36-mavzu.(Test)
1. Ballondagi ideal gazning qancha qismi chiqib ketganda, uning bosimi 3 marta, temperaturasi esa 2 marta kamayadi?
A) 2/3 B) 1/2 C) 0,4 D) 1/3
2. Gaz molekulalarining konsentratsiyasi 2 marta kamayib, harorati 2 marta ortsa, uning bosimi qanday uzgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi
3. Usti ochiq idishdagi 30°C haroratli gazning zichligini 2 marta kamaytirish uchun, uning temperaturasini qanchaga orttirish kerak bo‘ladi?
A) 293K B) 273K C) 303K D) 40K
4. 83,1 kPa bosim va 23°C haroratdagi vodorod zichligini aniqlang (kg/m3).
A) 0,83 B) 0,08 C) 0,05 D) 0,02
5. 831 kPa bosim va 127°C temperaturadagi azotning zichligini (kg/m3) toping.
A) 7 B) 1,62 C) 1,68 D) 6,8
6. Normal sharoitda 500 mol kislorod gazi qancha hajmni egallaydi (m3)?
A) 16 B) 32 C) 11,2 D) 22,4
7. Massasi 0,2 kg gaz 27°C temperaturada va 300 kPa bosimda 831 l hajmni egallaydi. Bu qanday gaz?
A) vodorod B) geliy C) kislorod B) uglerod
8. Massasi 20 g gaz 600 K temperaturada va 8,31 MPa bosimda 6 l hajmni egallaydi. Bu qanday gaz?
A)vodorod B)kislorod C)geliy B)azot
9. Hajmi 290 m3, bosimi 831 kPa va temperaturasi 17°C bo‘lgan vodorodning massasini aniqlang (kg).
A) 200 B) 100 C) 300 D) 150
10. Hajmlari teng bo‘lgan uchta idishda 1 mol miqoridagi N2 , O2 va CO2 bor. Gazlarning temperaturalari bir xil bo‘lsa idishdagi bosimlar qanday munosabatda bo‘ladi?
A) Rn2=Ro2=Rco2 B) Rco2>Ro2>Rn2
C) Rn2>Ro2>Rco2 D) Rco2>Ro2
11. Hajmi 40 l bo‘lgan idishda temperaturasi 600 K va bosimi 200 kPa bo‘lgan gaz turibdi. Modda miqdorini hisoblang.
A) 3,2 mol B) 1,6 mol
C) 4,8 mol D) 0,8 mol
12. Agar 27°C da 6 m3 gaz bosimi 1 N/sm2 bo‘lsa, shu gazning hajmi 2 m3, temperaturasi 47°C bo‘lganda, bosimi qancha bo‘ladi (kPa)?
A) 25 B) 36 C) 20 D) 32
13. Gaz temperaturasi 300 K ga ko‘tarilganda, bosim va hajm 2 martadan ortgan bo‘lsa, uning oxirgi temperaturasini toping (K).
A) 1200 B) 900 C) 600 D) 400
14. Agar ballondan gaz chiqishi natijasida gazning massasi 1,5 marta, temperaturasi 1,4 marta kamaygan bo‘lsa, bosim necha marta pasaygan bo‘ladi?
A) 1,5 marta B) 1,4 marta
C) 2,1 marta D) 2,9 marta
15. Ideal gaz temperaturasi 300 K ga ko‘tarilganda, bosim va hajm 2 martadan ortgan bo‘lsa, uning dastlabki temperaturasini toping (K).
A) 75 B) 100 C) 150 D) 250
Do'stlaringiz bilan baham: |