O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI KATTAQO’RG’ON FILIALI
BIZNEZNI BOSHQARISH VA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
Ijtimoiy ish yo’nalishining
21.16-guruh talabasi
Maxmudova Gulnoraning
,,Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’
mavzusidagi
KURS ISHI
Qabul qildi: .
Bajardi : G.Maxmudova
Reja:
Kirish
Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi.
Fan va ta'lim sotsiologiyasi.
Din sotsiologiyasi.
Madaniyat sotsiologiyasi.
Axloq sotsiologiyasi.
Milliy mafkura va uning sotsiologik asoslari.
Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-nazariy shart-sharoitlari.
Antik davrning qomusiy olimlari, ijtiloiy-falsafiy ta’limotlari,
Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari zamonaviy sotsologiyaning muhim manbalari sifatida.
Sotsologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati.
Sotsologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Sotsologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar.
Xulosa
Kirish
Sotsiologiyaning predmeti va obyekti.Sotsiologiya (lotincha societas – jamiyat va yunoncha Logos – ta’limot) – so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, jamiyat haqidagi fan ma’nosini anglatadi. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganuvchi fan.Sotsiologiya inson hayotining ijtimoiy jihatlari o‘rganadi.
Sotsiologiya – insoniyatning bir necha yillik tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir.
Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutafakkiri O. Kont sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi. E. Dyurkgeym sotsiologiyaning predmetini sotsial dalillar haqidagi fan deb ataydi.
Marksizmda sotsiologiya predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyatda va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o‘rganish hisoblanadi.
Hozirgi bizning adabiyotlarda sotsiologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sotsiologiya - yaxlit ijtimoiy tuzum sifatida jamiyat haqidagi va uning ayrim tarkibiy elementlari (shaxslar, ijtimoiy birliklar, institutlar) orqali bu tuzumning amal qilishi va rivojlanishi to‘g‘risida fandir.
Sotsiologiyaning obyekt jamiyatning boshqaruvchi tafakkur qonuniyatlari, ratsional vositalaridir.Sotsiologiya jamiyat haqidagi umumiy fan bo‘libgina qolmay, balki maxsus sohalararo fan hamdir. U boshqa fanlar o‘rganmaydigan o‘z obyektiga ega. Uning o‘ziga xos sohasi sotsial reallik bo‘lib, u inson va jamiyat munosabatining ijtimoiy-madaniy muayyanligidir. Shu boisdan ham jamiyatdagi ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy hamkorliklar, ijtimoiy munosabatlar va ularning o‘zaro tashkil etilish usullari sotsiologiyaning obyekti bo‘ladi. Insonlarning o‘zaro aloqalarga, hamkorlik munosabatlariga kirishishlari orqaligina muayyan ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Sotsiologiya ijtimoiy muhitni tadqiq etganda umummilliy tushuncha va kategoriyalardan kelib chiqadi. Xususan, obyektiv va sub’ektiv, erkinlik va zaruriyat, borliq va ong kabi falsafiy kategoriyalardan foydalanib sotsiologik obyekt mohiyatni talqin etadi.
Sotsiologiya sotsial obyektni sotsial subyektlar orqali(shaxs, guruh, jamiyat, sotsial sohalar, munosabatlar, odamlarning sotsial faoliyati va tafakkur tarzi) tahlil qiladi.
Sotsiologiya turli sotsial sohalarni tadqiq etish asosida ularning o‘ziga xos ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. Muayyan sotsial guruhlar tahlili va tasnifi orqali u jamiyat va inson to‘g‘risidagi umumiy qarashlar, qonunlar va tendensiyalarni yaratadi, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Sotsiologiya o‘z obyekt doirasida sotsial hayotning turli, alohida tomonlari bilan ham shug‘ullanadi va buning natijasida fanda integral sohalar vujudga keladi. Jumladan, huquq sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi, iqtisodiyot sotsiologiyasi, industrial sotsiologiyalar. Sotsiologiya bu sohalarda o‘z obyekti inson va uning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rni va rivojlanishi, hayot tarzi va fikrlash uslubi kabi masalalarni hal qiladi. Sotsiologiya o‘zining maxsus obyekt asosida yakka shaxs faoliyati konkret namoyon bo‘lishini empirik darajada o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi.
Sotsial degan tushuncha, sotsial aloqalar, hamda munosabatlar va ularni tashkil etish usullari, sotsiologiya bilish obyektining o‘ziga xosligini ochib bersa, sotsial qonuniyatlar esa sotsiologiya fani predmetini aniqlash uchun boshlang‘ich nuqta hisoblanadi.
Sotsiologiyaning predmeti:
Agar fanning obyekt uning nimani o‘rganish kerak degan savolga javob bersa, predmet esa o‘sha obyektning qaysi jihatlarini o‘rganadi? degan savolga javob beradi.
Sotsiologiya – insonlarning sotsial jamoalar va sotsial jarayonlarda tutgan o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fandir.
Sotsiologiya – ayni vaqtda jamiyat va shaxsning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy hayotdagi faoliyati va ijtimoiy mazmunini o‘rganadigan fan hamdir.
Sotsiologiya – jamiyat tuzilishini, uning elementlari va ularning yashash sharoitlarini va shu tuzumda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni o‘rganadigan fandir.
Sotsiologiya – shaxsda ijtimoiy hayot qonuniyatlari orqali ijtimoiy muhitga ko‘nikma hosil qilishga (adaptatsiya) ko‘maklashadigan, shular bilan bir qatorda insonlar jamiyatini rivojlantirishda sotsial tashkilotlarning insonlarga mos, eng qulay variantini topishda va uni amalga oshirishdagi jismoniy, emotsional-psixologik va ma’naviy imkoniyatlarini ishga soladi.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan eng qulay variantlarini, ijtimoiy-madaniy modellarini topishdan iboratdir. Bular jamiyat va insonning o‘z-o‘zini takomillashtirishga qaratilgan qonuniyatlardir.
Birdamlik, kooperatsiya, begonalashuv, mafkura, g’oya, konsepsiya, fan, regional, teologik, metafizik, ilmiy e'tiqod, iudaim, sekta, sunniylik, buddaviylik, eksteremizm, fundamentalizm, aqidaparast, mazhab, vorislik, elitar, sivilizatsiya, kiborlar, axloq.
3.1. Mustaqil O’zbekiston davlatining xalqaro maydonda nufuzli mamlakatga, barcha sohalarda rivojlangan jamiyatga ega bo’lish darajasiga ko’tarilishi, ana shu tarkibiy bo’laklarga bog’liq.
Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan iboratki, dunyoda o’zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish shu yo’lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish ularning qalbida ishonch o’yg’otish, eski ijtimoiy tuzumdan yangi tuzumga o’tishda o’ziga qo’shimcha kuch quvvat va madad topishda umumiy yagona maqsad va orzu intilish ifodasi bo’lgan milliy g’oyani tayanch va suyanch deb biladi.
Respublikamiz jamiyati ijtimoiy tarkibini sotsiologiya fani doirasida o’rganish, eng avvalo, nazariy-metodologik jihatdan asoslanishinini taqazo etadi.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo’nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo’nalish O.Kantdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan amerikalik sotsiolog T.Parsons va T.Spenserlarning sotsiologik ta'limotidir.
Ikkinchi yo’nalish – ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida, ichki kuch ta'siri orqali tushuntirilib, moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e'tibor qaratgan.
O.Kant va E.Dyurkgeym sotsiologik qarashlariga asoslanib, jamiyatning bir butunligi uning «ijtimoiy muhitdagi doiimiy muvozanati», ichki va tashqi ta'sirini muvofiqlashtirish – sotsiologiyaning asosiy vazifasi qilib belgilangan. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o’zgarish va integrasiya sifatidagi Parsonsning funktsional sotsiologik ta'limoti muvozanat to’g’risidagi nazariyadir. Sotsiologik amaliyot funktsional o’zgarishlarsiz, evolyutsiyasiz revolyutsiya tushunchasi bilan, funktsional munosabatlar tahlilsiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga o’rganuvchi ta'limot jamiyat hayotini bir tomonlama o’rganishga olib kelishini ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy hayot nisbatan mustaqil, barqaror, funksional va rivojlanish qonuniyatlariga ega bo’lgan ijtimoiy tizimlar birligidan iboratdir.
Ijtimoiy tizim – murakkab ichki tuzilishiga ega bo’lib, tartibli, bir butun, o’ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Jamiyatning ayrim tarkibiy tizimlari, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma'naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida, to alohida olingan insonga bulgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Jamiyat, o’zining tizimlari o’ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo’lib, ularning asosiy komponenti inson hisoblanadi. Kishilar ijtimoiy hayotning turli sohalarida – iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy, oila turmushda faoliyat ko’rsatadilar. Ularning asosida ijtimoiy tarkiblar tuziladi. Ijtimoiy tizimlarning murakkabligi, tarkibidagi elementlarnng soni ko’pligi bilan emas, asosan, bu elementlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ham hozirda «Respublikaning barcha fuqarolari va turli shaxslarga tashabbus ko’rsatish va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun, xo’jalik faoliyatining qonun tomonidan man etilmagan barcha turlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga» alohida e'tibor qaratish lozim.1
Ular qanday ijtimoiy jarayonlar inson faoliyati bilan bogliq. Muayyan ijtimoiy birlik sifatida uyushgan kishilaring katta-katta guruhlari: sinflar, millatlar, milliy-etnik, ijtimoiy-demografik; nisbatan kichik tizimlar; o’quv – tarbiyaviy, oila – turmush va boshqa guruhlar, ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar – jamiyatning ijtimoiy tarkibini tashkil qiladi.
Sotsiologiyada ijtmioiy birlik tushunchasi ham muhim o’rin tutadi.
Ijtimoiy birlik deb – tarixan shakllangan, nisbatan barqaror ijtimoiy aloqalar va munosabatlarga o’ziga xos umumiy xususiyatlarga ega kishilar birligiga aytiladi.2
Boshqa ijtimoiy tashkilot va institutlardan farq qilib, ijtimoiy birlik tabiiy – tarixiy jarayonda vujudga kelib, ongli kishilarning irodalariga bogliq bo’lmagan holda mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida ob’ektiv zarurat sifatida vujudga kelgan kishilarning ijtimoiy birligi xarakteri jamiyat ishlab chiqarish usuli xarakterga bog’liq bo’ladi va u bilan belgilanadi.
Buyuk mutafakkir yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiyning kishilar ijtimoiy birligi to’g’risida bundan o’n bir asr muqaddam yozib qoldirgan qo’yidagi fikri diqqatga sazovordir: «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj buladi. u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bulish uchun insonlar jamoasiga extiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-birlariga etkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Shuning uchun inson shaxslar ko’paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson vujudga keldi».
Ba'zi ilmiy adabiyotlarda sovet xalqi – degan kishilarning yangi ijtimoiy birligi tarkib topganligi xususida ko’p yozilar edi. Sobiq Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi va mustaqil milliy Respublikalarning vujudga kelganligi oqibatida bu ibora o’z mohiyatini yo’qotdi. Chunki buning asosiy sababi, majburiy siyosiy tazyiq asosida tuzilganligi edi. Shuning uchun ham bu ijtimoiy birlik davr sinoviga dosh bera olmadi.
Sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlardagi ob’ektiv jihatlar bilan bir qatorda , sub'ektiv omillarni o’rganish ham alohida ahamiyatga ega. Sobiq Sovet tuzumi davrida ijtimoiy munosabatlardagi sub’ektiv omillarning ahamiyati ob’ektiv qonuniyatlar darajasidan ancha pasaytirilib, uni tadqiq qilishga kam e'tibor berilgan edi. O’z navbatida, sovet jamiyatining 70 yildan ortiq rivojlanishi davomida ob’ektiv qonuniyatlardan ko’ra ko’proq sub’ektiv omillarning ta'siri asosiy o’rin tutgan.
Stalinizmning ommaviy repressiya, N.S.Xrushchevning sub’ektiv valyuntaristik siyosati, L.I.Brejnev bosh sekretarlik davridagi Afg’on urushi, M.S.Gorbachyovning absrakt «qayta qurish» siyosati va uning barbod bo’lganligi fikrimizni ifoda etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida O’zbekiston ijtimoiy tarkibida keskin o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlarni sotsiologik tadqiq qilish asosiy masalalardan biri bo’lib xisoblanadi.
Endi biz sotsiologiya fanining muhim masalalaridan yana biri begonalashuv muammosiga to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |