1. 2 kg massali jism 5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmokda. Jismga ta’sir etuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nimaga teng (N)?
A) 2,5 B) 0,4 C) 10 D) 50
2. 6 N kuch ta’sir etayotgan jismning harakat tenglamasi x=5+2t+3t2 (m) ko‘rinishda bo‘lsa jism massasini aniqlang (kg).
A) 12 B) 6 C) 2 D) 1
3. Massasi 100 g bo‘lgan jismga 1 N kuch ta’sir qila boshladi. 5 s da jism necha metr yo‘l o‘tadi? o=0.
A) 100 B) 120 C) 125 D) 95
4. O‘zgarmas bir xil kuch ta’sirida harakatlanayot-gan ikki jismning harakat tenglamalari x2=5t2 va x2=2t2 ko‘rinishga ega. Jismlarning massalari necha marta farq qiladi?
A) 10 B) 5 C) 2,5 D) 4
5.Tekis tezlanuvchan ravishda tik ko‘tarilayotgan vertolyot parragi uchidagi nuqtaning vertolyot korpusi bilan bog‘langan sistemadagi traektoriyasi qanday chiziqdan iborat?
A) aylana B) nuqtali C) to‘g‘ri D) vintsimon
6. Agar tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismga ta’sir qiluvchi hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisi biror paytdan boshlab nolga aylansa, shu paytdan boshlab jism ...
A) o‘zgarmas tezlanish bilan harakatini davom ettiradi. B)tekis sekinlanuvchan harakat qiladi.
C) erishgan tezligi bilan tekis harakat qiladi
7. Volga yengil avtomobilining massasi 2 t, Lada avtomobiliniki 1 t. Volga avtomobilining tortish kuchi Lada avtomobilinikidan 1,4 marta katta bo‘lsa, avtomobillar tezlanishlarining nisbati nimaga teng bo‘ladi?
A) 2 B) 1 C) 1,2 D) 0,7
8. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan poezd polida turgan yukni qaysi yo‘nalishida siljitish uchun eng kam kuch talab qilinishini toping.
A) poezd harakati yo‘nalishiida B) poezd harakatiga perpendikulyar
C) poezd harakatiga qarama-qarshi D) hamma yo‘nalishilarda bir xil.
9. Gorizontal stolda yotgan jismga o‘zgarmas gorizontal kuch qo‘yilgan. Kuchning ta’sir vaqtida qaysi kattalik o‘zgarmaydi?
A) jismning vaziyati B) tezligi
C) tezlanishi D) impulsi
10. Nuqtaga ta’sir qilayotgan ikkita F1=F2=5 H kuchning teng ta’sir eguvchisi 53 N ga teng bo‘lsa, kuchlar orasidagi burchakni toping.
A) 0° B) 30° C) 45° D) 60°
11. Qandaydir jismning bitta nuqtasiga 6 N va 8 N kuch 90° burchak ostida qo‘yilgan. Jismga ta’sir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).
A) 10 B) 2 C) 8 D) 14
12. Jismning bitta nuqtasiga 6 N va 8 N ga teng kuchlar 180° burchak ostida qo‘yilgan. Jismga ta’sir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).
A) 2 B) 6 C) 8 D) 10
13. Jismning bitta nuqtasiga ikkita 6 N va 8 N kuch o‘zaro 0° burchak ostida qo‘yilgan. Jismga ta’sir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).
A) 14 B) 10 C) 8 D) 6
14. Jismning bitta nuqtasiga 10 N dan bo‘lgan ikkita kuch 60° burchak ostida qo‘yilgan. Jismga ta’sir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N).