Surxondaryo viloyati, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston erlarining katta qismini egallab bu
erlardagi har qanday norozilik va g‘alayonlarni shafqatsizlarcha bostirilib bordi, shu erdagi qator
kabilalarni o‘z erlaridan ko‘chirib hukmronligini mustahkamlashga intildi.
Buxoro xonligi Markaziy Osiyo hududidagi katta, aholisi ham boshqa xonliklarga nisbatan
ko‘p edi. Bu xonlikda o‘zbek, tojik, qozoq, turkman, hirg‘iz, qoraqalpoqlardan tashqari arab,eron,
yakudiy va b. millatlar istiqomat qilar edi. Amirlikning poytaxti Buxoro esa Markaziy Osiyodagi
xonliklarning diniy markazi edi. Me’morlikda an’anaviy qurilishlar davom etdi. 18-19 asrlarda
barpo etilgan , Bolohovuz masjiti(18-20 asr),CHor Minor(1807), Sitorai Mohi xosa(1826-1920)...
Rus istilosidan
keyingi Buxoro amirligi
Buxoro rus qushinlari bosqinidan keyin rus podshohsining itoatkori ekanligini tan olib o‘z
mulkining anchagina qismini Russiyaga berish shartiga ko‘l kuydi. SHu shartga binoan
Samarqand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, O‘ratepani Rossiya erlari deb etirof etila boshlandi. Abdulaxad
(1885-1910), nabirasi (Abdulaxadning ugli) Olimxon (І910-І920)….
Amir Olimxon faoliyati diqqatga sazovor. U rus podshohsi Nikolay 11 maro‘zalarini
tinglagan Peterburgda zodagonlar uchun tashkil etilgak maktabda talim olgan. Evropa hayoti
haqida ozmi ko‘pmi tasavvurga ega bo‘lgan xonlardan edi.
SHuning uchun
ham
u
o‘zini rus podshohsidan minnatdorligini unga sidki dildan xizmat kilishni sharaf deb bildi. Nikolay
II moddiy kiyin axvolga tushganida unga Bir milliondan ortiq pul yigib unga inom kildi. Nikolay
II ham uning xizmatlarini unutmadi. Olimxonga general adyuant rus oliy unvoni bilan takdirladi.
Olimxon bu unvon va uning nishonini faxr bilan namoyish etib yurdi.
Mushtoq - XIX asrning I yarmida Shahrisabzda tug‘ilgan va Qо‘qonda yashab, ijod qilgan
shoir. U ilmli bо‘lib, Tо‘raqо‘rg‘onda qozilik qilgan. She’ridan namuna:
«Kuydiyu kul bо‘ldi g‘urbat gulxanida qosido
Chin sо‘zim hoqonakim, Mushtoqi rasvodin gapur».
Ado (XVIII asr oxiri-XIX asr I yarmi). Samarqandlik shoir, Xoja Ahror avlodidan. Qо‘qon
shahrida ham yashagan. Amir tomonidan unga «Malik ush shuaro» unvoni berilgan. Samarqandga
Shayxulislom etib ham tayinlangan. Asl ismi Sultonxojai Ahroriy bо‘lgan. She’ridan ikki misra:
«Komatingdek yо‘qturur ashjor gulistondin biri,
Mandek ermas bulbuli qumriyu nolondan biri».
Komil I (XIX asr I yarmi). Buxoroda tug‘ilgan va shu yerda tahsil olgan. Qо‘qon shahrida
yashagan. Qog‘oz ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va she’riyatda ham о‘z о‘rniga ega bо‘lgan.
Ismi usta Muhammad Komil. She’ridan ikki mirsa namuna:
«Tо‘kkali qonimni
ul qotil ijob ustindadur,
Necha mendek benavolar iztirob ustindadur».
Foniy (XIX asr II yarmi). Asli balxlik bо‘lib, Buxoroda tahsil olgan, sо‘ng Farg‘onaga
kelgan. Qо‘qonda tabobat ishlari bilan shug‘ullangan. Olimu dono kishi bо‘lgan. She’ridan
namuna:
«Alifmu qadmu yo gulshandagi sarvi ravondur bu
Va yo kо‘nglumda ma’vo aylagan jism ila jondur bu».
Mujrim (XVIII asr oxiri-XIX asr). Buxorolik. Ismi Mulla Obid. Nihoyatda faqirlikda kun
kechirgan. U о‘z davrining atoqli shoirlaridan edi. She’ridan tо‘rt misra:
«Zamona har kima bir tarzi rо‘zgor qilur,
Birovni
vosili davlat, birovni xor qilur,
Chu oshno hammaga beg‘araz erur Mujrim,
Aning uchun hamono holis e’tibor qilur».
О‘tgan ajdodlarimiz ijodiga mansub, bir necha yuz yillik tarixga ega bо‘lgan Maqom va
Shashmaqom san’ati musiqa-qо‘shiqchiligimizning bebaho va betakror gultojisi hisoblanadi. Ular
keyingi asrlar hamda hozirgi zamon milliy san’atimizning mustahkam poydevori va asosi, bitmas-
tuganmas sarchashmasi bо‘lib kelmoqda. Kо‘rilayotgan davrlarda yurtimizning barcha hududlari
xalqlari madaniy hayotiga, xususan, musiqa-qо‘shiqchilik yо‘nalishiga sinchiklab nazar solinsa,
bu davrlarda hamma о‘tgan davrlardagidek, san’at о‘sha davr ajdodlarimiz hayotining ham doimiy
ajralmas qismi bо‘lib qolaverganini kuzatish mumkin. О‘rta
Osiyo mintaqasida tarixan
shakllangan Maqomot deyilganda – Buxoro Shashmaqomi, Xorazm Maqomlari, Farg‘ona-
Toshkent maqom yо‘llari hamda ular zaminida yuzaga kelgan va kelayotgan zamonaviy navlar
nazarda tutiladi.
Buxoro Shashmaqomi. Yurtimizda XVI-XX asr boshlari davrining dastlabki о‘n
yilliklaridayoq xalq madaniy hayotida, xususan, ijod sohasida, temuriylar davridagi Samarqand,
Hirotda rivojlangan boy madaniy an’analarning navbatdagi vorisi
sifatida Buxoro maydonga
chiqdi. О‘sha davr hukmdorlari shaharga kо‘zga kо‘ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at
ahllarini intilishiga sabab bо‘lgan sharoitni vujudga keltirdiki, natijada she’riyat, musiqa va
tasviriy san’atning «Buxoro maktabi» deb nom olgan uslubi taraqqiy etdi.
Bu davrlarda
hukmdorlar xonlar saroylarida xizmatda bо‘lgan yirik san’atshunoslar, olimlar, bastakorlar
bо‘lmish Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa
musiqa nazariyotchilari
о‘zlarining maqomlar tarixi va tavsifi nazariyasiga bag‘ishlangan yirik musiqiy risolalarini
yaratdilarki, bu asarlar hozirgi kungacha о‘zining ahamiyati va salohiyatini yо‘qotmay, ayniqsa
san’atning maqom yо‘nalishi mutaxassislari va muxlislari uchun muhim qо‘llanma bо‘lib
kelmoqda. XVIII asr II yarmidan esa Buxoroda vujudga kelgan xalq san’atidagi mahalliy, о‘ziga
xos uslublar asosida Buxoro Shashmaqomi paydo bо‘la boshladi.
Bu, avvalgi maqom yо‘llarining Shashmaqom tizimiga aylanishi shunchaki yuzaki holat
bо‘lmay, balki - qadimiy maqom an’analarini yangi ijtimoiy-madaniy muhitda ijodiy о‘zlashtirish,
ularni mahalliy kuy va qо‘shiqlarning о‘ziga xosligi bilan tо‘ldirilishi jarayoni edi. О‘sha
davrlardan hozirgi kungacha «Shashmaqom» ham «Maqom»lar qatorida о‘zbek va tojik xalqlari
san’atining bebaho, о‘lmas madaniy boyligiga aylanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: