14-mavzu.(Test)
1. Qo‘zg‘almas vaznsiz blok orqali o‘tkazilgan chilvirga massalari 6 va 2 kg bo‘lgan yuklar osilgan. Ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi?
A) 6 m/s2 B) 5 m/s2 C) 2 m/s2 D) 2,4 m/s2
2. Ot chanani tepalikka tomon tortmoqda. Agar tepalikning qiyaligi 6:10, chananing og‘irligi 500 N bo‘lsa, otning tortish kuchini aniqlang (N). Ishqalanish kuchini hisobga olmang.
A) 300 B) 240 C) 260 D) 320
3. 40 sm uzunlikdagi ipga osilgan suv to‘ldirilgan chelak vertikal tekislikda aylanmoqda. Suv chelakdan to‘qilmasligi uchun chelakning eng kichik chiziqli tezligi nimaga teng bo‘lishi kerak (m/s)?
A) 2 B) 4 C) 3 D) 4,4
4. Qiyaligi 37° bo‘lgan qiya tekislikda sirpanib tushayotgan jismning tezlanishini toping (m/s2). Jism bilan qiya tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng. (sin37°=0,6).
A) 5,7 B) 6,5 C) 7,7 D) 4,4
5. 10 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning maksimal ko‘tarilish balandligi 4 m ga teng bo‘lsa, havoning o‘rtacha qarshilik kuchi og‘irlik kuchining qancha qismini tashkil etadi?
A) 0,2 B) 0,25 C) 0,4 D) 0,5
6. Jismning og‘irlik kuchi havoning qarshilik kuchiga teng bo‘lganda, jism 40 m balandlikdan qancha vaqtda tushadi? Jismning yerga urilish vaqtidagi tezligi 10 m/s ga teng.
A) 2 B) 4 C) 8 D) TJY
7. Havoda massasi 20 kg bo‘lgan jism 8 m/s2 tezlanish bilan pastga tushmoqda. Havoning qarshilik kuchini toping (N).
A) 40 B) 5 C) 8 D) 10
8. Agar massasi 6 kg bo‘lgan jism 80 m balandlikdan tushib, qumga 4 sm chuqurlikkacha kirgan bo‘lsa, qumning o‘rtacha qarshilik kuchini toping (kN)?
A) 2 B) 4 C) 8 D) 120
9. 8 tonna massali yuk mashinasi joyidan 1 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘aldi. Harakatga qarshilik koefitsienti 0,05 ga teng bo‘lsa, tortish kuchini toping (kN)?
A) 15 B) 10 C) 12 D)5
10. 3 kg massali jism 8 m/s2 tezlanish bilan tik tushayotgan bo‘lsa, havoning qarshilik kuchini aniqlang (N).
A) 24 B) 18 C) 54 D) 6
11. 10 kg va 15 kg massali yuklar qo‘zg‘almas vaznsiz blok orqali ipga bog‘langan. Sistemaning tezlanishini toping (m/s2).
A) 2 B) 4 C) 5 D) 1
12. Qo‘zg‘almas vaznsiz blok orqali o‘tkazilgan ipga 3 kg va 6 kg massali yuklar osilgan. Ipning taranglik kuchini toping (N).
A) 40 B) 39 C) 38,5 D) 36
13. Egrilik radiusi 125 m bo‘lgan qavariq ko‘prikdan o‘tayotgan avtomobil-ning tezligi necha m/s bo‘lganda, uning eng yuqori nuqtadagi og‘irligi gorizontal yo‘ldagi og‘irligidan 2 marta kichik bo‘ladi?
A) 15 B) 25 C) 20 D) 10
Do'stlaringiz bilan baham: |