1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolar va ularga taьsir etuvchi omillar



Download 0,65 Mb.
bet66/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
Социал география

Mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolar va ularga taьsir etuvchi omillar. Ijtimoiy ekologik muammolar umumbashariy, mintaqaviy, va lokal muammolarga bo’linadi. Mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolar keng miqyosli muammolardan farqli ravishda mintaqaviy ijtimoiy ekotizimlar elementlari va aloxida mintaqalarni qamrab oluvchi muayyan chegaralarga ega.
Ekologiyaning mintaqaviy muammolarini o’rganish turli mintaqalarda insonning xo’jalik yuritish faoliyati natijasida yuzaga kelgan muhitdagi tabiiy va ijtimoiy sharoitlarni umumlashtirib baholash, noqulay ijtimoiy ekologik muammolarning belgilarini aniqlashga imkon beradi. Bunday baholash uchun tabiiy muhit iqtisodiyot tarmoqlari tegishli mintaqadagi demografik va ijtimoiy iqtisodiy maьlumotlar xususida katta miqdordagi xaritachilik, statistika va adabiyotlar materiallaridan foydalaniladi.
Mingtaqaviy ijtimoiy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning bug’langanligi, belgilangan chegara kontsentratsiyasi, tuproqning eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o’t o’lanlar va yashil massaning kamayishi, daraxtlarni kesish va hokazolardir. Mintaqaga harab alohida ijtimoiy ekologik muammo mezonlarini jiddiy farqlanishi mumkin.
Barcha ekologik muammolar olti guruhga birlashtirilgan:
1.Atmosferaga oid (havoning ifloslanishi)
2.Suvga oid (suvning ifloslanishi va kamayib ketishi)
3.Biologik (tashqi omillar taьsirida o’rmonlarning yaroqsiz holga kelishi, daraxtlarni kesish, o’tloqlarni ishdan chiqishi va h.q)
4.Tuproq geomorfologik (eroziya, deflyatsiya, jarliklarning yuzaga kelishi, yerni ajratib qo’yish).
5.Erga oid (erning buzilishi va zaminning yaroqsiz holga kelishi, yerni ajratib qo’yish).
6.Landshaftga oid (tabiiy rekreatsion xususiyatlarning yomonlashishi va boy berilishi, noyob tabiiy obektlarni muhofaza qilish tarkibini buzilishi).
Mintaqaviy ijtimoiy ekologik muammolar qoplanadigan, nisbatan qoplanadigan va qoplanmaydigan darajada bo’lishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish muammosi yoki ijtimoiy-ekologik vaziyat tabiiy ekotizimlar tiklanishi chegaradan chiqmagan bo’lsa, qoplovchi omillar tufayli ijtimoiy ekotizimlar tula tiklanishi mumkin.
Ekologik omillarning asta-sekin kamayib borishi ijtimoiy ekotizimlar ijtimoiy rivojlanishda uyg’unlikni buzib, ularning tiklanish imkoniyatlarini ancha yomonlashtirishi mumkin. Bu hodisa tabiiy ekotizimlarning qisman qoplanadigan holati deyiladi.
Ekologik sistemalarning holati butkul izdan chiqib, ularning rivojlanishida ekotizim biotik elementlari halokatiga va landshaftlarning vayron bo’lishiga olib keluvchi ekostaz buzilishi qoplanmaydigan deb ta’riflanadi.
Ijtimoiy-ekologik muammolar oqibat natijasiga ko’ra,uch guruhga bo’linadi:

  1. Antropoekologiq

  2. Ekologik-iqtisodiy.

  3. Tabiiiy landshaftga oid.

Noqulay ekologik vaziyatli maydonlar anchagina bo’lib, Qozoriston, Markaziy Osiyoda, SHarqiy Sibirda va Uralda kuzga tashlanadi.
Noqulay ekologik vaziyatli areallar maydoni alohida tarzda qo’riqdanadigan maydonlar hajmidan kattadir. SHunisi ham borki, qo’riqlanadigan hududlarning ba’zilari ushbu areallar ta’siri doirasidadir.
Areallar mikdori va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolari turlari bo’yicha murakkab, o’tish va oddiy toifalarga bo’linadi.
Murakkab areallar asosan sanoat markazlarining ifloslantiruvchi ta’siri, tabiiy resurslarning jadal ishga solinishi va yuksak aholi zichligi bilan ta’riflanadi. SHular jumlasiga O’zbekistonda Farg’ona vodiysi, Zarafshon va Xorazm vaholari, Rossiyada uning Yevropa qismi, SHarqiy Ural sanoat mintaqasi, Ukainada Donbass va boshqalarni kiritish mumkin.
CHala cho’l va cho’l mintaqalarida tabiatni muhofaza qilish omillari asosan yerlarni sug’orish va yaylovlarda mollarni ortiqcha boqish natijasida ularni izdan chiqarish bilan bog’likdir.
Ijtimoiy-ekologik muammolar tez va tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq yangi muammolarning keltirib chiqaradi, mavjud muammolarni ko’paytiradi.
Tayga mintaqasida tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalasi, hisob-kitoblarga qaraganda, o’rmonni ortiqcha kesishdir. Bu ko’katlar, butalar zahiralarini kamaytirib, botqoqliklarni ko’paytiradi. Foydali ma’danlarni qazib olish tabiatga juda katta zarar yetkazdi. Keng bargli o’rmonlar mintaqasida dehqonchilik urbanizatsiyasi va o’rmon kesish bilan borliq muammolar keskinlashdi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish