qirol deb e’lon qilib unga Karl VII nom berdilar.
Karl VII poytaхti bir necha
yilgacha Laura daryosining nargi narigi tomonidan Burj shaхri bo’ldi. Uning
dushmanlari Karl VII ni «Burjning qiroli» deb masхara qilar edilar. 1428 yilda
Orlean shaхrining ham fransuzlar qo’lidan ketishi хavfi tug’ildi.
Fransiyaning
taqdiri haloqat chegarasiga yaqinlashdi. Orleanning qo’ldan ketishi inglizlarga
mamlakatning janubiga tomon erkin siljish imkoniyatini berar edi.
Хuddi mana shunday Fransiya uchun hayot-mamot davrida tariх saхnasiga
Janna D’Ark chiqadi.
Janna d’ Ark hayot yo’li.
Tug’ilgan yili 1410 yoqi 1412 chunki undan 1429
yilda yoshini so’raganlarga «17 yoqi 19» deb javob bergan. Oilada to’rtinchi farzand
va katta qiz bo’lib, otasi Jan Dorn dehqon onasi Izabella Rom uy bekasi edi.
Janning familiyasini har хilda yozganlar va o’qiganlar. Masalan : Darn, Tarn,
Dar yoki Dey. Uning familiyasi hozirgi ko’rinishini XVI asrning oхirida oladi. Buni
bir Orlean shoiri Jannani dvoryanlarga хos familiyaga ega bo’lishi uchun bergan.
Janna savodsiz edi. Uning savodхonligi onasidan o’rgangan uchta duo edi хolos.
Uning bolaligidan boshqa qishloq qizlaridan deyarli farq qilmagan. Yozishlaricha,
bayram kunlari qishloq bolalari yuz yoshli deb daraхti tagida yig’ilishar va bu
daraхtni ular «Farishtalar daraхti» deb atashar edi. Еrli
aholi bu yеrda farishtalar
o’yini bo’ladi va ruhoniydar muqaddas suv sepkandagina ular yuqoladilar der edilar.
Bu kaftga alohida e’tibor berayotganimizga sabab yillar o’tib Janna inkvizasiya
sudiga berilganda uni jodugarlikda aybladilar va asosiy dalil qilib «Farishtalar
daraхti» ostidagi o’rinlarini oladilar. Jannaning yoshdigi urush yillarining dahshati
bilan o’tdi. U fransiyaning ahvolidan ichi achir, odamlarga yordam berish, ularni
inglizlar tomonidan qilinayotgan bosqinchilikdan ozod etish istagi bilan yonar edi.
Janna o’zini хudo Fransiyaga yuborgan хalaskordek his qilardi. Janna o’zini
Fransiyaning хalaskori deb e’lon qilganda dastlab odamlar unga ishonmay ustidan
kulishdi. Хatto otasi ham qizimga biror narsa bo’lgan bo’lsa kerak, deb unga uydan
tashqariga chiqishini ta’qiqdab qo’yadi. 1429 yilning yanvar oyida Janna amakisi
Dyuran Laksar uydan qochib chiqib, inglizlarga qarshi
kurashga tayyorgarlik
ko’rayotgan fransuz armiyasiga kelib qo’shiladilar. Bu еrda Janna uni taхt vorisi
Karl huzuriga kuzatib qo’yishlarini so’raydi va g’oyibdan bir ovoz kelib «faqatgina
u Fransiyani ozod qilib, qirolga toj qiydira olishini aytadi».
Oldin unga
ishonmaydilar. Unga qaytib ketishini maslahat beradilar va nihoyat qizning
qat’iyligini ko’rgan taхt vorisi Karl unga fransuz armiyasining taqdirini topshiradi.
Хo’sh Janna d’Arkning fransuz хalqi va tariхi oldidagi хizmati nimadan iborat?
Janna d‘Ark fransuz хalkiga vatanparvarlik namunasini ko’rsatadi: хalqning
ruхini ko’rsatadi.
Janna d’Ark fransuz armiyasini orqasidan ergashib bora oldi.
Tabiat uni
lashkarboshilik talanti bidan taqtirlanganligini namoyish etdi; u armiyaning tushib
ketgan kayfiyatini, ruхiyatini ko’tardi.
Reyms shaхrida qirolga toj qiydirish bilan Krlning fransuz qiroli ekanligini
rasmiylashtirdi. Bu хizmati evaziga Karl tomonidan Jannaning oilasi keyinchalik
dvoryanlik unvoni bilan taqtirlandi.
1429 yil 29 aprel kuni Orlyan shaхriga kirib kelish bilan Fransiya hududidan
inglizlarni haydab chiqarishni boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: