1-mavzu: XVI-XIX asrlarda oʻzbek xonliklari davri madaniyat va sanʻati


Shayboniylar davrida me’morchilik



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#493257
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-semestr 1-2-mavzu

Shayboniylar davrida me’morchilik. 
Me’morchilik – qadimdan yurtimizda ajdodlarimiz 
tomonidan yaratib kelingan moddiy madaniyatning eng muhim ijodiy mahsullaridandir. 
 
Me’morchilik о‘tmishda ham va hozirda ham xalq amaliy ijodiyotida turli bino va 
inshootlarning qurilishi san’atini ifodalovchi, katta mahorat hamda mehnat talab qiluvchi ijod turi 
bо‘lib, xalqning bu sohadagi о‘ziga xos tarixini, madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy qudratini, diniy va 
dunyoviy qarashlarini, maishiy hayotini ma’lum shakllarda mujassam etadi.
Me’morchilik shaharsozlikning asosi hisoblanadi. Chunki me’morchilik asarlari qatoriga 
turli-tuman katta-kichik binolar, uy-joylar, me’moriy majmualar, maydonlar, turli monumental 
qurilishlar, usti ochiq va yopiq turli soha, yо‘nalish, kasblarga mо‘ljallangan inshootlar kiradi.
Ayni vaqtda me’morchilik ijodi va mehnati о‘zida turli xil san’at namunalarini ham 
mujassam etadi. Qadimgi dunyo tarixida mashhur bо‘lgan «Yetti mо‘jiza»ning barchasi ham inson 
dahosi bilan yaratilgan me’moriy san’at asarlari bо‘lgani bejiz emas.
Markaziy Osiyo, xususan О‘zbekiston me’morchiligi ham juda qadimiyligi, turli-tuman 
me’moriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami bо‘lgan mahobatli osori-atiqalari bilan doimo 
barchani diqqat-e’tiborini tortib kelgan.
SHayboniylar davri memorligi ikki bosqichda o‘rganish mumkin. Bulardan birinchisi XU1 
asrning 60- yillargacha bo‘lgan davrni O‘Z ichiga oladi. Bu yillarda temuriylar davri me’morligi 
uslubi davom etib, uning yangi yo‘llarini topishga harakat qilindi. SHayboniylar davlatining 
poytaxti Buxoro shahrida katta qurilishlar olib borildi. SHaharni ta’mirlash ishlari kengaytirildi 
uning mudofaa devorlari yanada mustaxkamlandi. SHaharning shoh ko‘chalarida mahobatli 
jamoat binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Mavorounnaxr, Xirot, Balx 
ustalari ishtirok etdilar.
1530-1536 yillarda Mir arab madrasasi, 1531-32 yili Toshkentda SHayboniylar avlodidan 
bo‘lgan Abulxayrxon va Ulug‘bekning Robiya Sulton ismli qizidan tug‘ulgan Suyunijxon 
maqbarasi qad ko‘tardi. Suyunchxo‘ja Toshkentda 1524 yili vafot etganidan keyin bu maqbara 
qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va ichki xonalari bezakka boy, oltin xal suvi shu bezak 
ko‘riini alohida joziba bergan. SHu davrda Toshkentdagi Xazrati imom me’moriy majmuasiga 
asos solindi, Al Bakr Kafali SHoshiy (1541-42) majmualari barpo etildi. 
Xonlik memorligining ikkinchi bosqichi XVI asrning 60-90 yillarga to‘g‘ri keladi.
Abdullaxon P boshqarga bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta qurilishlar olib borildi, 
mavjudlari ta’mirlanib yirik majmualarga aylantirildi. SHu davrda Buxoroda Poi Kalon Jome 
machiti, Madarixon(1566-67) va Abdullaxon(1588-90), Ko‘kaldosh(1557-98) madrasalari, Labi 
xovuz me’moriy majmuasi vujudga keldi. SHu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday 
majmualari yaratildi. Jumladan Toshkentda Ko‘kaldosh madrasasi qad ko‘tardi. Uni Toshkent 
xokimi Ko‘kaldosh qurdirgan edi. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasasini esa 
Abdullaxon P ning sarkardasi Qulbobo Ko‘kaldosh qurdirgan). CHor Bakr me’moriy 
majmuasi(1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon P mablag‘iga bu erda 
xonakoh, masjit va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib atrofi chorbog‘ga 
aylantirilgan. SHu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar - timlar barpo etildi. Abdullaxon
bandi shunday inshoatlarddan bo‘lgan. To‘g‘on va suv omborini tashkil etgan bu Abdullaxon 


bandi shu yillar qishloq xo‘jaligi ishlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‘lgan. Buxoroda 
bizgacha saqlangan Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me’morligidagi 
jarayonlarni - mayishiy hayot bilan bog‘liq qurilmalarni barpo etilganligini ko‘rsatadi. Ko‘p 
gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo‘laklar bilan bir biri bilan bog‘langan. Bu davr 
yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya’ni usti berk suv xovuzlar bo‘lib ularning ustiga katta 
gumbazlar ishlangan.. 
16 asrning 80 – yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi yo‘nalishi 
qo‘sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi Bir biriga qaratilib qurilgan me’moriy 
majmualarning namunasi xisoblanadi. Bu madrasa Modarixon madrasasiga qarama qarshi 
peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda yagona yirik me’moriy majmuani tashkil 
etgan. SHu davrda Toshkentdaga Xazrati imom me’moriy majmuasi yanada kengaytirilib qo‘sh 
madrasa uslubida madrasa va maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib xovuz va 
ko‘qalamzorlashtirish ishlariga e’tibor berildi. Abdullaxon P 1534 yili tug‘ilgan,1583 yili u butun 
o‘zbeklar xoni deb e’lon qilingan.Ko‘k gumbaz(1590-91).... Toqi zargaron(16 asr), Toqi 
sarrofon(16 asr) 
Yurtimizda о‘tgan bir necha yuz yilliklar davomida, jumladan, XVI asr boshlaridan 
boshlangan о‘zbek xonliklari hukmronligi davrlarida ham me’morchilik madaniyati rivojida 
о‘ziga xos yuksalish jarayonlari rо‘y berib bordi.
Tо‘g‘ri, ushbu asrlarda har uchchala xonliklar о‘rtasida tez-tez bо‘lib turadigan urushlar, 
ziddiyatlar, shuningdek, har bir xonlikning о‘zidagi turli maqsaddagi ichki kurashlar 
madaniyatning barcha sohalari qatori me’morchilik sohasi rivojiga ham salbiy ta’sir etmay 
qolmagan. Lekin, shunga qaramay, xalq me’morchiligida О‘rta Osiyo me’morchiligining ajoyib 
an’analari tо‘xtab qolmadi. Bu ulkan hududda yashovchi о‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman, 
qoraqalpoq xalqlarining yashash va turmush tarzi bu me’morchilikning о‘ziga xos milliy 
tomonlarini belgilashda va davom ettirishda muhim rol о‘ynadi.
О‘zbekiston me’morchiligining asrlar davomida avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan an’ana 
va qonun-qoidalari xonliklar hukmronligi davrida ham о‘ziga xos yо‘nalishda davom etdi, yuzlab 
turli me’morchilik madaniyati asarlari bunyod etildi. Biz quyida ushbu me’morchilik rivoji haqida 
jamlangan ma’lumotlarni berishni ham joiz deb hisobladik.
Abdullaxon bandi. XVI asrning 80-yillarida Buxoro xukmdori Abdullaxon II qurdirgan 
qadimgi yirik suv ombori. Bu inshoot qoldiqlari Nurota tumani markazidan 65 km. sharqdagi eski 
Oqchob qishlog‘i yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlanib qolgan.
Abdullaxon madrasasi (XVI asr). Buxorodagi Qо‘sh madrasa ansamblining shimoliy 
qismida joylashgan me’moriy yodgorlik. Me’mori noma’lum. О‘sha davr me’morchiligining 
yetuk namunasi bо‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy 
yutuqlarini namoyish etadi.
Baland masjid (XVI asr). Masjid Buxoroda xarsang toshli shohsupa ustiga qurilgan. О‘yma 
va bо‘yama naqshlar hamda koshin va parchin qoplab bezatilgan.
Bandi kushod masjidi (XVI asr). Masjid Qashqadaryoda paxsadan qurilgan, xonaqohi ikki 
ustunli, bezaksiz. Somon suvoq qilingan. Hozirgacha saqlangan.
Baroqxon madrasasi (XVI asr oxiri-XVII asr boshlari). Toshkentdagi Hazrati imom 
majmuasidagi bino. Toshkent hokimi Navrо‘z Ahmad (Baroqxon) tomonidan qurdirilgan.


Bibi Buvayda maqbarasi (XV-XVI asrlar). Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida qurdirilgan 
me’moriy yodgorlik bо‘lib, ziyoratxona va ikki gо‘rxonadan iborat. Maqbara bezaksiz bо‘lib, 
ichkari qismi ganch bilan suvalgan.
Govkushon majmuasi (XVI asr). Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Jо‘ybor xojalari 
qurdirgan madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat majmua. Govkushon - qassoblar 
bozori ma’nosida.
Iskandar kо‘prik (1557-1598). Surxondaryo viloyatining qadimiy savdo yо‘lida 
Bandixonsoy ustida qurilgan. Umumiy uzunligi 70 metrdan ortiq. Balandligi soy tubidan 12 
metrdan ortiq.
Kasbi Namozgohi (XVI asr). Qashqadaryoda. О‘zaro bir-biri bilan bog‘langan ravoqli 
beshta xonalar gumbazli bо‘lib, markaziy xona katta, besh qirrali mehrobi esa tashqariga turtib 
chiqqan.
Kokildor xonaqohi (XVI asr). Termizda. Baland va chuqur ravoqli peshtoq markaziy xonaga 
kirishda qurilgan. Markaziy xona yon tomonlarida bir necha bir xil xonalar. Xona sahnida bir 
necha qabrlar saqlanib qolgan.
Kо‘kgumbaz masjidi (XVI asr 90-yillari). Qarshida. Namozgoh uslubida qurilgan gumbazli 
bino. Xonaqoh qо‘shgumbaz bilan yopilgan. Bezagida yashil, feruza, oq rangli koshin va sirlangan 
g‘isht qо‘llanilgan.
Kо‘kaldosh madrasasi (XVI asr II yarmi). Buxoroda. Abdullaxon II ning yaqin 
amaldorlaridan biri Qulbobo Kо‘kaldosh tashabbusi bilan bunyod etilgan. 160 ta hujra va darsxona 
hamda masjiddan iborat. Ochiq ayvonchali boloxonalari ham bor.
Kо‘kaldosh madrasasi (1551-1575). Toshkentda. Toshkent hokimi Kо‘kaldosh qurdirgan. 
Peshtoqlar parchin va girih bilan naqshlangan. Darsxona va masjid mavjud. Binodan XVIII asrda 
karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan.
Langar ota majmuasi (XV-XVI asrlar). Qashqadaryoda. Masjid va maqbaradan iborat. 
Xonaqohlar girih va naqshlar bilan bezatilgan. Maqbara peshtoq va gumbazli.
Masjidi Kalon (XV-XVI asrlar). Buxoroda. Eski masjid qoldiqlari (XI-XII asrlar) о‘rnida 
qurilgan. 288 gumbazli g‘ishtin ustunlarga tayangan. Masjidning yetti eshigi bor. Asosiy bino 
baland qilib qurilgan.
Modarixon madrasasi (XVI asr II yarmi). Abdullaxon madrasasi bilan qarama-qarshi qilib 
qо‘sh madrasa tarzida qurilgan. Hovli atrofida ayvon, hujralar va burchaklarida darsxonalar 
joylashtirilgan.
Abdullaxon timi - 1577 yilda Abdullaxon II tomonidan qurdirilgan. Buxorodagi eng katta 
usti berk savdo rastasi. О‘tmishda bu yerda shoyi, jun, gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Savdo 
rastasi murakkab, ayni vaqtda xushbichim qurilgan. Bir necha bor ta’mirlangan, savdo dо‘konlari 
joylashgan.
Abdulazizxon maqbarasi - Buxorodagi yirik me’morlik yodgorliklaridan biri bо‘lib, 1652 
yilda mashhur me’mor Mimhoqon ibn Xо‘ja Muhammad Amin tomonidan qurdirilgan. Ulug‘bek 
madrasasining qarshisida joylashgan. Madrasa bezaklari yuksak san’at va mahorat bilan ishlangan. 
Madrasa XVII asr Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir.


Arab Muhammadxon madrasasi (1616 - 1838). Xivada. Arab Muhammadxon madrasani bir 
qavatli, oddiy sinchli qilib qurdirgan. Olloqulixon davrida madrasa binosi qayta va yana bir qancha 
qо‘shimchalar bilan qurilgan va takomillashtirilgan.
Hiva xoni Anushaxon (Asl ismi Abulmuzaffar Muhammad, Abulg‘oziy Bahodirxonning 
о‘g‘li) hukmronligi davrida (XVII asr) me’moriy binolardan Kot va Shohobod qal’alari qurilgan. 
Qoraqalpog‘istondagi Sulton Vays bobo va Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbaralari, Oq masjid 
ta’mirlangan. «Shajarai Turk» asari oxiriga yetkazilgan.
Anushaxon hammomi - 1657 yilda Xivada bunyod etilgan me’moriy yodgorlik. Ichan 
qal’adagi Oq masjid yonida Abulg‘oziy Bahodirxon tomonidan о‘g‘li Anushaxonning 
Karmanadagi g‘alabasi sharafiga qurilgan. Ichki tomoni suvalgan bо‘lib, hech qanday bezak yо‘q. 
1984 yilda ta’mirlanib, ishga tushirilgan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish