19 – MAVZU. ORTTIRMA NISBAT. (ETTIRGEN ÇATI)
Fe’lning orttirma nisbati fe’l o’zak yoki negiziga –dir-(-it-, -ir-) qo’shimchasi qo’shilishi orqali yasaladi. Bunda gapning egasi bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo’lmaydi va boshqa otni ish-harakatning bajaruvchisiga aylantiradi: Saçını kestirmişsin. Komşum ustaya bir çardak yaptırdı. O mektubu size okutacağım. Zeynep çocuğa sütü içirdi kabi.
Bu yerda qatnashsa-qatnashmasa, ikki ot(ega) bor. Biri grammatik nuqtai nazardan ot-ega, ishni bajartiruvchi (yuqorida Komşu va Zeynep), ikkinchisi mantiqan ot-ega (usta, çocuk). Ko’pincha jo’nalish kelishigida kelgan va gap ichida grammatik jihatdan eganing mantiqan to’ldiruvchisi bo’lgan mantiqiy ega ta’kidlanmagan bo’lsa, bir savol bilan yuzaga chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |