1-mavzu: XVI-XIX asrlarda oʻzbek xonliklari davri madaniyat va sanʻati



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#493257
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-semestr 1-2-mavzu



1-MAVZU: XVI-XIX ASRLARDA OʻZBEK XONLIKLARI DAVRI MADANIYAT 
VA SANʻATI 
Reja: 
1. Shayboniylar davrida madaniyat 
2. Ashtarxoniylar davrida madaniyta va san’atning ahvoli 
3. Buxoro amirligida madaniyat va san’at 
4. Xiva xonligida madaniyat va san’at 
5. Qo`qon xonligida madaniyat va san’at 
Dashti qipchokdagi kuchmanchi turkiy qabilalar XU asr boshlariga kelib, Oltin O‘rdadan 
ajralib chiqdi. Mustaqil davlat tuzish harakati boshlandi. Buni Abulxayrxon (І4І2-І466) 
boshqardi. Lekin bu davlatning umri uzoqqa bormadi. Abulxayrxon vafotidan keyin bu davlat 
parchalanib ketdi. Keyinchalik uning nabirasi Muhammad SHayboniyxon parchalanib ketgan bu 
davlatni qayta tiklashga muyassar bo‘ldi. SHayboniyxon bu davlatni tiklabgina qolmay, balki 
uning hududini ancha kengaytirib, yangi davlat tuzishga muyassar bo‘ldi. SHayboniyxon o‘z 
davlatini kengaytirish rejasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda tumuriylar saltanatida toju-taxt 
uchun kurash avjiga chiqdi. Buning ustiga dehqonlar bilan katta er egalari orasidagi nizolar ham 
ko‘chayib borayotgan edi. Bundan foydalanib SHayboniyxon tez orada temuriylar erini birin-ketin 
O‘Z erlariga qo‘shib ola boshladi va qisqa vaqt ichida tumuriylarning asosiy tayanchi bo‘lgan 
Movarounnahr bilan Xurosonni o‘ziga bo‘ysundirib, Sirdaryodan Afronistongacha bo‘lgan erdari 
O‘Z ichiga odgan o‘lkan davlat tuzdi.Temurzoda Bobur SHayboniyxon bilan bo‘lgan urushda 
(1507) engilib, Afronistonga chekinadi . (Abulxayrxon 1412 yili tug‘ilgan. CHingizxon nabirasi, 
Jo‘jining o‘g‘li. Abulxayrxon Sibirda xon unvoniga sazovor bo‘lgan. U ko‘chmanchi turkiy 
qabilalarni birlashtirib Dashti Qipchoqda ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatini tuzgan. 
Abulxayrxonning Budog‘ Sulton nomli o‘g‘lidan Muhammad SHaybonixon dunyoga kelgan).. 
SHayboniylar davlati deyarli 100 yil mobaynida (І500-І598) Markaziy Osiyodagi yirik 
davlatlardan bo‘lib, tarixda salmoqli iz qoldirdi. Bu davdatning poytaxti turli yillarda Samarqand 
va Buxoroda bo‘lgan. SHayboniyxon Marv daryosi yonida bo‘lgan jangda mag‘lubiyatga uchrab 
xalok bo‘lgach, qator janglardan keyin taxtni jinyani Ubaydullaxon egallaydi. Lekin xonzodalar 
orasida toju taxt uchun kurash va o‘zaro urushlar natijasida SHayboniylar davdati ikkiga bo‘linib, 
birining poytaxti Samarqand, ikkinchisiniki esa Buxoro bo‘lib qoldi. Samarqand xoni "Ulug‘xon" 
deb elon kilindi. Lekin keyinchalik Ulug‘ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o‘sha joy mamlakat 
poytaxti hisoblandi. SHuning uchun ham keyinroq, ya’ni Abdullaxon hukmronlik qilgan 
davrda(XU1 asrning ikkinchi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro xonlikning 
muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqieni oshirib yubordi.
Xunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro xunarmanddari yaratgan buyumlar tashqarida
ham mashhur bo‘ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta ishlash, gilamchilik, 
kandakorlik, kulolchidik va qurolsozlik borasida buxoro ustalari katta yutuqlarga erishdilar.
Dunyoviy fanlar, musiqa, sheriyat, xattotlik va miniatyura rassomligi rivojlandi. 
XVII-XVIII asrlarda Turkistonda xukmronlik uchun о‘zaro kurashlar, talon-tarojlik, 
boshboshdoqlik avj oldi. Mustaqil xonlikka ajralib chiqqan Xiva va Buxoro xonligi о‘rtasida ichki 
ziddiyatlar kuchaydi. Bu xammasi madaniyatga salbiy ta’sir etmay qolmadi. Nisbiy tushkunlik, 
susayish bu davr madaniyatini tasvirlovchi xislatlar bо‘lib qoldi.


Shayboniy va ashtarxoniylar xukmronligi davrida (1500—1753 yillar) fan va madaniyat, 
xususan, tarix, adabiyot, me’morchilik ma’lum darajada rivojlandi. Lekin XVII asrga kelib, 
ashtarxoniylar zamonasida madrasalarda diniy adabiyot asosiy о‘rinni egallab, dunyoviy fanlarni 
о‘qitish ikkinchi о‘ringa tushib qoldi. 
Bu davrda Buxoro, Xiva, Qо‘qon tarixnavislik maktablari shakllandi. 
XVI-XIX asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijgimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini 
о‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish 
Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy», Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad 
Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», 
Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Abdurahmon Tolening «Tarixi 
Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Ta¬rixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul-
muluk», Mirolim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning 
«Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim о‘rin tutadi.
Movarounnahrda XVI—XVII asrlarda adabiyot, tarix, me’morchilik ma’lum darajada 
rivojlandi. Xasanxoja Nisariyning (1566) «Muzakkiri-ahbob» va Mutribiyning (1604—1605) 
«Tazkiratul shuaro» nomli О‘rta Osiyo adabiyoti antologiyalarida о‘lkaning Samarqand, Buxoro, 
Toshkent va boshqa shaharlarida yashab, ijod qilgan adabiyot va fan arboblarining kо‘plab nomlari 
keltirilgan. 
XVI 
asrning birinchi yarmida о‘zbek tilida adabiy, tarixiy asarlar paydo bо‘ldi. 
«Tavorix-i guzida» yoki «Nusratnoma» shu sohadagi ilk asarlardan bо‘lib, muallifi xozirgacha 
noma’lum. Muhammad Solihning (1455 - taxm. 1535) «Shayboniynoma» dostoni ham о‘zbek 
tilida tuzilgan. 
Asar Shayboniyxon tug‘ilgandan boshlab, to 1505 yilgacha bо‘lgan davrdagi Dashti 
Qipchoq Movarounnahr xamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs yuritadi. Asar boy 
etnografik ma’lumotlarga xam ega. 
Zaxiriddin Muhammad Bobur о‘zining ajoyib she’rlari va «Boburnoma» nomli ensiklopedik 
asari bilan tarixda о‘lmas iz qoldirdi. 
Muhammad Shayboniyxon (1457—1510) ham о‘zidan sо‘ng tuzukkina adabiy asarlar va 
she’rlar yozib qoldirgan. Uning 1508 yilda chig‘atoy-turkiy tilda yozgan «Bahr ul-xudo» 
(«Xaqiqiy yо‘lning dengizi») nomli diniy qasidasida: «Podsholikda Shayboniy farzdan 
ayrilmag‘il, fakro shohi ikki olam ichra bо‘lur podsho. Tangri gar berdi senga Eronu Turon, 
bandalik tavdin Shayboniy bermagil esdin daho» deyiladi. Bu yagona qо‘lyozma nusxasi 
Londondagi «Britaniya Muzeyi» kutubxonasida saqlanmoqda. 
Shayboniy о‘z she’rlarida Turkiston shaharlarini hurmat bilan tilga oladi. Samarqandni 
jannatga о‘xshatsa, Buxoroni Ka’ba singari ulug‘laydi. 
Turkistonga cheksiz muhabbat qо‘ygan Shayboniyxon Movarounnahrning temuriylar 
davridagi madaniy shuhratini tiklashga intilgan. 
Bu vaqtda Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning Ulug‘bekka bag‘ishlangan tarixiy 
asarlarining о‘zbek tiliga tarjima qilinishi, Alisher Navoiy ijodiy an’analarining avloddan-avlodga 
о‘tib borganligi diqqatga loyiqdir. 
Xiva tarixchilik maktabiga marifatparvar davlat arbobi Abulg‘ozi Baxodirxon (1603-1664) 
о‘zining «Shajarai turk», va «Shajarai tarokima» nomli tarixiy asarlari bilan asos soldi. Ushbu 
asarlar ruhida tarbiya topgan Munis Xorazmiy («Firdavs-ul iqbol»), Ogahiy («Gulshani davlat», 


«Zubdat ut-tavorix», «Jome’ ul-voqeoti Sultoniy»), Bayoniy («Xorazm tarixi, «Shajarai 
Xorazmshoxiy») tomonidan Xorazm tarixi XX asr boshiga yetkazildi. 
Abulg‘ozi Baxodirxon (Xiva xoni) (1644-1663)ning «Shajarai turk va mо‘g‘ul» xamda 
«Shajarai tarokima» nomli ikkita yirik asarining yozilishi va ularning XVI-XVIII asrlardayoq
Yevropaning bir necha tillariga tarjima qilinganligi biz uchun fahr va iftixordir! 
Shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» (1505—1507) nomli kitobini 
yozib qoldirdi. Fazlulloh ibn Ruzbehon 1457 yili Fors viloyatining (Eron) Xо‘nji qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Uning «Mexmonnomai Buxoro» asari Shayboniyxonga bag‘ishlangan. 
1475 yilda tug‘ilgan tarixchi Xondamir О‘rta Osiyo, Yaqin va О‘rta Sharq tarixi va 
madaniyatiga oid о‘ndan ziyod asarlar yozib qoldirgan. Uning ilmiy merosida «Xulosat ul-axbor» 
(«Tarixlar xulosasi»), «Xumoyunnoma» va ayniqsa «Xabib as-siyar» («Inson xabarlari va 
dardlarida dо‘stning tarjimai xoli») asarlari mashhurdir. 
XVI—XVIII asrlarda tarixchi olimlar - Zayniddin Vosifiy, Mirzo Muxammad Xaydar, 
Xasanbek Tumlu, Xofizi Tanish Buxoriy yashab ijod qilganlar. Buxoriyning «Abdullanoma», 
Abdulfozil Allomiyning «Akbarnoma» asarlari muhim ahamiyatga ega. Mir Mu¬xammad Amin 
Buxoriyning «Ubaydullanoma» asari о‘sha davr madaniyati tarixini о‘rganishda muhim rol 
о‘ynaydi. Uning «Tarix-i Abulfayzxon» nomli asari «Ubaydullanoma»ning davomi hisoblanadi. 
Bu asarlarda О‘rta Osiyoda XVI—XVIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy tuzum 
tо‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. 
XVII asr adabiy hayotida Boboraxim Mashrab, Mushfiqiy katta о‘rin tutadi. Mashrab ijodi 
nafaqat О‘rta Osiyoda, balki qо‘shni Sharq mamlakatlarining she’riyatiga ham katta ta’sir 
kо‘rsatdi. 
Movarounnaxrda XVI—XVII asrlarda maorif tizimi xam birmuncha rivojlandi. О‘ziga tо‘q 
oilalar farzandlari maktablarda о‘qishgan. Muxammad Solih bir о‘rinda Qunduzning xar bir 
mahallasida deyarli maktab bor edi, degan edi. 
Bu davrda xonaki muallimlar (ya’ni uyda ta’lim beruvchi) yordami bilan ta’lim berish ham 
keng rasm bо‘lgan edi. Bolalar olti yoshdan maktabga borishgan. Keyin о‘quvchilar maktabdan 
madrasaga о‘tishgan va asosan din asoslaridan ta’lim olishgan. Xisob-kitob, she’r о‘qish san’ati, 
musiqa kabi maxsus saboqlar madrasadan tashqarida о‘qitilgan. 
XVI—XVII asrlarda musiqa madaniyati ham ancha rivoj topgan. Musiqa tarixi va 
nazariyasiga oid juda kо‘p ilmiy asarlar yozilgan. Mashhur xonanda va sozandalar orasidan 
bizgacha Mavlono Muxammadamin, Mug‘anniy, Mavlono Kavkabiy, Xoja Muxammad Rizo 
Samarqandiylarning nomlari bizgacha yetib kelgan. 
Buxoro xonligida Turdi Farog‘iy (1699 yilda vafot etgan), Saido Nasafiy (1687-1710), Sufi 
Olloyor (1616-1706), Boborahim Mashrab (1640-1711) XVII asr о‘zbek adabiyotining kо‘zga 
kо‘ringan vakillari edi. 
Saido Nasafiy «Xavonnoma» asarida zamonasidagi turli tabaqalarning xol-ahvolini 
hayvonlar timsoli orqali kо‘rsatgan. Bо‘ri va Sher misolida yer egalarining zolimligini namoyish 
etadi. Asarda oddiy mexnatkashlar chumoli timsolida tasvirlanib, ular birlashsa Sherni xam 
yengishi mumkin, degan g‘oya ilgari suriladi. Turdi о‘z she’rlarida xalqni zulmga, adolatsizlikka 
qarshi birdamlikka, birlashishga chaqiradi. 
Mashrab va Sufi Olloyor aksariyat asarlarida tasavvufning tо‘rt qoidasiga - shariat, tariqat, 
ma’rifat va xaqiqatga amal qilinishini targ‘ib qildilar. 


О‘tgan davrlar singari Turkistondagi XVI-XX asrlar boshlari davrida ham ma’naviy 
madaniyat о‘ziga xos yuksalishni boshidan kechirdi. Ushbu davrda olimu fuzalolarimiz tomonidan 
yaratilgan yirik tarixiy-badiiy asarlar, amalga oshirilgan tarjima ijodi, ilm-fan rivoji madaniyatimiz 
tarixi xazinasidan о‘rin olgan bebaho boylik sifatida hech qachon о‘z ahamiyatini yо‘qotmay 
kelmoqda. Quyida bu ijodiy yо‘nalishdagi ayrim mualliflar va ularning ijodlari haqidagi 
ma’lumotlarni qisqacha umumlashtirgan holda keltirishga harakat qilamiz.
Abulhayr Fazlulloh ibn Rо‘zbehon (1457-1530). Shayboniylar xizmatida bо‘lgan tarixchi 
olim. Uning shayboniylar tarixiga oid «Mehmonnomai Buxoro», «Suluk ul-Mulk» 
(«Podshohlarga yо‘l-yо‘riq») asarlarini tarjima qilgan. Asar bizgacha yetib kelgan.
Faxriddin Ali Safiy (1463-1534). Hirotda tug‘ilgan. Shoir, huquqshunos, tarixchi va 
tarjimon. Uning «Rashaxot ayn ul-hayot», «Latoif ul-tavoif», «Mahmud va Ayoz», «Kashf ul-
asror», «Lug‘atnoma» kabi asarlari qо‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Xususan «Rashaxot ... » 
asarida naqshbandiya tariqati shayxlarining hayoti va faoliyati, Xoja Ubaydulla Ahrorga 
bag‘ishlangan qismida esa ustoz va shogird (Xoja Ahror va Safiy) muloqotlari yoritilgan. Umuman 
bu asar naqshbandiya tariqati tarixiga bag‘ishlangan bо‘lib, asar XV asr oxiri - XVI asr boshlarida 
Movarounnahrning iqtisodiy, ijtimoiy hayotini о‘rganishda ham qimmatli manba hisoblanadi.
Mas’ud ibn Usmon Kо‘histoniy (XVI asr). Shayboniylar sulolasi tarixchilaridan. Tarjimon. 
Bizgacha uning «Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asari yetib kelgan. Asar umumiy tarix yо‘sinida 
yozilgan bо‘lib, unda «Olamning yaratilishi»dan to XV asrning 60-yillarigacha bо‘lgan davr 
voqealari, shuningdek, Abulxayrxonning о‘zi va avlodlari, atrofidagi amaldorlari, sarkardalari 
haqidagi ma’lumotlar bayoni tavsiflangan.
Mas’ud ibn Usmon Kо‘histoniy (XVI asr). Tarixchi olim. Tarjimon Shayboniylardan 
Suyunchxо‘jaxonning, sо‘ng Samarqand hukmdori Abdulatifxonning munshiysi bо‘lgan. Mas’ud 
ibn Usmon fors tilida «Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asarini yozgan. Unda Abulxayrxon 
hukmronligi davridagi shayboniy va mang‘it uluslarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli, о‘zbek ulusining 
tashkil topishi bayon etilgan. Bu asar Dashti Qipchoqdagi kо‘chmanchi turkiy qabilalarning 
ijtimoiy-siyosiy ahvolini о‘rganishda muhim manbadir. Asarda 30 ga yaqin qabilalar nomlari 
keltirilgan.
Shayboniylardan Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557 - 1598 y.). mamlakatda 
shaharsozlik, adabiyot bilan bir qatorda ilm-fan ham о‘ziga xos taraqqiy etdi. «Abdullanoma» 
tarixiy asari bilan bir qatorda о‘sha davrlarda muallif Amin Ahmad Roziyning «Haft iqlim», 
Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan «Tazkiroti shuaro» kabi ilmiy asarlar yaratildi.
Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil etildi. 
Yurtimizda xonliklar davrida Movarounnahrning XVI asr tarixiga bag‘ishlab yaratilgan eng 
yirik tarixiy asar «Abdullanoma» - «Sharafnomai shohiy» dir. 
Asar 1584-1590 yillar davomida Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan fors tilida yozilgan. Asar 
Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag‘ishlanib, «Sharafnomai shohiy» va ayrim nusxalarda 
«Zarafnomai Abdullaxon» deb ham ataladi.
Asarda Movarounnahrda Abdullaxon II taxtga kelgungacha bо‘lgan siyosiy voqealar hamda 
Shayboniyxon vafotidan sо‘ng bu hududdagi siyosiy vaziyat, Abdullaxon hukmronligi davri 
voqealari ishonchli, aniq dalillar, ma’lumotlar asosida yoritilgan. Bu asar Movarounnahr 
xalqlarining XVI asrdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini о‘rganishda eng muhim 
manbalardan hisoblanadi. Asarning 2 jilddan iborat о‘zbekcha nashri e’lon qilingan.


Abdulloh Nasrullohiy (XV asr II yarmi-XVI asr о‘rtalari). Tarixchi olim. XVI asr 
boshlaridan Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan. 1533 yilda о‘zining «Zubdat ul-
osor» nomli asarini yaratgan. Unda turkiy, mо‘g‘ul xalqlarining tarixi, Movarounnahr va 
Xurosonda shayboniylar hukmronligining dastlabki yillaridagi siyosiy hayot bayon etilgan.
Kо‘hakiy Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (XVI asr). Tarixchi, huquqshunos, tarjimon. 
U jug‘rofiya, etnografiya, handasa, riyoziyot, falsafa, mantiq, fiqh, adabiyot sohalarining ham 
bilimdoni bо‘lgan. 10 dan ziyod asarlar yozgan. Uning «Risolai fifanniy-at tavsir val kalom» 
(e’tiqodga oid ilmlar haqida risola) asari bizgacha yetib kelgan. Kо‘hakiy, shuningdek, 
Muhammad ibn Andonning 2 jildli «Tarixi Turkiston» asarini forschadan о‘zbekchaga о‘girgan 
va unga yangi ma’lumotlarni qо‘shib boshqa nom bilan nashr ettirgan. Kо‘hakiyning «Sharhi 
obodul al-munozara» kitobiga yozgan sharhi va arab tilida yozilgan «Favoid ziyoiya» (munavvar 
foydalar) nomli sharhlangan asari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Kо‘chkunchixon (XVI asr I yarmi). Shayboniylar sulolasidan bо‘lgan xon. Abulxayrxon va 
Robiya Sulton Begim (Ulug‘bekning qizi) dan bо‘lgan farzand. Kо‘chkunchixon davrida ilm-
ma’rifat rivojlangan. Bir qator asarlarni о‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari bajarilgan. Fors tilidan 
о‘zbek tiliga Rashididdinning «Jome at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» 
asarlari tarjima qilingan, kutubxonalar kengaygan va kо‘paygan. Buxoroda Abdulazizxon 
kutubxonasi ochilgan.
Abulbaqo ibn Bahouddin (XVI asr II yarmi-XVII asr I choragi). Tarixchi. Abdulazizxon 
saroyida xizmatda bо‘lgan. U о‘zining bobosiga bag‘ishlab «Jome’ ul-maqomoti Mahdumi 
A’zam» nomli tarixiy kitobini yozgan. Kitobda Movarounnahrning XVI asrning birinchi 
yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvolga doir qimmatli ma’lumotlar berilgan.
Zayniddin Vosifiy (1486-1566). Shayboniylar davrining mashhur adiblaridan biri. Hirotda 
tug‘ilgan. Toshkentda vafot etgan. Vosifiyning qalamiga mansub «Badoyi ul-vaqoya» (Ajoyib 
voqealar) nomli tarixiy-badiiy asarda о‘sha davrning mashhur adiblari hayoti haqida qiziqarli 
hikoyalar bayon etiladi. Vosifiy xattotlik va muallimlik ham qilgan. Jumladan, Toshkent viloyatida 
shahzoda Navrо‘z Ahmad huzurida saroy muallimi vazifasini ham ado etgan.
«She’r» sо‘zi о‘rnida adabiyotda ba’zan «Nazm» sо‘zi ham ishlatiladi. She’r badiiy 
adabiyotning qadimgi turi bо‘lib, insoniyat eng qadimgi asarlarni she’riy uslubda yaratgan. She’riy 
ijodda shunday holat ham borki, (zamonaviy she’riyatda), bu ijodni erkinroq tushunish, avvalgi 
shakliy qoliplarni о‘zgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga intilish kuchayib, qofiya, 
tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida qolishni istamay, qofiyasiz, grammatik qoidalar 
va tinish belgilarga rioya etilmay yozilgan she’rlar ham paydo bо‘lmoqda.
She’riyatda fikrlar tartibga solingan, qofiyali, bо‘g‘inlari soni ham bir xil, grammatik 
qoidalarga rioya qilish, uning ichki texnikalari buzilmagan holda, sо‘z va fikrlar bir-birini 
davomchisi va tо‘ldiruvchisi bо‘lishi holatlariga albatta rioya qilinsa, unda haqiqiy shoirona 
she’riyat vujudga keladi. Bu esa ilohiy ilhom, iqtidor, mahorat talab qiladi va shundagina bu she’r 
san’at darajasiga kо‘tariladi.
Hududimizdagi ilk, dastlabki she’riy ijod namunalarining yaratilishi uzoq davrlarga, ya’ni 
salkam 3 ming yillik tariximiz boshlanishiga borib taqaladi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda, xususan hozirgi О‘zbekiston hududida bronza davrining 
oxirlari va ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, shuningdek, madaniy-mafkuraviy 
о‘zgarishlar Amudaryoning quyi oqimi hududlarida vujudga kelgan «Zardushtiylik» dinining 
muqaddas kitobi «Avesto»da о‘z aksini topgan. Unda о‘zbek, tojik, turkman, fors, afg‘on, 


ozarbayjon va boshqa kо‘plab xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy-diniy tasavvurlari, turli 
marosimlari, rivoyat va afsonalari, о‘ziga xos falsafiy-axloqiy qarashlari о‘z aksini topgan. Bu esa 
hozirgi she’riyatimizga ham xuddi shu «Avesto» kitobida ilk marta asos solinganligini kо‘rsatadi.
«Avesto»da Zardusht tomonidan yaratilgan turli marosimiy qо‘shiqlar, madhiyalar matnlari 
ilk marta she’riy meyorlarda, tо‘rtliklarda aks ettirilgan, ayni paytda qо‘shiq sifatida maxsus qiroat 
shakllariga bо‘ysundirilib, moslashtirilgan. Diniy qiroatdagi ohanglarga ham о‘sha davrlarda asos 
solingan. Masalan, Qur’onning 7 xil qiroat usuli mavjud bо‘lgan.
Shunisi yana diqqatga sazovorki, о‘z qavmlari orasida zardushtiylik dinini targ‘ib qilgan 
Zardusht (Zaratushtra) о‘z targ‘ibotini muhim asosi sifatida gatlar (gohlar) deb atalgan, aslida 
qо‘shiq qilib aytishga mо‘ljallangan she’riy meyorlar yaratganki, «Avesto»ning 72 bobdan iborat 
«Yasna» bо‘limidagi 17 ta qism ana shu gat yoki gohlardan, ya’ni she’rlardan iboratdir. Ushbu 
she’rlar keyingi asrlarda she’riyat ijodiga qiziqqan ajdodlarimiz ijodi faoliyatida eng muhim asos 
bо‘lib xizmat qilmoqda.
Biz XVI-XX asrlar boshlari davri madaniyati tarixining muhim ijodiy qismi bо‘lgan 
she’riyat rivoji tarixini о‘rganar ekanmiz, izlanishlar shuni kо‘rsatmoqdaki, barcha о‘tgan 
davrlardagidek, she’riy ijod bilan yoshi, mavqei, mansabi, kasbi, sohasi, ijtimoiy kelib chiqishi 
qanday bо‘lishidan qat’i nazar, xalqning barcha qatlami vakillari shug‘ullanganligini guvohi 
bо‘lamiz. Shuningdek, kuzatishlar о‘sha davrlarda ham oddiy xalq bilan bir qatorda she’riy ijod 
bilan, ya’ni bu nozik va nafis san’at turi bilan hukmdorlar, amaldorlar din peshvolari, shayxlar, 
mullalar, xо‘jalar, saidlar, mirlar, hojilar, darveshlar ham bevosita shug‘ullanganliklaridan, 
ularning kо‘plab she’riy tо‘plam (devon)lari xattotlar tomonidan kо‘chirilganligidan dalolat 
bermoqda.
Aynan shularni nazarda tutib, ushbu kitobning she’riyatga bag‘ishlangan bо‘limida she’riyat 
bilan shug‘ullangan oddiy xalq vakillari bilan bir qatorda yuqori о‘sha davr ziyolilari she’riy 
ijodlari haqidagi ma’lumotlarni ham bayonini berishga harakat qilindi. Chunki bu ijod ham о‘sha 
davr madaniy hayotining ajralmas tarkibiy qismidir.
О‘rni kelganda yana shuni ta’kidlash lozimki, biz о‘rganayotgan davrning barcha 
bosqichlarida ijodda, xususan, she’riy ijodda yurtimizning barcha xududlariga nisbatan Qо‘qon 
honligidagi adabiy muhit о‘ziga xos rivojlanish holatida bо‘lganligi tarixdan ma’lum. Shu tufayli 
shahar va shahar atrofi barcha hududlarida she’riy ijod ahli soni boshqa joylardagilarga nisbatan 
anchagina kо‘p edi. Hatto, uzoq xududlardan ham Qо‘qon va uning atroflariga kelib yashab, ijod 
etish kо‘pgina ijodkorlarga xos bо‘lib qolganligi ham kuzatilgan.
Shu bois, yuqoridagilarning barchasini inobatga olgan holda ushbu ishimizda she’riyat ijodi 
va uning namoyandalari haqidagi ma’lumotlarga bir oz kengroq о‘rin berishni lozim topdik. 
Ushbu qimmatli ma’lumotlarni jamlash va uni bayon etishda XVI asr mutafakkir olimi, 
shoiri, tarixchisi Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Pо‘latjon domulla Qayyumovning 
III jildlik «Tazkirai Qayyumiy» tо‘plamlari, Samandar Vohidovning «Buxoriylar bо‘stoni» 
tarjima asari ma’lumotlaridan va boshqa adabiyotlardan keng foydalanildi.
Xasanxoja Nisoriy - XVI asrda yashab, samarali ijod qilgan buxorolik shoir, yozuvchi, 
tarixchi hamda hukmdorlar e’tiboriga erishgan yirik tarixiy shaxs. Shayboniy xonlaridan Iskandar 
sulton va Abdullaxon II davrining «Malik ush-shuaro»si unvoniga ham sazovor bо‘lgan. 
She’riyatda Mutribiy, Fitratiy, Davoiy, Hajriy, SHо‘xiy, Shohid kabi о‘nlab mashhur shoirlarning 
ustozi hisoblangan. Nisoriy Bahoviddin Naqshband maqbarasi yoniga dafn qilingan. U о‘zini 
mashhur «Muzakkiri Ahbob» (Dо‘stlar yodnomasi) nomli asarida XVI asrda Movarounnahr, 


Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkiston va Hindistonda yashab, ijod qilgan 288 ta shoir 
ijodi haqidagi ma’lumotlarni tо‘plagan. Asar bizning kungacha yetib kelgan va 1993 yilda о‘zbek 
tilida nashr etilgan. Mushiqiy (xajv, g‘azal va qasida), Mutribiy (Tazkirat ush-shuaro) kabilar ijod 
qildilar. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish