Savol va topshiriqlar
-
Turdi yashagan davr bilan uning hayot yo'lidagi keskin evrilishlar o'rtasida qanday bog'liqlik bor deb o'ylaysiz?
-
„Tufrog'da jon bitsa ravodur, na ajab gul, Cho'x sarvi sihi etdi nihon ko'zlari shahlo" misralari zamiridagi yashirin ma'noni toping. Shoirning tuproqda gul emas, jon bitsa, ajablanma deyishi sababini izohlang.
-
Turdining lirik shoir sifatidagi imkoniyatlariga to'xtaling. Uning ijodida ishqiy she'rlar kamligini qanday izohlash mumkin?
-
Shoirning: „Tor ko'ngullik beklar man-man demang, kenglik qiling" she'ridagi asosiy fikr va uning ifodasi haqida to'xtaling.
-
„Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko'rdiman" muxammasining badiiy xususiyatlari va mazmun yo'nalishi haqida so'zlang.
-
Undagi shoir umrbayoniga xos jihatlar Turdi shaxsini ulug'laydimi yoki?..
-
Turdining Subhonqulixonga munosabati va unga bag'ishlangan hajviyasidagi musbat va manfiy jihatlar haqida fikr bildiring.
-
„Turdi she'rlarida zamon sadolari" mavzusida uy inshosi tayyorlang.
-
Shoirning ikki she'rini yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |