Trening guruhining sifatiy tarkibi
Trening ishtirokchilari ruhiy jihatdan kasal bo’lmagan barcha insonlar bo’lishlari mumkindir. Agar ruhiy jihatdan nosog’lom insonlar trening ishtirokchilari mavjud bo’lsalar ular o’zlarini noqulay his qilishlari mumkin. bunday insonlar tanqidni ko’tara olishmaydi, tanqid qilishganda o’zlarini adekvat tutishlari mumkindir.
Umumiy trening usullari.
Guruhiy diskussiya
O’yin usullari
Ijtimoiy idrokka yo’naltirilgan usullar
Tana harakati psixoterapiyasiga yo’naltirilgan usullar
Meditativ texnikalar.
Trening vaqtida har xil usullar, texnikalar va mashqlar bo’lishiga qaramay, treningni markaziy usullari mavjuddir. Bunday usullar qatoriga guruhiy diskussiya va vaziyatli rolli o’yinlarni kiritishimiz mumkin (L.A.Petrovskaya, 1982; G.A.Kovalev, 1989; T.S.Yatsenko, 1987 va boshqalar). Bundan tashqari tadqiqotchilar markaziy trening usullar qatoriga senzitivlik, mashq qilishga yo’nalganlik va o’zini psixofizik birlik sifatida idrok qilishni tavsiya qilganlar (Yu.N.Emelьyanov, 1985) bu noverbal xatti-harakatlarni tani tiliga ta’sirchanligini o’rganadi. Trening faoliyatida meditativ va suggestik (o’ziga ta’sir ko’rchsatish) texnikalardan foydalanish o’z samarasini bermoqda. Yuqorida qayd qilingan usullarni qisqacha ta’rifini beramiz. Guruhiy diskussiya, bu ziddiyatli savolni birgalikdagi muhokamasi hisoblanadi, bu muloqot jarayonida ishtirokchilarning fikri, yo’nalishlari ustanovkalari o’zgarishi mumkin. Trening vaqtida guruhiy disskussiya ishtirokchilar muammoni turli tomondan ko’rishi uchun kerakdir, bu inson idrokini Andjonlik ko’rsatishini kamaytirishiga olib kelishi mumkin. Guruhiy diskussiyalar shaklini turli xil asos bilan tasniflash mumkin. masalan maqsadlashtirilgan diskussiyalar bo’lishi mumkin, bunda muhokama uchun mavzu beriladi va diskussiya vaqti aniqlashtiriladi, rejalashtirilmagan diskussiyalar boshlovchi passiv vazifani bajaradi mavzu ishtirokchilar tomonidan tanlanadi, diskussiyaning vaqti esa chegaralanmaydi. Ba’zi xollarda diskussiyaning shakli muhokama qilinayotgan mavzularga qarab o’zgartirishi mumkin. V.Semiletov quyidagi diskussiya shakllarini tavsiya qilgan:
tematik diskussiya, hamma trening qatnashchilari uchun muhim bo’lgan muammo tahlil qilinadi;
biografik diskussiya, o’tmishdagi tajribaga tayangan;
interaktsion diskussiya, qatnashchilar orasidagi o’zaro munosabatlarga qaratilgan bo’lib hisoblanadi;
Diskussion usullar faqat turli xil vaziyatlarda qo’llanishi mumkin, bunday xollar ishtirokchilarning hayotlaridan olinishi mumkin, bu holatda boshlovchiga murakkab vaziyatlarni o’rtaga tashlash tavsiya qilinadi. Ba’zi bir yo’nalishlarda trengli diskussiya asosiy hisoblanadi, ba’zida guruhiy faolyaitda yagona usul bo’lishi mumkin (K.Rodjersning, guruhiy-tahlil). Treningni boshqa yo’nalishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu o’yinli usul bo’lishi mumkin. Bunda vaziyatli rolli, didaktik, ijodiy, tashkillashtirilgan faoliyatli, imitatsion, ish usulidagi o’yinlar bilishi mumkin. o’yin psixoterapevtik usul sifatida ham qo’llanishi mumkin, bu usul geshtalьtterariya va psixodrammada yaq .ol o’z ifodasini topadi. Aniq bir vaziyatlarda o’yin usuliga muorqotdagi rejalashtirilmagan holatlarni ham kiritish mumkin. Bu E.Bernni transaktsion tahlilida o’z ifodasini topgan. O’yin usullarini treningda qo’llash ko’pchilik mutaxassislarni fikriga ko’ra juda maxsuldor hisoblanadi. Treningni birinchi bosqichida guruh ishtirokchilari orasidagi uyalishlarni yengish uchun ham o’yin usuli juda katta foyda beradigan holatlardan biri hisoblanadi. Bu holat psixologik himoyani yengishga yordam beradi. Ko’pgina xollarda o’yinlar diagnostika va o’zini diagnostika qilishning quroli bo’lib qoladilar. O’yin faoliyati bilan ko’pgina ko’nikma va malakalar mustahkamlanadi. Insonlar verbal va noverbal kommunikativ holatlar aniqlanadi. O’yin faoliyati o’zini namoyon qilish uchun eng qulay usullardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu bolalik bilan aloqalarni tiklaydi. Buning natijasida o’yin faoliyati nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchue ham psixoterapevtik va psixokorrektsion faoliyat bo’lib hizmat qilishi mumkin. trening vaqtidagi o’yin usulining imkoniyatlari juda cheksizdir. SHuning uchun ham ko’pchilik tadqiqotchilar o’yin faoliyatiga qizib keladilar (A.A.Verbitskiy, Yu.V.Gromiko, P.G.SHedrovitskiy va boshqalar). Keyingi asosiy usullarga ijtimoiy idrokni rivojlantirishga yo’naltirilgan usullar kiradi. Guruh ishtirokchilari boshqa insonlarni, o’zlarini, guruhlarini qabul qilishni, tushunishni va baholashni o’rganadilar va rivojlantiradilar. Trening mashqlari davomida maxsus mashqlar yordamida qatnashchilar verbal va noverbal ma’lumotlar oladilar. Ular boshqa insonlarni qabul qilishni, o’z idroklarining qanchalik to’g’riligini tahlil qilishni o’rganadilar. Ular refleksiyani, idrok ob’ektini ma’noli va baholi tahlil qilishni o’rganadilar. Bu guruhdagi usullarga parapsixologik fenomenlarni rivojlantirish va intuitsiyani rivojlantirishni ham kiritishimiz mumkin. Keyingi usul tana xarakati psixoterapiyasining yo’naltirilgan usuli hisoblanadi. Buning asoschisi sifatida V.Rayxni keltirishimiz mumkindir (1960). Oxirgi yillarda trening o’tkazuvchi psixologlar diqqatini ko’proq shu usul jalb qilib kelmoqda. Bunda uchta asosiy yo’nalishlar guruhi mavjuddir: tana tuzilishi bilan ishlash (Aleksandr texnikasi), hissiy jihatdan his qilish va sharq usullaridagi asab-muskuo relaksatsiyasi (yoga, aykido va boshqalar). Meditativ texnikalarni trening usullaridan biriga kiritishimiz mumkin, bu usul guruhiy faoliyatda kerakli usullardan biri hisoblanadi. Bu usullar ko’pgina holatlarda jismoniy va hissiy relaksatsiyani aniqlashda ishlatilishi mumkin, bu holatda ortiqcha psixik qo’zg’atuvchilardan , stress holatlaridan qutilishni o’rganish mumkin. Ba’zi bir mutaxassislar treningda trans sugestiyasini qo’llashni ma’qul ko’radilar-bu ishtirokchilarni ongini tormozlangan holatga tushurish hisoblanib, ishtirokchilarga ko’p xajmdagi ma’lumotlarni o’zlashtirish imkoniyatini beradi. Bunda bir qator usullarni birgalikdagi qo’llanilishi bilan aniqlanadi. Suggestik usulni qo’llashda birinchi navbatda paydo bo’ladigan savol bu etika nuqtai nazaridan to’g’ri yoki yo’qligi. Bu uslda gipnoz holati va boshqa usullarni qo’llnilishini hisobga olinadigan bo’lsa ahloqiy jihatdan to’g’ri ish qilinayaptimi yoki yo’qligi noma’lumdir. Bunda insonlarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi psixologni noqulay vaziyatga solib qo’yishi mumkin. yuqorida qayd qilingan xavf bilan bir qatorda shuni ta’kidlash lozimki birinchidan amaliy psixologiya va psixoterapiyada bu usul uzoq vaqtlar davomida samarali ravishda qo’llanilib kelinmoqda; ikkinchidan, bu usullar trening vaqtida juda kam qo’llaniladi; uchinchidan, bu usulni qo’llashda psixolog yuqori darajadagi malakaga ega bo’lishi bilan bir qatorda unda yuqori ahloqiy me’yorlar ham sutun bo’lishi talab qilinadi; to’rtinchidan, bu texnikalar faqat o’zini o’zi rivojlantirish va o’z kuchiga ishontirishga yo’naltirilgan hisoblanadi, bunda boshqalardan qaram bo’lish ko’zda tutilmaydi. Bu holatda atnashchilarga zarar ko’rsatish faqat quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin: ehtiyotsiz qilingan harakat va atayin qilingan xarakatlar bo’lishi mumkin.
6- Mavzu: Adler talqinidagi guruhiy konsultatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |