Saçımı kestirdim. – kimga? – Berbere.
Sütü içirdi. – kimga? – Çocuğa.
Albatta, bunday gaplarda har doim grammatik vositasiz to’ldiruvchi ishtirok etadi.
Undan tashqari, orttirma nisbatda faqat ish bajarish emas, bir narsa, voqea-hodisaning bo’lishi, ro’y berishi ham mumkin: Kadın onu güldürdü. Şoför arabayı durdurdu. Bekçi ışıkları söndürdü. Fırsatı kaçırmayınız. Bu yolu kısaltacaklar kabi.
Turk tilida orttirma nisbat, asosan, –tir- qo’shimchasi yordamida yasaladi (döndürmek, sevdirmek). Bu qo’shimcha eski turkchadagi -it- va -ir- fe’l orttirma nisbati qo’shimchalarining ustma-ust kelishi natijasida yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |