10-mavzu.(Test)
1. Gravitatsion doimiyning o‘lchov birligini ko‘rsating.
A) N B) N m C)N m2 D) Nm2/kg2
2. Yer yuzida massasi 1 kg bo‘lgan jismga qancha og‘irlik kuchi ta’sir etadi?
A) 9,8 N B)10,8 N C)10,98 N D) 0,98 N
4. Jismning inert massasi va gravitatsion massasi qanday farq qiladi?
A) farq qilmaydi B) inert massa katta C) gravitatsion massa katta D) inert massa nolga teng
5. Butun olam tortishish qonunidagi gravitatsion doimiyning ma’nosini tushuntiring.
A) massalari 1 kg dan va oralaridagi masofa 10 m bo‘lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng kattalik
B) massalari 1 kg dan bo‘lgan ikkita jismning og‘irlik kuchlari yigandisiga teng kattalik
C) massalari 10 kg dan va oralaridagi masofa 1 m bo‘lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng kattalik
D) massalari 1 kg dan va oralaridagi masofa 1 m bo‘lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng kattalik
6. Radiusi Yernikidan 2 marta katta, massasi Yer massasidan 4 marta katta bo‘lgan sayyorada og‘irlik kuchi Yerdagidan necha marta farq qilishini aniqlang.
A) 2 marta katta B) 4 marta katta C) farq qilmaydi D) 2 marta kichik
7. Agar Oy radiusi Yer radiusidan 3,6 marta, massasi esa 81 marta kichik bo‘lsa, Oy uchun erkin tushish tezlanishini aniqlang (m/s2);
A) 1,7 B) 1,6 C) 1,8 D) 1,9
8. Yer sirtidan qanday balandlikda (km) og‘irlik kuchi Yer sirtidagi ogchrlik kuchining 64 foizini tashkil qiladi?
A) 1500 B) 1400 C) 1700 D) 1600
9. Yer yuzidan Yer radiusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi nimaga teng (m/s2)? Yer yuzida g=10 m/s2.
A) 10 B) 5 C) 2,5 D) 1.25
10. Massasi 0,2 kg bo‘lgan yuk osilganida 5 sm uzunlikdagi prujina 1 sm uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m)
A) 2000 B) 100 C) 200 D) 400
11. Tik turgan elastik prujina ustiga massasi 2 kg bo‘lgan yuk qo‘yilganda u 10 sm ga siqildi. Prujinaning bikrligini toping (N/m).
A) 1000 B) 200 C) 100 D) 10
12. O‘zaro parallel ulangan ikkita bir xil prujina ketma-ket ulanganda, ularning umumiy bikrligi qanday o‘zgaradi?
A) o‘zgarmaydi B) 4 marta oshadi C) 4 marta kamayadi D) 2 marta oshadi
13. Har birining bikrligi k bo‘lgan 2 ta bir xil prujinalarni ketma-ket ulash natijasida hosil bo‘lgan prujinaning bikrligi qanday bo‘ladi?
A) k B) k/2 C) 2 k D) 3k
14. 72 km/soat tezlik bilan to‘g‘ri chiziq, bo‘ylab harakatlanayotgan, massasi 400 g bo‘lgan jism tormozlash natijasida 10 sekunddan keyin uning tezligi 15 m/s ga tushdi. Tormozlash kuchini toping(mN).
A) 1 105 B) 2 105 C) 3 105 D) 200
15. Muz ustidagi shayba turtib yuborilgach, u 5 s da 100 m masofani o‘tib to‘xtadi. Shaybaning massasi 100 g bo‘lsa, ta’sir etuvchi ishqalanish kuchini toping(N)
A) 2 B) 1,6 C) 0 1 D) 0,8
Do'stlaringiz bilan baham: |