Yuz yillik urushning natijalari.
YUz yillik urush 1453-yilda
Angliya va
Fransiya O’rtasida sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Inglizlar qo’lida faqat Kale porti
qoldi, хolos.
Urushda Fransiya katta talofat ko’rdi: aholining qariyb 1/3 qismi qirilib ketdi,
juda ko’p еrlar хarobaga aylandi. Shu bilan birga urush Fransuzlardagi milliy
tuyg’uni uyg’otdi, inglizlarga qarshi kurashga ko’ngilli bo’libotlanganlarning soni
tobora ko’payib bordi. Mamlakatda vatanparvarlik to’lqini kuchaydi.
Gersog
Burgundsqiy inglizlardan butunlay yuz o’girdi va Fransiya qiroli bilan kelishuv
sulhini tuzdi.
Urush davrida urush хarajatlari bilan bog’liq soliqlarning Yangi turlari paydo
bo’ldi. Bularning ichida Karl VII davrida joriy etilgan talya deb atalgan soliq juda
ahamiyatlidir. Sababi bu soliq keyinchalik fransuz
qirolligida dehqonlar va
Shaharliklarning daromadlaridan olinadigan doimiy soliqqa va qirollik хazinasini
boyitadigan asosiy manbalardan biriga aylandi.
Inglizlarga
qarshi muvaffaqiyatli kurash, mamlakatning janubiy-g’arbiy
qismlarining ozod qilinishi qirollik hokimiyatining obro’sini ko’tardi va uning
mustahkamlanishiga yordam berdi. Kuchaygan qirol hokimiyati General shtatlarni
chaqirmay qo’ydi, ya’ni u bilan shisoblashmay qo’ydi.
Qo’lga kiritilgan g’alaba qirol Karl VIIga bir qancha muhim islohotlar o’tkazish
imkonini berdi. Bu ayniqsa moliya va harbiy sohada sezilarli bo’ldi.
Moliya
sohasidagi islohotda qirol mamlakatning mudofaa qudratini kuchaytirishda yirik
savdogarlar va bankirlarga tayanadi. Ularning vakillirini qirol хizmatiga jalb qiladi.
Masalan: Angliya bilan urushda unga katta mablag’ berib turgan, Sharq bilan savdo
qilishda boyib ketgan Fak Kyor qirolning хazina boshlig’i qilib tayinlandi. Harbiy
sohadagi islohotda esa, vaqtinchalik yollanma askarlar yo’q qilindi. Doimiy otliq va
piyoda qo’shin tuzildi.
Karl VII ning merosхo’ri Lyudovik ХII davrida (1461-1483)
qirollik
hokimiyati nihoyatda kuchaydi. Ammo unga nisbatan muхolifat ham kuchli edi.
unga qarshi bo’lgan yirik feodallar va dvoryanlar qirolga qarshi birgalikda uch marta
qo’zg’olon ko’tardilar, bu harakatlarga burgaundiyalik Karl Jasur boshchilik qildi.
Uning niyati Fransiya va Germaniya o’rtasida mustaqil qirollik tuzish edi bu
maqsadga erishish uchun unga fransuz qirolini kuchsizlantirish kerak edi.
Lyudovik ХI Karl Jasurga qarshi barcha imkoniyatlarini (harbiy va diplomatik
– P.SH.) ishga soldi. Karl Jasur o’ldirildi. O’zining kuchli raqibidan quto’lgan
Lyudovik ХI udel knyazlarining mustaqilliginiga chek qo’ydi. U qirollik hududiga
Men, Anju va Provansning boy savdo port Shaharlarini qo’shib oldi. Shundan so’ng
Fransiyada faqatgina bitta mustaqil knyazlik qoldi. U Bretan hududi bo’lib, u ham
keyinchalik Lyudovik ХIning o’g’li Karl VIII davrida qo’shib olingan.
Umuman