Ikki yarusli tindirgichlar:
Bu tindirgichlar boshqalardan shu bilan farq qiladiki, ularda muallaq moddalarning cho’kishi yuqori yarusdan pastki yarus tagiga cho’ka boshlaydi. Yuqorida joylashgan yarusdagi chiqindi suvda cho’kayotgan muallaq moddalar uning 0,15 m li teshigidan yarus tagiga tushib ketaveradi. Teshik bilan cho’kma oralig’ida 0,5 m li betaraf qavat qoladi. Uning vazifasi tindirgichga oqib kelayotgan yangi suvni cho’kmadan ajratish, septikdagi kamchilikni bartaraf qilish, chiqindi suvning cho’kmaning chirigan mahsulotlari bilan to’yintirilishini oldini olish.
Avvaldan havolantirish. Birlamchi tindirgichlardan oldin chiqindi suv havo bilan aralashtiriladi. Bunda kolloid moddalar flokkulyatsiyalanib, zarrachalar yiriklashadi va tindirgichni ish ko’rsatkichi 58% ortadi.
Biokoagulyatsiya. Birlamchi vertikal tindirgichlarda pereaerator bo’lsa, biokoagulyator deb ataldi. Biokoagulyatorda havodan tashqari aktiv il ham beriladi. Bunda ish samaradorligi 65-75% yetadi. Bundan tashqari biokoagulyator KBE ni 25-35% gacha kamaytiradi, shu bilan birga og’ir metal ionlarini ham kamaytiradi.
Metantenk
Temir betonli rezervuar bo’lib, asosi konussimon. Jarayonni tezlashtirish uchun bug’ yoki issiq suv yordamida isitiladi. Hosil bo’lgan gaz (metan) gaz yig’uvchida yig’iladi. Bu gaz inshoatning qozonxoiasida yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Metantenkda cho’kma achishini ikki davrga bo’lish mumkin. Birinchi davrda achish jarayoni nordon reaksiyali bo’ladi, bu achish anaerob mikroorganizmlar yordamida kechib, natijada yog’ kislotalari, aminokislotalar, spirtlar, ammiak va boshqalar hosil bo’ladi. Cho’kmaning hajmi kamaymaydi, yomon hid chiqaradi va chiriy boshlaydi.
Keyingi bosqichda cho’kmani quritish va namligini kamaytirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun maxsus cho’kma quritish maydonlari (il ) maydonlari tashkil qilinadi. Cho’kma maydonlari chuqur bo’lmagan tekis yo’ldan kovlanib quriladi. Bu chuqurlik filtrlovchi materiallar bilan to’ldiriladi. Agar yer osti suvlari filtrlangan cho’kmaning suvlari bilan ifloslanmagan bo’lsa, cho’kmani yerning o’ziga to’kish mumkin. Yer osti suvlarining ifloslanish xavfi tug’ilsa, unda cho’kma tushiriladigan joyga drenaj naylar o’rnatiladi, usti esa 30-50 sm qalinlikda filtrlovchi material bilan qoplanadi.
Cho’kma 20-30 sm qalinlikda tayyorlangan maydonga temir quvurlar orqali oqiziladi. Cho’kma ostidagi filtr namlikni tez o’tkazadi.
Yuqorida berilgan ma’lumotlarga asosan sanitariya shifokorlari chiqindi suvlarni tozalash usullari ularda qo’llaniladigan tozalash inshoatlari, zararsizlantirish usullarini to’g’ri tanlash va ularga gigiyenik baho berishga imkon beradi. Shu bilan suv havzalarini sanitariya muxofazasiga qaratilgan sanitar texnik chora tadbirlarni ishlab chiqishga va qo’llashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |