4-mavzu.(Test)
1. Parashyutchi shamol bo‘lmaganda 5 m/s bilan yerga vertical yo‘nalishda tushadi. Lekin esayotgan shamol uning mo‘ljalidan 160 m farq qiluvchi masofaga tushirdi. Agar parashyutchi 200 m balandlikdan sakragan bo‘lsa, u gorizontal yo‘nalishda qanday tezlik (m/s) bilan harakatlangan bo‘ladi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 2,5
2. Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikkita samolyot bir-biri tomon Yerga nisbatan 1800 km/soat va 600 km/soat tezlik bilan uchmokda. Birinchi samolyot bortidan turib o‘lchangan ikkinchi samolyotning tezligini (km/soat) toping.
A) 2400 B) 3600 C) 1500 D) 1200
3. Harakat tezligining ikkita tashkil etuvchisi bir-biriga nisbatan 60° burchak ostida yo‘nalgan bo‘lib, modullari mos ravishda 4 va 6 m/s ga teng. Natijaviy tezlikni toping (m/s).
A) 7,7 B) 8,7 C) 5 D) 10
4. Harakat tezligining ikkita tashkil, etuvchisi bir-biriga nisbatan 60° burchak ostida yo‘nalgan bo‘lib, modullari mos ravishda 4 va 6 m/s ga teng bo‘lsa, nisbiy tezlikni toping (m/s).
A) 7,7 B) 8,7 C) 5,3 D) 12,8
5. G’oz suv oqimiga qarshi 3 m/s tezlik bilan 6,5 minut so‘zdi. Agar oqim tezligi 1 m/s bo‘lsa, g’oz qancha masofaga siljigan bo‘ladi (m)?
A) 720 B) 680 C) 780 D) 810
6. Daryo suvining oqish tezligi 3 m/s, qayiqning suvga nisbatan tezligi 3 m/s va oqimga perpendikulyar yo‘nalgan bo‘lsa, qayiqning qirg‘oqqa nisbatan tezligining yo‘nalishini toping.
A) 45° B) 60° C) 90° D) 30°
7. Daryo bo‘yida joylashgan ikkita shaxar orasidagi masofa 60 km ga teng. Kater oqim bo‘yicha harakatlanganda, shu masofani 2 soatda, oqimga karshi esa 6 soatda bosib o‘tadi. Katerning turg‘un suvga nisbatan tezligini (km/soat) aniqlang.
A) 18 B) 20 C) 16 D) 19
8. Agar katerning oqim bo‘yicha tezligi 72 km/soat, oqimga qarshi tezligi 54 km/soat bo‘lsa, oqim tezligini (m/s) toping.
A) 2 B) 3 C) 2,5 D) 5
9. Uzunligi 250 m bo‘lgan, 36 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan mashinalar qatori 600 m uzunlikdagi ko‘prikdan necha sekundda o‘tib ketadi?
A) 80 B) 85 C) 60 D) 90
10. Uzunligi 129 m bo‘lgan poezd parallel yo‘lda 9 km/soat tezlik bilan ketayotgan velosipedchini 6 s da quvib o‘tgan bo‘lsa, poezdning tezligi (m/s) qanchaga teng bo‘ladi?
A) 22,5 B) 24 C) 20 D) 22
11. Uzunligi 480 m bo‘lgan poezd tekis harakatlanib, 240 m uzunlikdagi ko‘prikdan 2 minutda o‘tdi. Poezdning tezligi qanday bo‘ladi?
A) 4 m/s B) 6 m/s C) 10 km/soat D) 36 km/soat
12. Har birining uzunligi 200 m bo‘lgan ikki poezd bir-biriga tomon bir xil 36 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Poezdlar bir-birining yonidan qancha vaqtda o‘tadi?
A) 10 s B) 18 s C) 36 s D) 20s
13. Havo sharini shamol janub tomon olib ketmoqda. Bunda shar ustiga o‘rnatilgan bayroqcha qaysi tomonga hilpiraydi?
A) janub tomonga B) shimol tomonga C) sharq, tomonga D) bayroqcha hilpiramaydi
14. Vertolyot o‘zgarmas 24 m/s tezlik bilan shimol tomon uchmoqda. G’arb tomondan 10 m/s tezlik bilan shamol essa, vertolyot qanday tezlik bilan uchadi (m/s)?
A) 13 B) 24 C) 26 D) 28
15. Ikki avtomobil to‘g‘ri burchak ostida kesishuvchi ikki yo‘l bo‘ylab harakatlanmokda. Ulardan biri chorraxaga 16 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda, ikkinchisi esa u yerdan 12 m/s tezlik bilan uzoqlashmokda. 1-avtomobilning 2-avtomobilga nisbatan tezligining modulini toping.
A) 4 m/s B) 12 m/s C) 16 m/s D) 20 m/s
Do'stlaringiz bilan baham: |