1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar



Download 136,79 Kb.
bet22/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

Tartib sonlar (sıra sayı sıfatları) predmetlarning sirasini ko’rsatadi. Ular otdan ot yasovchi –nci (-ncı, -ncű, -ncu) qo’shimchasi yordamida sanoq sonlardan yasaladi. Qadimgi turk tilida tartib son yasovchi affiks –inç bo’lgan (űçűnç, sekizinç), keyinchalik bu affiks –i egalik qo’shimchasi bilan uzaytirib qo’llanila boshlangan.4

Sanoq son undosh tovush bilan tugagan bo’lsa yasovchi qo’shimchadan oldin –i unlisi va uning variantlari orttiriladi (-inci, -ıncı, -űncű, -uncu): bir-inci, iki-nci, űç-űncű, dörd-űncű, beş-inci, altı-ncı, dokuzuncu, beş yüz kırk üçüncü va h.

Turk tilshunosligida darajani ko’rsatuvchi sonuncu, kaçınçı, filancı, ortancı kabi so’zlarni ham tartib sonlar jumlasiga kiritish mumkin. Shuningdek, turk tilidagi ikindi so’zi, aslida, ikinci dir, ammo keyinchalik bu so’z faqat kun vaqtini ko’rsatadigan bo’ldi. Ertalabgi (bomdod) namoz quyosh chiqmasdan o’qilgan. İkindi namazı esa quyosh chiqqandan keyin o’qilgan ikkinchi namozdir. Shu bois ikkinchi nomoz, ya’ni ikindi namazı nomini olgan.

Tartib sonlardan keyin keluvchi otlar ko’plik qo’shimchasini olishi mumkin: birinci sınıflar, üçüncü şahıslar.

Turk tilida yana bir guruh sonlar borki, ular üleştirme sayı sıfatları (ulashtiruv sonlari) deb nomlanadi. Bu sonlar predmetlarning miqdorini guruh-guruh qilib ko’rsatadi. Ular ayiruv, bo’luv, baham ko’ruv, tarqatuv ma’nolarini ifodalaydi. Bunday sonlar sanoq sonlarga otdan ot yasovchi –er (-ar, -şer, -şar5) qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan yasaladi: bir-er (bittadan yoki bitta-bitta), üç-er (uchtadan yoki uchta-uchta). Xuddi shunday: dokuz-ar, on-ar, iki-şer, yedi-şer, altı-şar va h.

So’z birikmasi shaklidagi sonlarning ulashtiruv shakllari ikki xil tarzda yasaladi: on biner – onar bin, beş yüzer – beşer yüz kabi. Og’zaki nutqda bu juft misollardagi faqat ikkinchi shakllar birichisidan faolroq qo’llanadi. Ayniqsa, minglik sonlarda otuzar bin, ellişer bin shakllari otuz biner, elli biner shakllaridan ko’ra ko’proq qo’llanadi.

Xuddi shu qo’shimcha bilan yasalgan teker, azar, kaçar so’zlari ham ulashtiruvni ifodalaydi. Ular ko’pincha takrorlanib (ikkilanib) keladi: teker teker (bitta bitta, bitta bittalab, yakka yakka), azar azar (oz oz, oz ozdan), kaçar kaçar (nechtadan, nechta nechta, nechta nechtadan). Bulardan faqat kaçar so’zi nutqda son sifatida qo’llanishi mumkin (kaçar gün - necha kundan). Bunday sonlardan keyin keluvchi otlar ko’plik qo’shimchasi olmaydi, chunki ularning o’zida ko’plik ma’nosini aks etib turadi (ikinci sınıflar, üçüncü şahıslar).


Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish