1. Gaz ideal bo‘lishi uchun nimalarni hisobga olmaslik kerak?
A) molokulalarning to‘qnashuvini
B) molekulalarning to‘qnashgandagi o‘zaro ta’sirini
C) molekulalarning harakatini
D) molekulalarning masofada ta’sirlashishini
2. Ballondagi geliy gazining harorati 127°C dan 527°C gacha ko‘tarilsa, gaz zichligi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi
3. Ballondagi kislorodning harorati 327°C dan 27°C gacha pasaysa, uning konsentratsiyasi qanday o‘zgaradya?
A) 4 marta ortadi B)2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) o‘zgarmaydi
4. Gazning hajmi 2 marta ortib, molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi shuncha marta kamaysa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 8 marta kamayadi
C) 4 marta kamayadi D) 8 marta ortadi
5. Molekulalari bir xil konsentratsiyada va bir xil o‘rtacha kvadratik tezlikda bo‘lgan kislorod va vodorodning bosimlarini taqqoslang.
A) 1:1 B) 16:1 C) 2:3 D) 8:3
6. Agar bir atomli gazning hajmi 2 marta kamaytirilsa va molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi 2 marta oshirilsa, uning bosimi necha marta o‘zgaradi?
A) 8 marta kamayadi B) 8 marta ortadi
C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi
7. Zichliklari va o‘rtacha kvadratik tezliklari bir xil bo‘lgan kislorod va vodorod gazi bosimlarining nisbatini aniqlang.
A) 16 B) 1 C) 1/16 D) 1/32
8. Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi 4 marta ortib, o‘rtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaysa, gaz bosimi necha marta o‘zgaradi?
A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi
C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
9. Ideal gazning zichligi 3 kg/m3 va bosimi 360 kPa bo‘lsa, gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi qancha bo‘ladi (m/s)?
A) 100 B) 300 C) 600 D) 900
10. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadrat tezligi 30% ga ortsa, gaz bosimi qanday o‘zgarishini toping.
A) 25% ga ortadi B) 69% ga ortadi
C) 10% ga ortadi D) 20% ga ortadi
11. Agar gaz molekulalarining konsentratsiyasi va o‘rtacha kvadratik tezligi 2 martadan oshsa, bosimi qanday o‘zgarishini toping.
A) o‘zgarmaydi B) 8 marta oshadi
C) 2 marta oshadi D)4 marta oshadi
12. Zichligi 1,5 kg/m3, bosimi esa 45 kPa bo‘lgan gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblab toping (m/s).
A) 300 B) 600 C) 3000 D) 1500
13. Zichligi 1kg/m3, bosimi 270 kPa, bo‘lgan gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi aniqlansin (m/s).
A) 450 B) 900 C) 9 D) 5196
14. Molekulyar fizika va termodinamikadagi SI sistemasiga kirgan asosiy birliklarni ko‘rsating.
A) mol; Pa B) K; Pa
C) mol; J D) mol; K.
15. Temperaturaning Selsiy shkalasi bo‘yicha pastki chegarasi nimaga teng (0C)?
A) - B) -273 C) -100 D) 0
16. Temperaturasi 287°C bo‘lgan azot molekulasining o‘rtacha kvadratik tezligi qanchaga teng bo‘ladi (m/s)? Mazot=28 g/mol.
A) 280 B) 700 C) 560 D) 350
17. Qanday temperaturadagi kislorod gazi molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 100 K temperaturadagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligiga teng bo‘ladi (K)?