1-mavzu: tarix i1nsoniyat taraqqiyotini o'rganuvcffl fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida. Markaziy osiyo xalqlari tarixshijnqsligini 0‘rganish xususida



Download 94,47 Kb.
bet1/11
Sana26.02.2022
Hajmi94,47 Kb.
#473302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu tarixshunoslik


1-MAVZU: TARIX - I1NSONIYAT TARAQQIYOTINI O'RGANUVCffl
FAN. TARIXSHUNOSLIK - TARIXIY BILIMLARNING MAXSUS
SOHASI SIFATIDA. MARKAZIY OSIYO XALQLARI
TARIXSHIJNQSLIGINI 0‘RGANISH XUSUSIDA

0‘quv maqsadi: Talabalarda tarix fani, tarixiy bilimlarning pay do boliski va rivcjlanishi, “Tarixshunoslik” /mining predmeti haqida tushuncha hosil qilish, mazkur fanning maqsad hamda vazfalari haqida та 'lumot berish.
Tayanch so‘z va iboralar: tarix, tarixshunoslik, tadqiqot usullari, jamiyat, tarixiy xotira, tarixiy ong, ilmiy, nazariy-metodologik, Fanlar akademiyasi.
_____ •k ■'
Tarixni bilish va undan saboq olish...
MaTumki, tarix - xalq ma’naviyatining asosi, eng muhimi, u ajdodlaming shonli o‘tmisbmi o‘zida mujassamlashtirgan fandir. Tarix - faqatgina ushbu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximi z, buyuk ajdodlarimiz”2 haqidagi noyob tarixiy maTumotlami dunyo ahliga faxr va g‘urur ila baralla yetkazish dunyoda globallashuv jarayonlari kecbayotgan pallada ayniqsa dolzarblashmoqda,
Tarixni bilish va undan saboq olishni vat anparvarlikning muhim omili, deb hisoblagan Prezident: “Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug‘ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o'qigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g‘alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ко'plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o*rganishadi”3.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev o*z chiqishlarida bugungi islohotlar jarayonida tarixni yaxshi bilish zamrligiga e’tibor qaratib: “Suvorov maktabini “Temurbeklar” deb o‘zgartirdik. Gap nomda emas, g'oyada, mafkurada, g‘ururda! Bog‘chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temumi, Birin chi Prezidentimizni... yaxshi 0‘rganislisin...”4 va shu 0‘rinda ushbu mazmundagi fikrlarini rivojlantirib, askarlair harbiy qasarnyod qilishdan oldin albatta, “0‘zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari”dan sinov
topshirishi kerakligi, qolaversa, tarixiy bilimlami chuqur o'zlashtirish bar bir fuqaroning sharafli burchi ekanligini ta’kidladi.
0‘zbekistonning yangilanish yoiida “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalami amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boiadigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash uchun
Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qoilab- quwatlashimiz lozim” - deb ko‘rsatma berdi5.
Ushbu vazifalarni bajarishda ta’lim muassasalarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklanib, milliy o‘zlikni anglash va yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda “0‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishning dolzarbligi hamda zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Bugungi kunda tarix va tarixiy fanlami o'qitish hamda ushbu sohadagi tadqiqotlami rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qaror hamda dasturlar qabul qilinmoqda. Birgina misol, “0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish hamda ilmiy tadqiqot natijadorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori6 qabul qilindi. Mazkur Qarorga ko‘ra, mamlakatda akademik ilm-fanni yanada rivojlantirish, Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar boiimi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va tadqiqot olib borish tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, ushbu Qarorga muvofiq, tarixiy tadqiqotlar markazi boigan Fanlar akademiyasi Tarix instituti uchun quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:

  • 0‘zbekistonning qadimdan hozirgi davrigacha boigan tarixini tizimli o‘rganishni milliy taraqqiyot nuqtai nazaridan tashkil etish;

  • Vatanimizning umumjahon va mintaqa tarixida tutgan o‘mi, o‘zbek xalqining bunyodkorlik ishlarini turli tarixiy bosqichlarning umumiy hamda o‘zigaxos jihatlarini inobatga olgan holda va o‘zaro aloqadorlikda kobsatish;

  • 0‘zbekistonda tarixiy tafakkur rivojini tahlil qilish, arxeologik, etnologik, tarixshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlarining nazariyasi hamda metodologiyasini istiqbolli rivojlantirish bilan bogiiq masalalami har tomonlama va chuqur tadqiq etish.

Ijtimoiy fan vakillari oldiga qo‘yilgan ushbu vazifalami bajarish bevosita tarix fani taraqqiyotiga xizmat qilib, xalqning tarixiy ongi va xotirasi hamda har bir fuqaroda Vatan tuyg‘usini shakliantirishda muhim omil boiishi shubhasizdir.
Tarix fani: predmeti, funksional vazifalari va tarixchi
Tarix - insoniyat taraqqiyotini o‘rganuvchi fandir. U predmeti mazmunidan kelib chiqib, ijtimoiy fanlar tizimiga mansub va ushbu qatorda alohida o'ringa ega.
Tarix mustaqil fan sifatida Qadimgi Gretsiyada vujudga kelib, mil. aw. V asrda yashagan Gerodot ramziy ravishda uning “otasi” hisoblanadi. Ushbu allomaning mashhur Тарихasarida aynan tarixni har tomonlama o'rganish zarurligi asoslangan. Gerodot tarix deganda, o‘tmish haqida yozib qoldirilgan hikoyalami nazarda tutgan. Ha, tarix o'tmish haqida hikoya qiladi, o‘tmishga aylangan voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. Agar masalaga bunday yondashilsa, zamonda yuz beradigan barcha voqealar bayoni tarixdir. Biroq, larix fanining ppiredmetini insoniyat tarixini o'rganish tashkil qiladi.i Tarix avvalambor, jamiyat taraqqiyotida insonning tutgan o‘mi va rolini o'rganadi. Tarix ko‘p avlodlar hayoti davomida insoniyatning to‘plagan beqiyos koTamdagi ma’naviy-axloqiy, madaniy va ijtimoiy tajribasidir.
Yana shuni ta’kidlash joizki, o‘tmish haqidagi bilimlami anglatuvchi “tarix” ma’lum darajada adabiy ma’noga ham ega. Tarix insoniyat bilimlarining alohida shakli sifatida adabiy ijod doirasida shakllanib, hozirga qadar u bilan aloqasini saqlab qolgan.
Tarix fani inson haqidagi boshqa fanlardan ikki xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchisi, tarix betakror va beqiyos voqea hodisalar bilan ish ko'radi hamda ulaming aniq tafsilotlari bilan shug'ullanadi. Masalan, Amir Temuming harbiy yurishlari, Buyuk Fransuz inqilobi va Ikkinchi jahon urushi kabi o‘tmish voqealari betakror hamda hamisha yagona faktlar boTib qoladi. Tarixning maqsadi bunday faktlami izlab topish, ulaming sabab va oqibatlarini aniqlashdan iborat. Ushbu aniq voqealar tadqiqotchiga mushohada uchun manba vazifasini bajarib, ulami o‘rganish tarixchi faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bulaming barchasi tarixni empirik fan, ya’ni tarixiy dalillar orqali o'tmish manzarasini keng tasvirlovchi va tasniflovchi predmet deb hisoblash imkonini beradi.
Tarixning empirik xarakteri va uning mantiqiy yakuni ushbu fan tadqiqotchisini o‘tmishda sodir boigan voqealami mushohada qilish vazifasi qiziqtirmasligi, balki uning asosiy vazifasi, ya’ni voqealaming haqqQniyligi o'rganib, ishonchli tasvirlashdan iborat ekanligini qayd qiiishda namoyon boiadi. Tarixning ikkinchi farqli xususiyati - tadqiqot maydonining nihoyatda kengligi va inson faoliyatining har qanday ko‘rinishi tarixiy fakt hamda uning
o'rganish predmeti bo’la olishidadir. Tarixchining e’tibori ijtimoiy hayotning xilma-xilligiga yo’naltirilgan boiib, uning vazifasi - jamiyatning ma’lum bir davr, sharoit va makonda mavjudligi xususiyatlarini aniqlasbdan iborat.
Tarixchi bosbqa ijtimoiy fan vakillaridan farqli ravishda, turli tiplarga xos bo’lgan hodisalar bilan ish ko’radi: iqtisodiy msonlammg xo’jalik hayoti; ijtimoiy - jamiyatdagi gurnh va qatlamlar, ulaming o’zaro munosabatlari prinsiplari, ijtimoiy institutlar - asosiy muassasa va jamiyat hayotini tartibga soluvchi barqaror qoidalar; ruhiy - inson va insonlar hamjamiyatining his tuyg’ulari; siyosiy va huquqiy - siyosiy voqealar, davlat va boshqaruv tashkiliy shakllari, huquqiy norma hamda jamiyat taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan insonlaming ijtimoiy xulq-atvori; madaniy inson ma’naviyati orqali yaratilgan adabiyot, san’at, ilmiy bilim, shuningdek, ma’lum jamiyat uchun xos bo’lgan dunyoqarash va dunyo haqidagi tasawurlar.
Tarix fani bir qator muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksivalarni bajaradi. Ular:

  • Tarixning fan sifatidagi muhim funksiyasi bilish - intellektual- rivojlantiruvchi funksiyadan iborat. Barcha voqealar va jarayonlami o’zida ifodalagan insoniyat tarixini tashkil qiluvchi xalqlar va mamlakatlarning bosib o’tgan tarixiy yoiini o’rganish; davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq jarayonlaming turli jihatlarini o'rganadi;


  • Download 94,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish