Shayboniylar davrida san’at.
XVI—XVII asrlarda Samarqand va Buhoroda miniatyura va
kitobat san’ati ravnaq topdi. Buxoro, ayniqsa, о‘zining hattotlari bilan shuhrat qozongandi.
1587 yilda Dо‘stmuhammad Buhoriy «Hattotlik san’ati» deb nomlangan asar yozgan. U
«Fathnoma», «Tarixi Abulxayrhon», «Shayboniynoma» hamda Navoiy asarlarini miniatyuralar
bilan bezagan. Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hiraviy, Mahmud Shixobiy va boshqalar
zamonasining mashhur husnihat ustalari edilar.
Alisher Navoiy siymosini tasvirlagan Behzodning shogirdi Mahmud Muzahhib Buhoro
miniatyura makgabining rivojlanishiga hissa qо‘shdi. Buxoro va Samarqand miniatyura
makgabining namoyandalari Jaloliddin Yusuf, Keldi Muhammad, Muhammad Chag‘riy Muassin,
Muhammad Nodir Samarqandiy, Muhammad Murod Samarqandiylar ishlagan ajoyib
miniatyuralar о‘zining milliy ruhi, ya’ni ranglarning tiniq va yorqinligi xamda boyligi bilan ajralib
turadi. Yuqoridagilar haqida batafsil tо‘xtalamiz.
Mirzo Boqiy (XVI asr). О‘z davrining mashhur kotibi, hirotlik Mir Alining о‘g‘li bо‘lib,
xattotlik ilmini chuqur egallagan. О‘sha davrlarda keng qо‘llanilgan «nasta’liq» xati yozuv
uslublarini oliy darajadagi san’ati bilan yozgan.
Qosim Arslon (XVI asr). Qosim Arslon Navoiyga zamondosh bо‘lgan shoir Mashhadiyning
farzandi bо‘lib, ikki sohada samarali ijod qilgan. Kitobat sohasida о‘z ishining mohir sohibi bо‘lib,
yozgan xati esa ham chiroyli, ham tо‘g‘ri bо‘lganligi uchun kо‘pchilikka ma’qul bо‘lgan.
Shuningdek, u she’riyatda ham katta yutuqlarga erishgan. Umrining oxirgi yillarida Hindistonga
borib, boburiylar saroyida yanada katta obrо‘ topadi va ijod bilan jiddiy shug‘ullanib «Malik ush-
shuaro» unvoniga erishadi.
Mavlono Mahramiy (XVI asr). Asosiy kasbi kitobatchilikdan, xattotlikdan iborat bо‘lib,
she’riyat bilan ham shug‘ullanib, ayniqsa marsiyagо‘ylikda mahoratli bо‘lgan.
«Gulandomkim, labi yaproqdan ham nozikroq erur
Og‘zi gо‘yo yoqut saqlanadigan qutichayu, tishlari gavhar erur».
Xoja Abdusalom - (XVI asr). Abdullaxon II ning inisi Abdulquddus sulton saroyida
kitobdorlik va xusnixat egasi mansabida ishlagan, lekin darveshona hayot kechirishni xush
kо‘rgan. Turkiy va forsiyda kо‘pgina she’rlar ham ijod qilgan. Namuna:
«Labingiz abadiylik baxsh etuvchi obi hayot ne darkor,
Usiz hayot chashmasini tashno kо‘rarman, bu ne darkor,
Salomiy, to boshqa birov kо‘chasi tuprog‘i bо‘lib ulgurmasdan,
Kо‘chasi boshida posbonlik usulini bо‘ynimga oldim».
Mirshayx Puroniy (XVI asr). Buxorolik. Kо‘p ilmlardan xabardor, ayniqsa xusnixatga
mahorati yuqori bо‘lgan. U oltin suvi bilan bezash va boshqa xil naqshlar bilan kitoblarni
bezatishda tengi yо‘q san’at sohibi edi. Turli yozuv turlari, jumladan, «Rayhoniy xat», «G‘ubor
xati» kabilarda naqshlar bitgan. Ayni vaqtda Puroniy Chorsu masjidida mudarisslik qilgan va
shoirlikda ham kamolotli bо‘lgan.
Mavlono Mir Ali kotib (XVI asr). Sayidlar avlodidan bо‘lib, xat mulkida kotiblar
peshqadami bо‘lgan. «Nasta’liq xati» uslubida uning oldiga tushadigan odam bо‘lmagan. Ushbu
yо‘nalishda davrining mashhuri bо‘lish bilan birga she’riyatdan va tarixnavislikdan ham yaxshi
xabardor bо‘lgan.
Abdulla Musavvir Xurosoniy XVI asr II yarmida Buxoroda yashagan miniatyurachi rassom.
Buxoro miniatyura maktabi vakili. Kо‘plab qо‘lyozma va kitoblarga naqsh va nafis suratlar
ishlagan. Jumladan, Shayx Sa’diyning «Bо‘ston», «Guliston» asarlariga, «Uchrashuv»,
«Sevishganlar» nomli asarlariga chizilgan naqsh va nafis suratlari shu kungacha yetib kelgan. О‘z
davrining mashhur rassomlari Mahmud Muzahhib va Shayx Sa’diy Mahmudlar qо‘lida tahsil olib,
ular maktabining yetuk vakili va davomchisi bо‘lgan.
Darvesh Muhammad (XVI asr). Buxorolik. Xattot, xusnixat nazariyotchisi. Fors tilida
«Favoyid ul-xututi» (Xatlar foydalari) asarini yaratgan. Bu risola Markaziy Osiyoda yaratilgan
xusnixat san’ati haqidagi eng muhim qо‘llanma sifatida О‘z FASHI fondida saqlanmoqda.
Mir ali Xiraviy (XVI asr). Xirotlik xattot va shoir. Xattotlik san’atini Zayniddin Mahmud va
Sultonali Mashhadiydan о‘rgangan. Xirotda Sulton Husayn Mirzo va Buxoroda Abdulazizxon
kutubxonalarida xizmat qilgan.
Mir ali nafis xati va tez yoza olishi bilan boshqa xattotlardan ajralib turgan. Movarounnahrda
nasta’liq xatini tarqalishida xizmat qilib, kо‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1520 yilda «Medod ul
xutut» risolasini yozib, unda xattotlik qoidalarini bayon etgan. U kо‘chirgan 30 dan
ortiq qо‘lyozmalar va 400 dan ortiq qit’alar bizgacha yetib kelgan. U kо‘chirgan
Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning «Xusrav va Shirin» dostonlari, Abduraxmon
Jomiyning «Tuhfat ul-axror», Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Ansoriyning
«Ilohiynoma» asarlari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Mir Husayn (XVI asr). Yetuk xattotlardan biri bо‘lib, «Javohiri raqam» faxriy unvoniga
sazovor bо‘lgan. U tomonidan nasta’liq xatida kо‘chirilgan va ziynatlangan Ansoriyning
«Ilohiynoma», Hisrav Dehlaviyning «Xamsa», Ali Bin Husaynning «Rashoxoti ayn ul hayot»
asarlari bugun О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Mir Husayn Kо‘lankiy Buxoriy (XVI asr). Xirotlik xattot va nasta’liq xatining ustasi. Mir
Ali Xiraviyning eng mahoratli shogirdlaridan biri. Abdullaxon Soniyning kitobdori bо‘lgan. U
kо‘chirgan qо‘lyozmalarning 20 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan. Sa’diyning «Bо‘ston» va
«Gulsiton» asarlari, Jomiyning «Yusuf va Zulayxo», «Tuhfat ul-axror», «Masnaviylar»i, Hofiz
Sheroziyning «Devon»i shular jumlasidandir.
XVI—XVIII asrlarda tasviriy san’atga, musiqaga ham alohida e’tibor berildi. Sulton Ali
Mashhadiy, Mir Ali Xiraviy va boshqalar mashhur xusnixat ustalari edilar. Rassomlardan
Maxmud Muzahhib, Jaloliddin Yusuf, Muhammad Murod Samarqandiylarning tasviriy san’at
rivojiga qо‘shgan xissalari salmoqlidir.
Muhammad Murod Samarqandiy (XVI asr). Musavvir. Samarqand miniatyura maktabining
yirik vakili. О‘ziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan О‘rta Osiyoda miniatyura
san’ati rivojiga katta hissa qо‘shgan. U tomonidan Firdavsiyning «Shohnoma» (1556 yilda
kо‘chirilgan nusxaning bezagi 115 ta miniatyurasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda), Sa’diyning
«Bо‘ston» (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlangan miniatyuralari bizgacha
yetib kelgan.
Ustod Muhammadiy (XVI asr). Musavvir. Sulton Muhammadning о‘g‘li. Nafis san’atni
otasidan о‘rgangan. Kamoliddin Behzod an’analarini davom ettirib, о‘ziga xos badiiy uslub
yaratgan. U «Shahzoda tasviri» (Bostondagi Golobo majmuasida, AQSH), «Sharafnoma» (Asar
qо‘lyozmasidagi «Shahzoda» rasmi), Nizomiyning «Xamsa»siga ishlangan miniatyuralar,
«Darvesh va dehqonlar» (Luvrda) asari va bir qator boshqa asarlarni ham yaratgan.
О‘rganilayotgan davrda she’riyat yaxshi rivojlandi. She’r – arabchada shuur, sezgi deyilib,
u insondagi fikrning qalb tuyg‘usi-xislari bilan uyg‘unlashgan ifodasi sifatida vujudga keladi va
hayajonli nutq bilan ifoda etiladi. U ma’lum bir ichki ohangga ega bо‘lgan badiiy asardir.
Tasviriy san’at. SHayboniyxon qo‘liga kiritgan Mavorounnaxr boy madaniy merosga ega
edi. SHu yillarda Kamoliddin Bexzod va uning atrofida to‘plangan ko‘pgina rassom va xattotlar
ijod qilishar edi. SHayboniyxon va uning davomchilari davrida O‘rta Osiyo, xususan Buxoroda
san’at va madaniyat o‘zining gullagan davrini boshidan kechirdi. SHu erda, ayniqsa, kitobat
san’ati, xatotlik va u bilan bog‘liq holda miniatura san’ati rivojlandi. Kulyozmalari bezash, ularni
kitob xoliga keltirish borasada buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu erda taniqli xattot va
musavirlar ko‘chib keldi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda betakror o‘rta osiyocha miniatyura
maktabi shakllana boshladi. SHu san’at rivojlanishining dastlabki bosqichini SHayboniylarning
tarixiy bayonnomalariga bag‘ishlangan «SHayboniynoma», «Fatxnoma» va «Tarixi
Abulxayrxon» qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini topdi. Bu qo‘lyozmalarga ishlangan miniatyuralarni
mahalliy rassomlar bojargan bo‘lib, bu miniatyuralarni xirot maktabi rasmlari bilan solishtirganda
Xirot maktabi miniatyuralariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini, sezish mumkin. Bu
miniatyuralarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik ishlangan obrazlar birmuncha qotib
qolgan xolda ko‘rsatilgan, manzara tasviri ham sodda. YAna bir muhim tomoni shundaki bu
miniatyuralarning,ularda tasvirlangan odamlar,ularning kiyimlari va ularni o‘rab turgan muxitda
o‘zbek tiplariga xos fazilatlarni ko‘ramiz. SHu xususda «Tarixi Abulxayrxon miniatyuralari
etiborga loiq. Qo‘lyozma uchun 28 miniatyura XU1 asrning 40 yillarida ishlangan.
SHu davrdan xattotlik san’ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga xirot maktabi kuchli ta’sir
etdi. Bu ishlarda 1528 yili Xirotdan Buxoroga ko‘chib kelib, umrining oxirgacha shu erda mehnat
qilgan K.Behzod shogirdlaridan «xattotlar qiroli» Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Ali bu erda
zamondoshi M.Muzahhib va uning shogirdlari bilan xamkorlikda ishladi va qo‘lyozmalarni
ko‘chirgan. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning dostoni ko‘chirmasi
shunday hamkorlikda yaratilgan.
O‘rta Osiyoda miniatyura maktabining yirik vakili Maxmud Muzahhib xisoblanadi. Asl
ismi Mahmud SHayhzoda bo‘lgan Muzahhib Kamoliddin Behzod, Miroq Naqqosh qo‘lida
tasviriy san’at sirlarini o‘rgangan. Temuriylar saltanatiga chek qo‘yilib hokimiyat SHayboniylar
qo‘liga o‘tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda keyinroq Buxoroda yashab
saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 80 yoshda olamdan 1572 yili Buxoroda vafot etgan. Maxmud
Muzahhib 1485-90 yillar orasida tug‘ilgan deb taxmin qilinadi. U kitob bezash hamda miniatyura
ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo‘lganligi uchun ham unga "Muzahhib" ya'ni "oltin suvi
yurituvchi" taxalusi berilgan. Mahmud SHayhzodaning 30 ga yaqin asarlari aniqlangan.
Rassomning ilk asarlaridan biri Alisher Navoiyning xassaga tayanib turgan xolda tasvirlangan
surati xisoblanadi. Rasm. Xassaga tayanib turgan Navoiy surati. Portretda keksaib qolgan
Navoiyning xassaga tayanib turgan xolatida aks ettiradi. Maxmud Muzahhib portretlar ishlash
bilan bir qatorda tarixiy va maishiy janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan
davri XU1 asrning 30-40-yillariga to‘g‘ri keladi. SHu davrda ishlangan miniatyuralar ichida
«Sulton Sanjar va to‘quvchi kampir bilan uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda
saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari to‘quvchi kampir uni xalq boshiga
ko‘p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar
ovda.) Bu asari bilan rassom o‘z davr illatlarini ham ko‘tarib chiqqanligini ko‘rsatadi. Saadiyning
«Bo‘ston» asari miniatyuralari ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu
qo‘lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan Navro‘z-Axmad uchun 1555 yili
ishlangan. Bu qo‘lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi.
Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad CHagri Muxassin, Abdulla, Muhammad Murod
Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura san’atini rivojlantirishda o‘zlarining munosib
hissalarini qo‘shdilar.
Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning
boshlarida Samarqandda tug‘ilgan. SHu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, xususiy
maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida
diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib shu erning o‘zida kitob ko‘chirish, ularni turli naqsh va
rasmlar bilan bezash bilan shug‘ullandi. Temuriylar inqirozi kuchayib borgan kezlarda
aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini chizish man etilib rassomlar taqibga
uchrayboshlaganida u do‘sti Nodir Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga
o‘tib ketdi va shu erda umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining
shakllanishida muhim rol o‘ynadi.
Samarqandiy ham o‘z ijodida jamiyat illatlarini ochib ko‘rsatishga harakat qilganligi uning
qator asarlarida o‘z ifodasini topgan. Temirchi Kova qo‘zg‘oloniiga bag‘ishlangan miniatyurasi
shunday tanqidiy ruhda ishlangan. Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang
manzaralari uning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Abulqosim Firdavsiyning “SHohnoma”,
Saa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur.
Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556 yili ishlangan
«SHohnoma» qo‘lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bugungi kunda bu
qo‘lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi.
Dostonga ishlangan 115 ta miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqealarni mohiyati bilan
ochib berishga harakat qiladi. Unda rassom dostondagi voqealarning mazmunini atroflicha
yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko‘rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova qo‘zg‘oloni”,
“Zahhokning Fariddun tomonidan asr olinishi”, “Fariddunning o‘g‘illari YAman shohi
huzurida”, “Rustamning tug‘ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu xususiyatlar namoyon bo‘ladi.
XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O‘rta Osiyo badiiy hayotida muhim o‘rin
egalladi Portret san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon , Imonqulixon
portretlari shular jumlasidan. SHayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy,
Menuchehr, Jamoliddin YUsuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o‘rinni
egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy
barkamolliklaridan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |