O’tgan zamon sifatdoshlari (geçmiş sıfatfiilleri);
O’tgan zamon sifatdoshlari ikki xil shaklda namoyon bo’ladi: -miş, -dik; (pişmiş aş, tanıdık adam).
-miş sifatdoshlari ko’pincha o’timsiz va passiv fe’l negizlaridan yasalgan passiv (edilen) sifatdoshlar bo’ladi va sifat kabi qo’llanadi: geçmiş, düşmüş, kokmuş, kurumuş, kesilmiş, bükülmüş, kavrulmuş, katlanmış, tanınmış kabi.
Bunday sifatdoshlar egalik qo’shimchasi olmaydi va ergash gapning kesimi bo’lgan holda bosh gap unsurlaridan birining sifati (aniqlovchisi) bo’lib keladi: Bütün ülkeyi dolaşmış bir gazeteciyle konuştum.
Shuningdek, ular ergash gap ichida olmoshlar kabi kelishik qo’shimchalari olgan holda qo’llanadi: “Mevlam sabırlar versin, yarinden ayrılmışa”. Tecrübe görmüş aldanmaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |