So‘roq gaplar quyidagi vositalar yordamida hosil qilinadi. - So‘roq gaplar quyidagi vositalar yordamida hosil qilinadi.
- So‘roq yuklamalari bilan: Siz topshiriqni bajardingizmi?
- Nahot, bugun ham yomg‘ir yog‘sa-ya?
- So‘roq olmoshlari: Darsga kimlar kelmadi?
- Intonatsiya : Dars boshlandi?!
- BUYRUQ GAP
- Adresatni biror ish bajarishga undash, buyurish maqsadida qo‘llanadigan gaplar buyruq gaplar deyiladi. Masalan: Ehtiyot bo‘ling!
- Ko‘zingga qarab yur.
- Temirni qizig‘ida bos.
- Buyruq gaplarda sof buyurish mazmunidan tashqari maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q – po‘pisa kabi ma’nolar ifodalanishi ham mumkin. Masalan:
- Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring. (Sof buyruq gap) Tur o‘rningdan (do‘q). Chiq uydan (g‘azab). Misollardan ko‘rinadiki, buyruq gaplarning mazmun doirasi keng bo‘ladi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega:
- a) kesimi buyruq fe’li bilan ifodalanadi.
- Qo‘lingga qurol ol.
- b) buyruq gaplarda ko‘pincha undov va undalmalar ishtirok etadi.
- Karimaxon, kitobingizni berib turing.
Do'stlaringiz bilan baham: |