ijtimoiy psixologiya (psixoanaliz) usuli - biografik asarlami tahlil qilishda yetarlicha mahsuldor boiib, tarixiy shaxslaming ichki tuyg‘ulari va hissiyotli tomonini yaxshiroq tushunish imkonini beradi; prosopografik usul - (“prosopon” grekcha - yuz; tarixiy shaxslar tavsifiga doir o'tmish haqidagi bilimlar sohasi) tarix fani tarixining tarkibiy qismi boigan tarixchilar biografiyasini o'rganishda qoilaniladi. Prosopografiya jamoaviy biografiya usuli sifatida tarix fani va yo‘nalishlari rivojining maium davrlarini o‘rganishda foydali boiib, olimning hayot yoii va tajribasining uning qarashlari shakllanishiga ta’sirini yaxshi ko'rsatadi; diskursiv tahlil usuli - tarixshunoslik manbasi, ilmiy tadqiqot natijalari mazmuni va tarixiy jarayonlar hamda voqealar rivojining ijtimoiy madaniy konteksti o‘rtasida korrelyasiyani o‘rnatishni nazarda mtadi16. *
Yuqorida keltirilgan tadqiqot usullari tarixshunoslikda qoilaniladigan bilishning barcha ilmiy usullarini qamrab ololmaydi, biroq ular bir butun yaxlitlikda tarixshunoslik tadqiqotining poydevori bo‘la oladi. Tarixshunoslikda metodlar o‘z mazmuni va istiqbolda tarix fanida qoilanishni o‘zida aks ettirgan yangi bilimlarga erishishni anglatadi. Metodlar tarixshunos faoliyatini ratsionallashtiradi, uning tadqiqotchilik arsenali samaradorligini ta’minlaydi. Bu bilan tarixshunos ilmiy izlanishining metodologik yo‘nalishi belgilanadi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarini amalga oshirishda muhim shartlardan biri uning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi, ularda qoTga kiritilgan natija va qoTlanilgan tadqiqot usullaridan foydalanish hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida, tarixshunoslikning tarixiy tadqiqotlar metodikasi va texnologiyalarini asosini o'rgatish vazifasi bilan izohlanadi. Manbashunoslik, arxivshunoslik, arxeografiya va yana bir qator nazariy-metodologik mazmundagi fanlar majmui bilan tarixshunoslikning yaqinligi ushbu shartlami amalga oshirish imkonini beradi. Tarixshunoslikning mazkur fanlar bilan aloqasi birinchidan, uning ushbu faniaming rivojlanish tarixini o‘rganish bilan bogTiq boTsa, ikkinchi tomondan, tarixshunosning o‘z amaliyotida ushbu fanlar tadqiqot usullaridan foydalanishi bilan asoslanadi.
Tarix metodologiyasi va uning rivojlanish bosqichlarini bilish esa, tarix fanining nazariy-metodologik asoslari hamda takomillashuvidagi o‘ziga xos xususiyatlarini anglashga yordam beradi. Aynan metodologik tamoyillaming qoilanishi tarixshunoslik tadqiqotlarida bayoniylik, tarixiy adabiyotlami qayd qilish, bibliografik sharh bilan cheklanish va mazmunini qaytarish kabi yondashuvdan qochishga imkon yaratadi. Chunonchi, tarixshunoslik tarixiy bibliografiyadan farqli oTaroq, adabiyotlaming bibliografik qaydi bilan emas, balki tarix fanining tarixi, ilmiy tafakkur rivojini o'rganish bilan shug'ullanadi.
Tarixshunos o‘z tadqiqotida o'tmishni 0‘rganishning maium bir metodologiyasini qoTlaydi va tarixiy adabiyotlami baholashda unda yoritilgan tarixiy jarayonlar rivojiga oid o‘z qarashlaridan xoli emas va shu asosda tarix fani tarixiga doir xolis tahliliy xulosalarini taqdim qiladi. Biroq, ma’lum bir metodologik yondashuv asosida yozilgan adabiyotni boshqa bir metodologik yondashuv asosida baholash to‘g‘ri boTmaydi va bu tarixshunosdan katta bilim, nazariy tayyorgarlik va xulosalarda xolislikni talab qiladi. 0‘z navbatida, tarixshunos tomonidan fanga oid tadqiqotning o‘ziga xos tamoyillari va metodlarini o’zlashtirishi ham nihoyatda muhimdir. Tarixshunos mazkur fanga doir fakt va manbalar bilan ishlar ekan, bu o’rinda, ulaming vujudga kelgan paytdagi tarixiy shart-sharoit, uning tarixchi dunyoqarashi va yondashuviga ko’rsatgan ta’siri hamda tarixchining mavzuni yoritishga qo’shgan hissasini baholashi, manbalardagi bugungi tarix fani uchun qimmatli boigan jihatlami aniqlay olishi kerak.
Tarixshunoslikning zamonaviy holati haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash joizki, uning predmetini fanlararo maydonda tushunish tendensiyasi kuzatilmoqda. Tarixshunoslik madaniyat tarixi va ijtimoiy tarix qorishuvida mushohada qilinmoqda. Ushbu munosabat bilan ilmiy bilimning nafaqat vujudga kelishi, balki qoilanilishi va yoyilishiga ham e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tadqiqotchilar madaniy muhit, ijtimoiy-madaniy an’ana, intellektual manzara va diskurs kabi kategoriyalarga murojaat qilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan boisak, tarixshunoslik amaliyoti tarixiy bilimlar haqqoniyligini aniqlaydigan vositalardan biridir. Aynan tarixshunoslik o’tmishni
o‘rganish ilmiy amaliyotida qo‘lga kiritilgan natijalami yoritadigan va uning qadriyatli jihatlarini belgilaydigan fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |