'ziga bunchalar bino qo'ymasligi, o'zini dunyoning ustuni deb bilmasligi lozim.

Shoir o'ziga zamondosh bo'lgan amaldorlar haqida hech bir yuz xotir qilmay, oshkora yozadi. Ba'zan bu oshkoralik oddiy haqoratga aylanib ketgan o'rinlar ham uchraydi:

Yedingiz baringiz itdek fuqaroning etini,

G'asb ila molin olib, qo'ymadingizlar bitini, Qamchilar dog' solib bo'yung'a, tilib betini...
Lekin bu tavsiflar asossiz emas. Bu misralar ortida amaldorlarning g'azab va istehzo bilan chizilgan qiyofalari ko'rinib qoladi. Ana „ko'ppakyuz" parvonachi, bir mesh „mag'zava" dodxoh hamda ularning ko'chama-ko'cha izg'ib yuradigan „qirchang'i" sipohiylar... Shundan so'ng ularning kirdikorlari chiziladi. Ulardan biri — poraxo'rlik. Turdi nazarida, ular og'zilarini tegirmon novasidek ochib turadilar. „Yo'q, ajdahodek",— deydi shoir. Chamasi, oldingi o'xshatish uni qanoatlantirmaydi. Ajdaho uningcha, holatni to'g'riroq anglatadi. Chunki u dahshatga solib turadi. Muallif yana osoyishta ohangga o'tadi. „Yurtdin yo'q xabari barchasining fikri tamoq" deb tugatadi bandni. Har zamonda muallif qofiyaga bog'lanib qolib, ularni maromiga yetkazib so'ka olmayotganidan zorlanadi.

Muxammasda Subhonqulixon tilidan aytilgan bir band ham bor. Unda xonning xotiijam, o'z holidan mamnun holati berilgan.

Turdi she'riyati hajman juda ixcham bo'lsa-da, mazmunan salmoqlidir. U ko'p asrlik tarixga ega milliy she'riyatimizni ijtimoiy- siyosiy ohanglar bilan boyitdi. Xonliklar davrining sertashvish, serg'alva lavhalarini badiiy adabiyotga olib kirdi. Bu bilan XVI asrdan zulmatga cho'kib borayotgan Turkistonning fojialarini yaqindan anglashga yordam berdi. Shuningdek, barcha shoir-u yozuvchilardan oldin:

Durahd-u tangchashm-u besar-u ya'jujvaj,



Muxtalif mazhab guruhi O'zbekistondur bu mulk

so'zlarini aytib, vatanimiz nomini birinchi marta tilga olgan, shaklga solgan adib bo'lib qoldi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Turdi o'z davridagi hodisalar va kishilarni hajviy yo'nalishda boricha va boridan ham ortiq tarzda ko'rsatgan ilk milliy shoirimizdir. U she'riyatni yangi ohanglar bilangina emas, xalqona ifodalar, jonli kundalik til bilan ham boyitishga xizmat qildi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish