2-mavzu.(Test)
1.Jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida qoldirgan izi ... deb ataladi. 1)ko‘chish; 2) traektoriya; 3) yo‘l
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3
2. Jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Moddiy nuqtaning boshlang‘ich vaziyati bilan oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi yo‘nalishga ega bo‘lgan kesmaga .… deb ataladi. 1)ko‘chish; 2)traektoriya; 3) yo‘l
A) 3 B) 1 C) 2 D) 1,2,3
3. Jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida qoldirgan izining uzunligiga .…. deb ataladi. 1) ko‘chish; 2) traektoriya; 3) bosib o‘tilgan yo‘l
A) 1 B) 3 C) 2 D) 1, 3
4. Jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Vaqt o‘tishi bilan jismning fazodagi vaziyatini boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga ..… deyiladi.
A) mexanik harakat B) traektoriya C) bosib o‘tilgan yo‘l D)ko‘chish
5. Jumlaning mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, gapni to‘ldiring. Harakati o‘rganilayotgan jismning o‘lchami va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism .... deb aytiladi.
A) qattiq, jism B) moddiy nuqta C) elastik jism D) qo‘zg‘almas jism
6. Poezd Samarqanddan Toshkentga keldi. Bunda lokomotiv bosib o‘tgan yo‘l bilan oxirgi vagon bosib o‘tgan yo‘l baravarmi? Ushbu masalada poezdni moddiy nuqta deb qarash mumkinmi?
A) ha; mumkin B) yo‘q; mumkin emas C) yo‘q; mumkin D)ha;mumkin emas
7. Uzunligi 450 m ga teng bo‘lgan yo‘lovchi poezd, 300 m uzunlikdagi ko‘prikdan o‘tdi. Bunda poezdning bosib o‘tgan yo‘li nimaga teng?
A) 450 m B) 300 C) 150 m D) 750 m
8. Sportchi uzunligi 400 m bo‘lgan yugurish yo‘lakchasini 2 marta aylanib chiqib, start berilgan joyga qaytib keldi. Bu harakatda sportchining bosib o‘tgan yo‘li L(m) va uning ko‘chish moduli S(m) nimaga teng?
A) L=800; S=400 B) L=400; S=800
C) L=800; S=0 D) L=S=800
9. Sportchi suv havzasida 25 m uzunlikdagi to‘g‘ri masofani 2 marta suzib o‘tdi (bordi va qaytdi). Bunda uning suzgan yo‘l uzunligi - L(m) va ko‘chish moduli - S(m) nimaga teng?
A) L=50; S=0 B) L=25; S=25 C) L=25; S=0 D) L=50; S=25
10.Jism gorizontga 60° burchak ostida harakatlanib, 300 m balandlikka ko‘tarildi Jismning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishini aniqlang (m).
A) 70 B) 150 C) 280 D ) 346
11. Tennis koptogi 3 m balandlikdan yerga tushdi va yerdan qaytib ko‘tarilayotganda, 70 sm balandlikda tutib olindi. Koptokning yo‘li va ko‘chishini toping.
A) 3 m; 70 sm B) 3,7 m; 2,3 m C) 3,7 m; 2,03 m D) 3 m; 2,3 m
12. Velosipedchi to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab g‘arbga tomon 7 km yurdi, so‘ngra qaytib sharq tomon yana 3 km yo‘l yurdi. Velosipedchining yurgan yo‘li-L(km) va ko‘chish moduli-S(km) nimaga teng?
A) L=10; S=4 B) L=10; S=10 C) L=3; S=4 D) L=4; S=3
13. Biror jismning tekislikdagi harakati davomida koordinatalari (6; 4) dan (9; 8) ga o‘zgardi. Ko‘chish modulini toping (m).
A) 12 B) 14 C) 7 D) 5
14. Avtomobil gorizontga nisbatan 30° burchak hosil qilgan qiyalikdan 200 m ga ko‘tarildi. Avtomobilning gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishini toping.
A) 173 B) 100 C) 200 D) 141
15. Chana gorizont bilan 45° burchak hosil qilgan tepalikdan pastga tomon 100 m masofani bosib o‘tdi. Chananing vertikal va gorizontal yo‘nalishlardagi ko‘chishini toping (m).
A) 71;100 B) 71;71 C) 100;71 D) 50;50
Do'stlaringiz bilan baham: |