13-mavzu.(Test)
1. 20 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan motosikl dvigateli o‘chirildi. Agar ishqalanish koefitsienti 0,05 ga teng bo‘lsa, motosikl qancha masofani o‘tib to‘xtaydi (m)?
A) 25 B) 200 C) 150 D) 400
2. 72 km/soat tezlik bilan to‘g‘ri chiziq, bo‘ylab harakatlanayotgan, massasi 400 kg bo‘lgan poezdni tormozlash natijasida 10 sekunddan keyin uning tezligi 15 m/s ga tushdi. Tormozlash kuchini toping(N)?
A) 1 105 B) 2105 C) 3105 D) 200
3. Muz ustidagi shayba turtib yuborilgach, u 5 s da 100 m masofani o‘tib to‘xtadi. Shaybaning massasi 100 g bo‘lsa, ta’sir etuvchi ishqalanish kuchini toping(N)?
A) 2 B) 1,6 C) 0 1 D) 0,8
4. Tezligi 27 km/soat bo‘lgan tramvay, tormoz berilgach, qancha vaqtdan (s) so‘ng to‘xtaydi Tormozlanish kuchi og‘irlik kuchining 0,25 qismini tashkil etadi.
A) 6 B) 3 C) 4,5 D)TJY
5. 36 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomobilga tormoz berilgach, u 40 m yo‘l bosib to‘xtadi. Ishqalanish koeffitsientini toping.
A) 0,25 B) 0,4 C) 0,125 D) 0,65
6. Agar jismning qiya tekislik bo‘yicha sirpanish ishqalanish koeffitsienti 0,2 bo‘lsa, sirpanishdagi tezlanish qanday bo‘ladi (m/s2)? Qiyalik burchagi 45°.
A) 53 B) 5,7 C) 5,5 D) 6
7. Agar qiya tekislikning balandligi uzunligining yarmiga teng bo‘lsa, jism qiya tekislikdan sirpanib tushmasligi uchun ishqalanish koeffitsienti kamida qancha bo‘lishi kerak bo‘ladi?
A) 0,64 B) 0,58 C) 0,48 D) 0,7
8. Gorizont (ufq) bilan burchak tashkil qiluvchi qiya tekislikdagi jism og‘irlik kuchining jismni pastga tomon sirpantiruvchi tashkil etuvchisi qanday ifodalanishini javoblardan ko‘rsating.
A) mg B) mgsin C) mg D) 0
9. Qiyalik burchagi 30° bo‘lgan qiya tekislikdan jism tekis sirpanib tushmoqda. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsientini toping.
A)3/3 B) 3/2 C) 0,4 D) 0,5
10.Qiya tekislikda harakatsiz yotgan jism tekislikka tik ravishda bosilsa, jism va tekislik orasidagi ishqalanish kuchi qanday o‘zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi D) nolga tenglashadi
11. Yengil avtomobilning tezligi va g‘ildirak bilan asfalt orasidagi ishqalanish koeffitsienti ham 4 marta oshsa tormozlash yo‘li qanday o‘zgaradi?
A) o‘zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) 2 marta kamayadi D) 4 marta ortadi
12. -burchakli qiya tekislik bo‘ylab ishqalanish bilan tushayotgan jismning tezlanishi, erkin tushish tezlanishining qancha qismini tashkil etishini toping.
A) cos -sin B) cos C) sin - cos D) sin
13. Stol ustida 1,6 m uzunlikdagi bir jinsli zanjir yotibdi. Zanjir bilan stol orasidagi ishqalanish koeffitsienta 0,6 ga teng. Stoldan sirpanib tushib ketmasligi uchun, uning pastga osilib turgan qismining maksimal uzunligi qancha bo‘lishi kerak (sm)?
A) 60 B) 42,5 C) 52,5 D) 37,5
14. Biror jism qiya tekislikdan ishqalanishsiz 5 m/s2 tezlanish bilan ishqalanishsiz tushmoqda. Qiyalik burchagi qanchaga teng bo‘ladi?
A) 30° B) 45° C) 60° D) 90°
15. Silliq qiya tekislikning uzunligi 200 sm, balandligi esa 30 sm. Ishqalanish bo‘lmaganda, jism qiya tekislikda qanday tezlanish bilan sirpanadi (m/s2)?
A) 0,1 B) 1 C) 1,5 D) 0,01
16. Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 30° bo‘lsa, jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s2)? Ishqalanish kuchi hisobga olinmasin.
A) 5 B) 5/2 C) 3 D) 7
Do'stlaringiz bilan baham: |