bet 38/40 Sana 26.01.2022 Hajmi 134,36 Kb. #412149
Bog'liq
Fizika tes 1-40 mavzular
38-mavzu.(Test)
1. Berk idishda faqat to‘yingan suv bug‘i bor (suv yo‘q). Idish isitilganda , bug‘ molekulalarining konsentratsiyasi qanday o‘zgarishini toping.
A) orgishi ham, kamayishi ham mumkin
B) ortadi C) kamayadi D) o‘zgarmaydi
2. Qanday holda gazlarni suyuqlikka aylantirish mumkin bo‘ladi?
A) kritik temperaturadan past temperaturalarda
B) har qanday temperaturada
C) faqat kritik temperaturada
D) kritik temperaturadan past temperaturada.
3. Kritik temperatura nima?
A) bug‘lanish temperaturasi
B) qaynash temperaturasi
C) bug‘ zichligi suyuqlik zichligidan katta bo‘la boshlaydigan temperatura
D) gazni (bug‘ni) siqish yo‘li bilan suyuqlikka aylantirib bo‘lmaydigan eng past temperatura
4. Laboratoriyada 1-yopiq idishda suv va suv bug‘i bor, 2-idishda esa faqat to‘yingan suv bug‘i bor. Harorat ortganda, bu idishlardagi bosim qanday o‘zgarishini aniqlang. A) 1-idishda ko‘proq ortadi
B) 2-idishda ko‘proq ortadi
C) Ikkalasida bir xil ortadi
D) 1-idishda o‘zgarmaydi, 2-idishda ortadi
5. Ta’rifni davom ettiring:
"Havodagi suv bug‘ining parsial bosimi qaralayotgan hajmda - ...
A) ... boshqa gazlar bo‘lmaganda suv bug‘i berishi mumkin bo‘lgan bosim"
B) ... suv bug‘i to‘yinganda hosil qiladigan bosim"
C) . ..suv bug‘ining kritik temperaturadagi bosimi"
D) ... havoniig barometr ko‘rsatadigan bosimi
6. Moddaga tegishli bo‘lgan kritik temperaturadan yuqori temperaturalarda u qanday agregat holatda bo‘ladi?
A) gaz va suyuq B) qattiq C) to‘yingan bug‘ D) gaz
7. Qanday holatda jismning zichligi harorat ortishi bilan ortadi?
A) to‘yinmagan bug‘ holatida
B) suyuq holatda C) qattiq holatda
D) to‘yingan bug‘ holatidagi
8. Quyidagi jumlalarning qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
A) To‘yingan bug‘ Mendeleev-Klapeyron qonuniga bo‘ysinadi.
B) To‘yingan bug‘ning elastikligi o‘zgarmas temperaturada bug‘ egallab turgan hajmga bog‘liq emas.
C) Temperatura qancha yuqori bo‘lsa to‘yingan bug‘ning elastikligi shuncha katta bo‘ladi.
D) O‘zining suyuqligi bilan dinamik muvozanatda bo‘lgan bug‘ to‘yingan bug‘ deyiladi.
9. O‘zgarmas tashqi bosimda qaynash boshlanib, suv qaynab tamom bo‘lguncha uning harorati qanday o‘zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
E) avval ortadi, so‘ngra pasayadi
10. Germetik berk idishdagi suv 104°C da qaynadi. Buning sababi nima?
A) Idishdagi bosim normal atmosfera
bosimidan yuqori.
B) Idishdagi bosim normal atmosfera
bosimidan past.
C) Suv juda sekin isitilgan.
D) Suv juda tez isitilgan.
11. Pallali taroziga ikkita bir xil idish qo‘yilgan. Bir xil bosim va bir xil haroratda idishlardan biri quruq ikkinchisi nam (to‘yingan suv bug‘i) havo bilan to‘ldirilgan. Idishlardan qaysi biri og‘ir? Havoning molyar massasi 29·10 3 kg/mol suvning molyar massasi 18·10 3 kg/mol ga teng.
A) idishlar bir xil ogirlikga ega
B) nam xavoly idish
C) quruq havoli idish
D) ma’lumotlar yetarli emas
Do'stlaringiz bilan baham: