1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


«Ijtimoiy ekologiya» fanining shakllanishi va rivojlanishi



Download 0,65 Mb.
bet63/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
Социал география

«Ijtimoiy ekologiya» fanining shakllanishi va rivojlanishi. "Ijtimoiy ekologiya"-nisbatan yangi fandir. «Ijtimoiy ekologiya» bioekologiya ta’sirida shakllana boshladi. SHu sababli bu fan to’g’risidagi tushunchalarning katta qismi o’simliklar va hayvonlar ekologiyasidan olingan. Bunda ijtimoiy ekologiya, ijtimoiy geografiya va iqtisodiy nazariyaning makon-vaqt yondashuvidan ham keng foydalanilgan.
«Ijtimoiy ekologiya» birinchi jahon urishidan so’ng faol rivojlanish pallasiga kirdi. Jaxon sotsiologlarining 1966 yilda bo’lib o’tgan butunjahon Kongressi «Ijtimoiy ekologiya» ning oyoqda turishi va rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. Bu fanning jadal rivojlanishi sotsiologlarning 1970 yili Venada o’tkazilgan navbatdagi kongressida «Ijtimoiy ekologiya» muammolari buyicha Sotsiologlarning butunjaxon birlashmasi -Tadqiqot qo’mitasini tuzish imkonini berdi. Bu bilan, aslida, «Ijtimoiy ekologiya» «Sotsiologiya» mustaqil sohasi sifatida tan olindi va uning yanada tezroq rivojlanishi va predmeti yanada aniqroq belgilanishiga turtki berildi.
XX asrning 10-20- yillarida «Sotsiologiya»ning yangi sohasi shahar «Sotsiologiyasi» nomi bilan paydo bo’lgan «Ijtimoiy ekologiya» ko’proq Fapb mamlakatlarida shaharlarda aholi joylashuvini eng muvofiq ravishda tashkil etish buyicha amaliy vazifalarni hal eta borish barobarida izchil rivojlandi.
Mashxur Amerika olimi, inson ekologiyasining ko’zga ko’ringan klassik vakili Raderik MakKenzil birinchilardan bo’lib «Ijtimoiy ekologiya»ga ta’rif berdi. “Ijtimoiy ekologiya faqat mazkur vaqtda mavjud ekologiya bilan aloqada emas. Inson zotlari o’zaro ta’siri sifatida paydo bo’ladigan fazoga oid munosabatlar va hayotni saqlab qolish bo’yicha ekologiya va madaniy omillar majmuiga reaktsiya sifatida o’zgarishlar jarayonida muttasil mavjud bo’ldi. Tabiiy va qo’g’atuvchi kuchlar faoliyati qonun-qoidalarini tushinib olish uchun anashu jarayonlarni o’rganish ijtimoiy ekologiyaning vazifasidir.” U «Ijtimoiy ekologiya» faqat mazkur vaqtda mavjud ekotizim bilan aloqador emasligini ta’kidlagan. Inson jonzodlari o’zaro ta’siri oqibatida paydo bo’ladigan fazoga oid munosabatlar va xayotni saqlab qolish buyicha munosabatlar ekologiya va ma’daniy omillar majmuiga reaktsiya sifatida o’zgarishlar jarayonida muttasil bor bo’ladi. «Ijtimoiy ekologiya»ning vazifasiga tabiiy va quzg’atuvchi kuchlar faoliyati qonun-qoidalarini tushunib olish uchun ana shu jarayonlarni o’rganish kiradi.
Keyingi davrda «Ijtimoiy ekologiya» xususida yana bir kurash paydo bo’ldi. Bu kurashning bunyodkorlari L. SHuor va D. Dunkan uni, ekologiya majmui tug’risidagi qarash, deb atadilar. To’rt omil: populyatsiya, muhit, texnologiya va tashkilot ekologiya majmuini tashkil etadi. Ular sabab va faoliyat jihatidan o’zaro bog’langandirlar. Omillarning istalgan biridagi o’zgarish, eng avvalo, kichik darajaga qaratilgan klassik ekologiyadan odamlarni uzoqlashtirmoqda. Yangi «Ijtimoiy ekologiya» tadqiqotlarda o’zaro bog’langan bir qancha darajalari, jumladan, makro darajasi bilan bog’liq bo’ladi, degan fikr olg’a surilmoqda.
Amerikalik ijtimoiy ekolog K.Flanneri «har bir ekotizimda insoniyat xamjamiyatlarini tahlil etishga yondashish barcha axborot beruvchiga o’xshab, ekologiya doirasida bo’ladi», deb yozgan edi.
«Ijtimoiy ekologiya» soxasining rivojlanishiga ko’p xizmat qilgan A. Xouli «Ijtimoiy ekologiya» xamma narsani tushunishga qobiliyatli bo’lgan ijtimoiy fanga aylanishi kerak» degan fikrda o’ziga xos «Ijtimoiy panekologizm»ni e’lon qiladi. Ana shu ta’limotdan ko’rinib turibdiki, tabiiy shakllarga nisbatan munosabat buyicha materiya harakati ijtimoiy shakllarining yetakchilik rolini rad etish Fap6 mualliflarini «Ijtimoiy ekologiya» xususida umumiy fikrga olib kelgan.
Mutaxassislarning bir kancha fanlar buyicha uzoq yillar davomida olib borgan tadqiqotlarida shu narsa ma’lum bo’ldiki, tabiiy-ijtimoiy to’plamning vujudga kelishi va rivojlanishi ijtimoiy xayot va tabiatning o’zaro ta’sirini tadqiq etish jarayonida fanlarning bir-biriga kirib borish jarayoni kuchayadi. «Ijtimoiy ekologiya» yoki sotsial ekologiya sotsial geografiyaga juda yaqin.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish