1-mavzu: XVI-XIX asrlarda oʻzbek xonliklari davri madaniyat va sanʻati


Xiva xonligida madaniyat va san’at



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#493257
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-semestr 1-2-mavzu

Xiva xonligida madaniyat va san’at. 
Xiva xonligi ham shayboniylar davlatining 
parchalanish davrida shakilana boshlagan edi. 1512 yil shayboniylar sulolasining vakili Elbarsxon 
1512-1538 xonlikka asos solada. Bu xonlikning hududi Mangqishloq va Xurosoning shimoliy 
tamonlarini o‘z ichiga oldi. 
 
Xiva xonligining me’morchiligi rivojining yangi davri XVIII asr oxri XIX asr boshlariga 
to‘g‘ri kelada. Bu davrda Temur va temuriylar davri me’morchilik san’ati an’analarida binolar 
qad ko‘tardi. Xiva, Xazorasp, Toshovuz, Gurlan va Kenja kabi shaharlarda hayot, savdo-sotiq, 
xunarmndchilik rivojlanada. Kungirot urigidan bo‘lgan Muhammad Raxim 1806-І825 va uning 
o‘g‘li xonlik qilgan yillarda(1825-1848) Xiva xonligining erlari birlashtirilada. SHu yillardan katta 
qurilishlar amalga oshiriladi, bojxona va zarbxonlar tashkil topadi. Xivaning mashxur 


yodgorliklari o‘zining tugalangan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Darvozalar karonsaroylar va 
madrasalar hisobiga shahar kurki ochiladi.
Paxlavon Makmud maqbarasi 1810
Tosh Hovli 1838 kabi yodgorliklar bugungi kunda bezakdorligi bilan ham o‘zining 
go‘zalligi bilan kishilarni xayratga solada
Ichan kal’ada xon karorgohi va boshqa muhim mamuriy binolar joylashgan. Kalaning bosh 
maydonini bo‘lib, u erda savdo ishlari olib borilgan,turli yiginlar utkazigan.Bu erda urnatigan dor 
esa xon gaeabiga uchraganlar uchun oxri manzil bo‘lgan. Muhammad Raximxon ugli Ollokulixon 
1825-1848 davrida Xiva xonligining hududi yanada kengayadi. Xiva xonligida turli millat vakilari 
yashagan. Turkkman shoiri Matxumkuli, qorakalpok shoiri Beldak ijodi alohida ajralib turadi. Ular 
o‘z asarlarida xalqni birlikka birodarlikka chakiradilar. Xiva xonligida fan jonlandi SHu davrda 
jahon xalqlari tarixi o‘zbek tiliga tarjima kilindi. Xorazim tarixi yozildi bu ishlarin amalga 
oshishida taniqliy shoir va tarixchi Munis Xorazmiy (asl ismi SHermuhammad Avazboy o‘g‘li ) 
(1778-1829) va uning jiyani Ogaxiy (1809-1874)larning o‘rni katta.
U Feruz taxallusi bilan she’rlar yozgan, kuylar bastalagan, fan va madaniyatga xomiylik 
qilgan, qurilish ishlariga etibor bergan.
Xiva xonlari o‘z kutubxonalari qoshida kitobdorlar va rassomlar guruhini saqlaganliklari 
haqida malumotlar bo‘lmasa ham, lekin xonlarning davrning mashhur rassomlarini Xivaga taklif 
etganliklari va rassomlar va xattotlar ular uchun qo‘lyozmalar ko‘chirib berganliklari haqida 
malumotlar saqlanib qolgan Jumladan Xiva xoni Elbarsxon taklifiga binoan Muhammad Murod 
Samarqandiy kitob qo‘lyozmasini ishlagan. 
Xiva honligida bu davrda ananaviy lirika bilan tazkiranavislik rivoj topdi. 
Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlari an’anaviy Sharq, 
nashrining gо‘zal namunalari bо‘ldi. 
XVII—XIX asrlarda Xorazmda XV asrda erishilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’rifiy-
tarbiyaviy fikrlarni davom ettirib, ijtimoiy hayotiy masalalarni chuqur badiiy bayon etishga urinish 
va targ‘ib etishga intilish kо‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davrlarda yashagan Muhammad 
Xoksor, Muhammadniyoz Nishotiy, Vafoiy, Roqim, Paxlavonquli Ravnaq, Nurmuhammad 
Andalib, Berdaq, Munis, Ogahiy kabi adib va mutafakkirlarning asrlarida ilgari surilgan yoshlarni 
ma’rifatli qilish, ularda ilm-fanga muxabbat uyg‘otish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishga 
da’vat, ustoz-shogird munosabat- lariga oid fikrlar Horazmda ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlarning 
rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Ogahiyning katta tarihiy 
xizmatlari tufayli Sharq daholari bо‘lmish Nizomiy, Sheroziy, Jomiy, Xiloliy singari adiblarning 
shox asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Hiva xoni Muham¬mad Raximhon II Feruz 
Ogahiyning iste’dodli shogardlaridan bо‘lgan. 
ta’lim tizimi xususida xam tо‘xtalib о‘tish muhim. Bolalar maktabga olti yoshdan borib, 
unda asosan о‘ziga tо‘q oilalar farzandlari ta’lim olgan. Keyin о‘quvchilar maktabdan madrasaga 
о‘tishgan. Hisob-kitob, she’r о‘qish san’ati, musiqa, husnixat kabi mahsus saboqlar madrasadan 
tashqari о‘qitilgan. 
Madrasalar uch-boshlang‘ach, о‘rta va yuqori bosqichli bо‘lib, ularda arab, fors, о‘zbek tili 
mukammal о‘rganilgan. Unda diniy bilimlar bilap birga, tо‘rt amal (arifmetika), xandasa 
(geometriya), falsafa, mangiq, adabiyot, geografiya, kisman tarix va tabobat о‘qitiltgan. 


Bular ichida, ayniqsa, 1841 yilda Ollokulihon kurdirgan keyingi davr Xiva 
me’morchiligining ajoyib namunasi bо‘lgan Toshxovli daqqatni jalb qiladi. Bu binoning devorlari 
yashil oq, tusdagi naqshnikor toshlar bilan chiroyli qilib qoplangan qoramtir kо‘k rang ustiga oq, 
bо‘yok, bilan solingan ajoyib gullar naqshi, yog‘och ustunlar va eshiklarga chekilgan jimjimador 
nozik naqshlar usha vaqtdagi Horazm me’morchiligi uchun harakterli uslubda ishlangan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, XVI — XIX asrlarda о‘lkamizdagi madaniy xayot о‘ziga 
xosdir. Bir tomondan, adabiyot, tarix, me’morchilik, san’at sohalarida katta yutuklar kо‘lga 
kiritilgan bо‘lsa, ik¬kinchi tomondan, birlikning yо‘qotilishi, о‘zaro nizolarning avj olishi, tabiiy 
va texnika fanlariga e’tiborning susayishi О‘rta Osiyoni nafaqat jahon taraqqiyotidan orqada 
qolishiga, balki boshqa xalqlarning kо‘l ostiga tushib qolishiga sabab bо‘ldi.
Munis (1778-1829). Xorazmlik shoir, ismi Shermuhammad. Yetuk shoir, tarixchi olim 
Munis Xiva xoni Eltuzarxon saroyida bosh kotiblik vazifasida ishlagan. Xon topshirig‘i bilan 
Xorazm tarixini yozib, uni «Firdavs ul-iqbol» deb nomlagan. Keyin xon Muhammad Raximxon 
topshirig‘i bilan tarixchi Mirxondning «Ravzat us-safo» asarini tojik tilidan о‘zbek tiliga tarjima 
qilib, I jildini tugatgan. II jildini tugata olmay vafot etgan. She’rlari devon qilib bosilgan.
Kiromiy (XIX asr). Xorazmlik bо‘lib, mashhur shoir Munis Xorazmiyning ustozi. Navoiy, 
Fuzuliy, Lutfiylar uslubiga ergashuvchi shoir bо‘lgan. She’ridan ikki misra namuna:
«Kiromiy bandasiga rahmati dovar qarib о‘lg‘ay, 
Shifoat hoh mahshar arsasida ul xabib о‘lg‘ay».
Nishotiy (XVIII asr). Xorazm shoirlaridan. Qozi Muhammadniyoz Nishotiy о‘z davrining 
kuchli, qobiliyatli ijodkorlaridan bо‘lgan. Bizgacha «Husnu dil» dostoni, g‘azallari, muhammas 
va musaddaslari yetib kelgan. She’riyatda Navoiy, Lutfiy, Atoiy an’analariga ergashib ijod qilgan. 
G‘azalidan namuna:
«Nozaninim, qaddu ruxsoringga qurbon о‘layin, 
Sо‘zlagil noz ila, guftoringga qurbon о‘layin. 
Ey Nishotiy, ayog‘i tufrog‘idin uyruloubon,
Men daxi sen kabi dildoringga qurbon о‘layin».
Xorazm maqomlari va Xorazm nota chizig‘i. XVI asr boshlarida vujudga kelgan Xiva 
xonligida to xonlik yakun topgunga qadar 40 ga yaqin hukmdorlar rahbarlik qilgan bо‘lsa, ular 
orasida davlatchilik, iqtisod va madaniyat taraqqiyotiga katta xissa qо‘shib nom qoldirganlari ham 
kо‘pchilikni tashkil etadi. Abulg‘oziy Bahodirxon, Sherg‘ozixon, Muhammad Rahimxon I, 
Olloqulixon, Muhammad Aminxon, Said Muhammadxon, Muhammad Raximxon II Feruzlar 
shular jumlasidandir.
Xorazmda xalq orasidan yetishib chiqqan yetuk san’atkor Niyozjon Xо‘ja Buxoroga borib, 
Shashmaqom yо‘llarini, uni tanburda ijro etishni ustozidan о‘rganib, Xivaga qaytib uni targ‘ib 
etishda katta xizmat qiladi. Avvallari Xorazmda mumtoz musiqalar asosan dutorda ijro etilib 
kelingan bо‘lsa, endi tanbur ham о‘ziga xos о‘ringa ega bо‘la boshlandi va shu davrdan e’tiboran 
tanbur va dutor maqomlariga ajratish tushunchalari ham vujudga keladi. Yangi tanbur 
maqomlarini aniqlashtirish va muntazamlashtirish asosida yangi turkumlar vujudga kela 
boshlaydi. Natijada Maqomotda yangi, mustaqil oqim - Xorazm «6 yarim maqomi» kо‘rinishidagi 
yо‘nalishga asos solindi.


Bu esa yurtimizning Xiva xonligi hududi xalqi musiqa-qо‘shiqchilik san’atida ham yangi 
yо‘nalishning paydo bо‘lishi edi.
Mulla Bekjon Rahmon о‘g‘li va Muhammad Yusuf Devonzoda tomonidan XX asr 
boshlarida yaratilgan va 1925 yilda Moskvada nashr etilgan «Xorazm musiqiy tarixchasi»da 
Xorazm 6 yarim maqomi haqida ham zarur ma’lumotlar bayoni berilgan.
Xiva xonligida 47 yil hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II (Feruz) 
davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bu davr о‘tgan davrlardan о‘zining madaniy hayotdagi 
yuksak ravnaqi bilan ancha ajralib turadi. Xon saroyida Feruzning tashabbusi va homiyligida 
yaratilgan madaniy muhit, ya’ni tashkil etilgan о‘ziga xos «madaniy markaz», uning a’zolarining 
ijodi Xorazm san’atini yanada yuksaklarga kо‘tardi. Feruz tashabbusi bilan Xorazm maqomlarini 
notalashtirish ishiga qо‘l urildi va bu vazifa eng yetuk olim, shoir, musiqashunoslardan biri Komil 
Xorazmiyga topshirildi. Bu ish muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, uni sozandalar orasida «Tanbur 
chizig‘i», ilmiy manbalarda esa «Xorazm tanbur notasi» va «Xorazm tabulaturasi» deb nomlandi 
(tabulatura - maxsus nota yozuvi demakdir).
Komil Xorazmiy nota yozuvining tanburga moslangan maxsus yangi uslubini yaratdi. Bu, 
albatta, о‘sha davrda Xorazm madaniy hayotidagi, xususan san’atidagi muhim, о‘ziga xos 
kashfiyotlardan edi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish