Birlamchi tindirgichlar-erimagan muallaq moddalar pag’alar hosil qilib, tezroq cho’kishi va aksincha suv oqishi ta’sirida pag’alar parchalanib cho’kishi qiyinlashishi mumkin.
Donador shaklga ega bo’lgan mineral moddalardan farqli ravishda, organik moddalar nisbiy zichligi past bo’lgan pag’alardan iborat bo’ladi. Bunday pag’alarni cho’ktirish juda qiyin. Tindirishda bir tomondan bunday pag’alar bir-biriga yopishib yirik pag’alar hosil qilib (aglomeratsiya) og’irlashib cho’kishi kuzatiladi, ikkinchi tomondan esa chiqindi suv oqimida bu pag’alarni mayda zarrachalarga bo’linib ketishi kuzatiladi, bu esa pag’alarni cho’kishini sekinlashtiradi. Suvdan ajralayotgan gazlar pag’alarga yopishishi natijasida pag’alarni suv betiga suzib chiqishi kuzatiladi.
Tindirgichlar ishlash prinsipi bo’yicha toza il beruvchi (gorizontal, aylana, vertikal) va ishlangan il beruvchi (septik va ikki qorinchalik) tindirgichlarga bo’linadi.
Konstruksiyasi bo’yicha gorizontal va vertikal tindirgichlar tafovutlanadi. Gorizontal tindirgichlarning biri aylana (radial) tindirgichdir.
Gorizontal tindirgichlar-eni va bo’yi 1:4 nisbatda bo’lib, chuqurligi 4 metrgacha. Agar chiqindi suvlarning hajmi 15 000 m3/sut yuqori bo’lsa gorizontal tindirgichlar ko’zda tutilishi lozim. Gorizontal tindirgichlar suvni 50% gacha tindiradi, ish ko’rsatkichi turg’un. Unchalik chuqur bo’lmasligi yer osti suvlari yaqin bo’lgan joylarda bu qurilmalarni qurish imkoniyatini beradi. Gorizontal tindirgichlarda suvning tindirish davomiyligi 1,5 soat, oqim tezligi 7 mm/sek, ushlab qolingan chiqindilar har 1-2 kunda metantekka olib tashlanadi.
Radial yoki aylana tindirgichlar-radial tindirgichlar aylana ko’rinishda bo’lib, diametri 16-40 m dan 60 m gacha bo’lishi mumkin. Chuqurligi diametrini 0,1ga teng bo’ladi. Tindirish davomiyiligi 1,5 soat, oqim tezligi 7 mm/sek, hosil bo’lgan cho’kma 1- 2 kunda metantekka yuboriladi.Chiqindi suv radial tindirgichlarga quvurlar orqali (pastdan berish) yoki kanallar orqali (yuqoridan) beriladi.
Vertikal tindirgichlar- chiqindi suvning miqdori sutkasiga 20 000 m3 dan yuqori bo’lgan stansiyalarda quriladi. Ular nisbatan kichik joyni egallaydi, ishlatishga qulay, lekin 30% ga tindiriladi. Chuqurligi 7-9 m bo’lib, qurilish sarf harajatlari yuqori. Silindrsimon rezervuarlar bo’lib, diametri 10 m gacha, asosi to’ntarilgan konus shaklida bo’ladi, chiqindi suvning oqish qismi chuqurligi 2,73,8 metrgacha, tindirish davomiyligi 1,5 soat, oqim tezligi 0,7 mm/sek, ish samaradorligi 60-70 %, ushlab qolingan cho’kma 1-2 kundan keyin metantenkka yuboriladi. Vertikal tindirgichlar bir qancha afzalliklarga ega, ya’ni gorizontal tindirgichlarga nisbatan chiqindilar o’z oqimi bilan olib tashlanishi mumkin, hamda kam maydonlarni egallaydi. Ammo uning quyidagi kamchiliklari ham bor: katta chuqurligi 10 m gacha, bu esa uni qurishga ketgan sarf harajatning ko’p bo’lishiga olib keladi. Yer osti suvlari yuza joylashgan joylarda qo’llab bo’lmaydi, hamda diametri 10 m dan oshmasligi sababli bir nechta shunday tindirgichlarni qurish kerak.
Septik
Bu to’g’ri burchakli, uch bo’linmali temir betondan ishlangan tindirgich bo’lib, uning bo’linmalari orasida chiqindi suvlar o’tishi uchun maxsus teshiklar ochilgan. Septikda chiqindi suv 6-12 soat, goxo 24 soat davomida tindiriladi. Septik tindirgichlarda suvdagi osig’liq moddalarning 70% ushlab qolinadi. Cho’kma uzoq vaqt davomida suv ostida oksigensiz, ya’ni anaerob sharoitda chiritiladi, bu jarayon nordon achish reaksiyasi bilan kechadi, bunda noxush hid chiqaradigan gazlar, vodorod sulfit va boshqalar paydo bo’ladi. Organik moddalar zarrachalari parchalanib yengillashadi, gazlar yuzaga chiqa boshlaydi, ular tufayli yengillashib qolgan zarrachalar suv yuzasiga ko’tarilib, parda qatlamlari paydo bo’ladi. So’ngra suv sirtida qalin po’stloqka o’xshash qatlamlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |