1-Mavzu: Sotsial-psixologik psixik trening haqida umumiy tushuncha Reja



Download 168,06 Kb.
bet20/48
Sana25.03.2022
Hajmi168,06 Kb.
#509788
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
Psixologiktrening seminar ishlanma

Aqliy hujumning qoidalari.

  1. Barcha fikrlarni e’tirozsiz qabul qilish va har bir ishtirokchiga bildirgan fikri uchun minnatdorchilik bildirish.

  2. Fikrlarni yozib olayotganda birorta ham fikrni tashlab ketmaslik, ya’ni har bir ishtirokchi bildirgan fikrni albatta yozib borish.

  3. Bildirilgan fikrlarni yakunlash, bir qarorga kelish uchun har bir ishtirokchidan uning rozi yoki rozi emasligini so’rash shart.

Demak, “Aqliy hujum”ning samaradorligi uchun albatta ana shu qoidalarga rioya qilish lozim. “Aqliy hujum”ning asosiy qoidasi — bildirilgan barcha g’oyalarni hech bir e’tirozsiz qabul qilish. SHu sababli boshlovchi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni diqqat bilan tinglab borishi va yo’naltirib turishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik guruh kayfiyatini tushirishi va o’zaro ishonch ruhini so’ndirishi mumkin.
Boshlovchi ishtirokchilar tomonidan bildirilayotgan taklif va fikrlarni yozib olayotganda e’tiborli bo’lishi va ulardan birortasini ham tushirib qoldirmasligi kerak. CHunki ba’zan ishtirokchi o’z uyatchanligini yengib, fikrini hayajon bilan bildiradi va o’zi bildirayotgan fikr barchaning diqqatini tortadi va muhokama qilinayotgan fikrlar ichida eng yaxshisi bo’ladi, deb ishonadi. Agar unga ozgina e’tiborsizlik qilinsa, u buni; Menga e’tibor qilishmadi, demak mening fikrim ularni qiziqtirmaydi”, degan ma’noda tushunishi mumkin va “ichimdan top”, “indamaslik” kasalliklariga chalinib qolishi ham mumkin. Bildirilgan barcha fikrlarni ma’lum bir guruhga va shaklga keltirish bosqichiga o’tayotganda boshlovchi albatta ishtirokchilardan uning fikriga rozi yoki rozi emasligini yoxud boshqacha tushunib qolmaganligini so’rashi kerak, agar norozilik yoki tushunmovchiliklar bo’lsa, albatta aniqlik kiritish lozim bo’ladi. Aqliy hujumning natijasi — bu turli xil g’oyalar, fikrlar, mulohazalar yig’indisidir. Asosiysi esa — ishtirokchilarning faol ishlashi. SHuning uchun trening davomida aqliy hujum natijalariga tez-tez murojaat qilib turish kerakki, bunda ishtirokchilar o’zlarining faol harakatlari natijasini, ulardan keyinchalik ham foydalanilayotganligini ko’rishlari kerak, bu esa ularda “Nima keragi bor edi, bu gaplarning?” kabi savollar tug’ilishining oldini oladi. Hozirgi zamon ta’lim jarayonida keng qo’llanilayotgan noan’anaviy ta’lim usullaridan biri bahs-munozaradir. Bu usul trening mashg’ulotlarida ham yaxshi samara beradi.
Bahs-munozara” bosqichi.
Bahs-munozara bosqichini katta guruhlarda o’tkazsa ham bo’ladi, lekin u kichik guruhlarda o’tkazilsa ko’prok foyda beradi. Muammoni guruhda muhokama qilish ishtirokchilarga nafaqat o’zaro fikr almashish, balki muhokama etilayotgan mavzu haqida aniq ma’lumotlar olish, o’z hissiyotlari va nuqtai nazarlarini ifoda etish imkoniyatini ham berishi mumkin. Munozara boshlanishidan oldin biror hikoya yoki voqea aytib berish va ishtirokchilar uning “ildizi”ni ilg’ab olishi munozara jarayonining yaxshi o’tashini ta’minlaydi. Guruhda munozara o’tkazayotganda qoida sifatida shuni e’tiborga olish kerakki, biror ishtirokchi o’z fikrini bayon etayotganida boshlovchi uni bo’lib qo’yishga yoki uning fikri noto’g’riligini isbotlashga va o’zining so’zini o’tkazishga harakat qilmasligi kerak. CHunki bu beriladigan keyingi savolga butun guruhning yoki ko’pchilikning javob berishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek, savol bergandan so’ng ishtirokchilarni shoshiltirmaslik, javobni o’ylab olishlari uchun vaqt berish lozim. Lekin bunda ular berilgan savol ustida ko’p o’ylanmasliklariga ham e’tibor berilsa, mashg’ulotning bir xil tempda va qiziqarli o’tishiga sharoit yaratiladi. Trener iloji boricha “ha”, “yo’q” javoblariga eltuvchi savollarni bermaslikka harakat qilishi lozim. Ishtirokchilarni gapirtirish uchun savollar tushunarli va aniq tuzilgan bo’lishi kerak. Muayyan masalalarda guruhiy munozaralardan foydalanish muammoning turli yechimlarini topishda asqotadi. Munozara ishtirokchilarning muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi, ularga o’z fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini eshitishiga imkon beradi. Bundan tashqari, munozara davomida muammo yechimining turli yo’llari topiladi, guruhning birlashishiga va o’zaro mustahkamlanishiga olib keladi. Treningda guruhiy munozara har bir ishtirokchining muayyan masalalarga oid tushuncha va qarashlarini aniqlab olish usuli sifatida ishlatiladi. Misol uchun, ishtirokchilarning “Oilaviy hayot va mas’uliyat”, “kasb tanlash”, “Salbiy hulq-atvorga ongli munosabat”, “Nizoli vaziyatlarni hal etish yo’llari” va h.zo. mavzulardagi fikrlarini bilish qiziqarlidir. SHunda muammo yechimlarini topish ham osonlashadi.

Download 168,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish