Relyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi;
Integrativ /uyg‘unlashtiruvchi/ sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas’ul bo‘lgan sotsial rollarni ifodalaydi;
An’anaviy sotsial institutlar.bu institutlar odat, marosimlar va qarindosh-urug‘chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog‘liqdir.
Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog‘liq;
Sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a/ jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;
b/ sotsializatsiya /individga ijtimoiy ahamiyatli bo‘ladigan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakllar/;
v/ tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish;
Jamiyat taraqqiyotning har bir bosqichi unga mos bo‘lgan muayyan sotsial institutlar amal qilishini taqazo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo‘lgan sotsial institutlar shakllanishi jarayoni ro‘y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada – bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar, siyosiy sohada – demokratik hokimiyat turli bo‘g‘inlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar, jamiyat barcha jabhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident I.A.Karimov izchil tadbiq qilayotgan konsepsiyaga muvofiq, yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo‘yilmasdan, balki jamiyatimizning o‘tmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yo‘l ochib berilmoqda.
Din sotsiologiyasi Sotsiologiyaning asoschisi O.Kont tasnifida insoniyat o‘z rivojida uch bosqichni bosib o‘tadi: teologik, metafizik va ilmiy bosqichlardir. Kont fikriga, har uchala bosqichda ham din muayyan rol o‘ynaydi.
Dinning o‘ziga xos belgilari:
1. Muayyan e’tiqod va ta’limotning mavjudligi. Har bir din dunyoni o‘z nuqtai nazariga izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e’tiqod shakllantiradi.
2. Marosim va rasm-rusmlar. Har bir din o‘ziga xos marosim va rasm-rusumlarga ega.
3. Diniy marosim va rasm-rusumlarning muayyan qismi faqat belgilangan joylarda jamoa bo‘lib bajarilishi.
Din sotsiologiyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. Din sotsiologiyasining shakllanishi M.Veber nomi va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq. Maks Veber din va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan umuman din to‘g‘risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Maks Veberning fanidagi eng katta xizmatlaridan biri, uning xristian dinidagi protestantlik mazhabining iqtisodiy taraqqiyotga o‘tkazgan ta’sirini kashf etishidir. Uning nazariyasiga ko‘ra, boylikni, boylik orttirishga intilishni unga xushlamaydigan xristian dini mazhablari iqtisodiy taraqqiyotga muayyan darajada to‘siqlik qilganlar. Boylikni xudoning ne’mati, unga intilishni ega bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Veber talqinida, protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablardan biri edi.
M. Veber dinlarni taxlil qilish natijasida ular sanoat kapitalizmi rivojlanishiga g‘ov bo‘lmoqda degan xulosaga keldi. Moliyaviy munosabatlarga cheklovlar qo‘yish, ijtimoiy hayotga passiv munosabatni targ‘ib qilish orqali bu dinlar, Veber fikricha, ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi. Uning talqinida xristian dini, ayniqsa protestantlik passiv kuzatib o‘tirmay, uni bartaraf qilish uchun faol kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga katta turtki berida.
Markaziy Osiyoda aqidaparstlarning keskin xurujlaridan biri XX asr boshlarida yuz berdi. Xijozdan kirib kelgan aqidaparast oqimlar Markaziy osiyoda ijtimoiy tanglikni keltirib chiqardilar. Bid’atga qarshi kurash niqobida ular ijtimoiy hayotda yuz bergan barcha yangiliklarni yo‘q qilish uchun kurash boshladilar.
Aqidaparastlarning ijtimoiy taraqqiyotni ortga qaytarish uchun qilgan xarakatlariga qarshi taraqqiyotparvar ma’rifatchilar harakati vujudga keldi. Tarixda jadidchilik nomini olgan bu harakat namoyandalari xalqni ilm-ma’rifatli qilish diniy e’tiqodda mutaassiblikdan mo‘‘tadillik tomon yuz tutish g‘oyalari bilan chiqdilar.
XX asr o‘rtalarida sotsiologiyada “fuqarolik dinlari” tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu tushuncha ilohiy kuchlar va xodisalarga emas, ijtimoiy turmushdagi narsa-xodisalarga sig‘inishni anglatadi.
Din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrda din atamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy xulqni o‘rganadi.