Metodologiyaning muhim vazifalaridan yana biri - tarixshunoslik metodlarining xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir, “Agar metodologiya bilishning bosh yo’li bo’Isa, metod bu yo’ldan qanday borishni aniqlaydi”13 14. Umumiy ko’rinishda metod insonlaming amaliy va bilish faoliyatida ma’lum natijalarga erishishlaridagi vosita, usul hamda quroldir.
Metodning (usul nazarda tutilmoqda) fan tarixidagi ahamiyati uning metodologiyani boyitishi va takomillashuviga ma’lum material berishi tufayli ortadi.
Usul tadqiqotchiga tanlangan mavzuni tadqiq qilishda yo’nalish beradi, bilish faoliyatini ratsionallashtiradi, uning samaradorligini ta’minlaydi, tadqiqotchi va undan oldingi olimlaming to’plagan fakt hamda ma’lumotlarini tizimlash va baholashga hissa qo’shadi. Bir so’z bilan ifodalaganda, metod o’rganilayotgan jarayon va hodisalar labirintida to’g’ri yo’l topishga yordam beradi. Usullar o’zgarmas birlik emas, ular ijodiy mazmuniga ega bo’lib, vaqt
o'tgani sayin takomillashib boradi, ba’zilari iste’moldan chiqadi va o‘rnini yangilargabo'shatib beradi.
MaTumki, tarix faniga oid tadqiqotlarda umumilmiy usullarga tayanishi bilan bir paytda, o‘z tadqiqot usullarini ham ishlab chiqqan. Tarix fani va tarixshunoslik orasidagi aloqadorlik tadqiqot usullaridan foydalanishda ham bu aloqadorlikni taqozo qiladi.
Tarixshunoslikka oid tadqiqotlarda qoTlaniladigan usullar tizimini quyidagicha tasniflash mumkin:
tarixshunoslikning o'ziga xosligi va vazifalarini hisobga olgan holda qoTlaniladigan, barcha ijtimoiy fanlar uchun umumiy boTgan tadqiqot usullari;
aynan tarixshunos bilishi uchun xos boTgan maxsus usullar;
boshqa, awalambor, yondash fanlardan o‘zlashtirilgan va fanlararo tadqiqot usullari.
Umumilmiy usullar tarixshunoslikda konkret qoTlanilganda, uning ilmiy apparatini toTdirishda muhim manba boTib xizmat qiladi. Tadqiqotchilik usullari amaliyotda sof holda qoTlanilmaydi, ular bir-biri bilan uyqashadi. Shunisi aniqki, tarixshunoslikka oid tadqiqotlarda turli xil usullami birikkan holida uchratish mumkin; fanning barcha sohalarida qoTlaniladigan umumilmiy usullar va ilmiy bilimning alohida jihatlarini o'rganishda universal-umumilmiy mazmun kasb etadi.
Tarixshunoslikda aynan unga tegishli tadqiqot usullari ma’lum ma’noda uning mazmunini belgilashga xizmat qiladi. Tarix fanida qoTlaniladigan tarixiylik, xronologik, muammoviy-xronologik yondashuv, davrlashtirish va qiyosiy tahlil usullari tarixshunoslik tadqiqotida unga xos mazmun kasb etadi.
Tarixshunoslik tadqiqotida qoTlaniladigan unga xos bo‘lgan usullar anchagina, ular: qiyosiy-tarixiy usul, konkret tahlil, mantiqiy tahlil, xronologik tahlil, muammoviy xronologik tahlil, davrlashtirish usuli, retrospektiv usul, dolzarblashuv usuli, shuningdek, istiqbollashtirish vositasi, tizimli yondashuv va tahlil.
Tarixshunoslikda tarixiy qiyoslash va parallellar o'tqazish katta ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy-tarixiy usul tarixshunoslikda eng ko‘p qoTlaniladigan metod hisoblanadi, bu uning tarixiy]ikdagi universal salohiyatni birlashtirganligi va tarix fani istiqboiini belgilashi bilan izohlanadi. Ushbu usul shunisi bilan muhimki, uning yordamida ilgari ma’lum boTmagan va o‘rganilmagan tarixshunoslikka oid, ilmiy muomalaga kiritilgan va tarixshunos tomonidan yuqori baholangan dalillar bilan qiyoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, qiyoslashni ma’lum miqdorda bilimlar to'plangan va voqea hodisalaming turlicha o'rganilganida amalga oshirish mumkin. Qiyoslashning ilmiy qimmati asosan, qiyoslanayotgan tarixshunoslik faktlarini chuqur bilish va tahliliga bogTiq. Tarixshunoslikda ushbu usul uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, tarixshunoslik faktlarini u vujudga kelgan tarixiy sharoit bilan bogTiqlikda
o'rganish, shuningdek, taraqqiyotning turli bosqichlarida undagi sifat o‘zgarishlarini kuzatish imkonini beradi.
Konkret tahlil tarixshunoslik fani rivojlanishi jarayonida bevosita u vujudga kelgan shart-sharoit va ulaming o‘zaro ta’sirini hisobga olgan liolda organishni nazarda tutacli. Konkretlashtirish tarix fani rivojiga ta’sir ko‘rsatgan aniq sabab va muammolar doirasining kengayishi, yangi mavzulaming paydo bo'lishi, yangi g‘oya, xulosa hamda umumlashmalaming vujudga kelishini izlab topishni anglatadi.
Mantiqiy tahlil usulida mohiyatida tarixshunoslik tahlilining katta imkoniyatlari mujassamlashgan. Xususan, u tarixshunoslik faktining o'ziga xos xususiyatlarini ko‘rtsh, lushbu usulning qoilanilishi ilmiy bilimlar to'planish jarayonini kuzatib, tarix fani rivoji erishgara bosqichni xolis ilmiy tadqiq qilish imkonini beradi, natyada uning yordamida asosiy tarixshunoslik fakti aniqlanadi.
Mantiqiy tahlil sintezga o'tishdagi asosiy vosita boiib, to‘plangan tarixiy bilimlar rivoji tajribasining nazariy mushohadasi orqali amalga oshadi. Tahlil va sintez dialektik o'zaro ta’siri, ulaming uyg'unlashuvi mantiqiy tahlil qo'llaniHshi samarasi bo‘lib5 tarix fanida to‘plangan bilimlarga asoslanib, ilmiy tafakkiur rivojining yaxlit manzarasini yaratish hamda uning rivojlanishi qommiyatini aniqlash imkonini beradi.
Mantiqiy tahlilning yuqori bosqichi dialektik sintez bosqichiga o'tilganda, ilmiy tafakkur rivoji to‘g‘risidagi ma’lumotlaming tahliliy mushohadasi natijasida tarixiy tafakkuming mohiyati, muhim unsurlaii va bosqichlari anglanadi. Ushbu bosqichda terixshunosning nazariy-metodologik miushohada sohasidagi qobi|jyarj rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |